Kredit va uning mazmuni. Reja
Sof foydani bankning o`z kapitaliga nisbati bank foydasi normasini ifodalaydi
Download 29.08 Kb.
|
Kredit va uning mazmuni.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Kredit va bank tizimi. Xulosa
Sof foydani bankning o`z kapitaliga nisbati bank foydasi normasini ifodalaydi. Bank foyda normasi ikki omilga; tadbirkorlarning foyda normasi va ssuda protsenti darajasiga bog`liq.
Professor. P. Samuelson va V. Nordxaus “Ekonomiks” da shunday yozishgandi: “Agar firma maksimal foyda olmoqchi bo`lsa, shunday protsentni tanlashi lozimki, foyda normasi protsent stavkasiga qaraganda yuqori bo`lishi kerak”. Banklarga qo`yilgan omonatlarga belgilangan protsent, aholi pulini qay miqdorda bankka qo`yishi, qimmatbaho qog`ozlar shaklida va naqd pul shaklida saqlashini belgilaydi. Ssuda kapitaliga talab va taklif asosida muvozanatlashgan ssuda protsenti belgilanadi. 4. Kredit va bank tizimi. Xulosa Kredit tizimi keng ma’noda bank va boshqa kredit muassasalari ularning kredit operatsiyalarini bajarish uslublari, tashkil etishning huquqiy shakllari majmuini ifodalaydi. Kredit va banklarning kelgusida rivojlanishi moliya-kredit muassasalarining umumlashuvi, kengayishi kredit tizimida yangi funksiya va vazifalarni vujudga kelishiga olib keladi. Kredit tizimining asosiy funksiyasi bo`sh pul mablag`larini to`plab ssuda kapitaliga aylantirish. Undan tashqari omonatlar qabul qilish va ular bo`yicha turli schyotlar ochish, aksiya va obligatsiyalar chiqarish, moddiy boyliklarni saqlash, to`lov operatsiyalarida vositachilik qilish va boshqalardan iborat. Kredit tizimi korxona, tashkilotlarning puli bilan turli operatsiyalar o`tkazishni o`z zimmasiga oladi. SHunday muomala vositalari yaratdiki, ular avvaliga oltin keyinchalik kredit pullari, so`ngra naqd pulsiz hisob-kitob bo`lib, ular bir-birini almashtirib bordi. Moliya kapitalining muhim bo`g`iniga aylanish bilan kredit tizimi xo`jalik hayotining hamma sferasiga kirib boradi. hozirgi davrda iqtisodiy takror ishlab chiqarishda u markaziy o`rinda turadi desak xato qilmaymiz. Bank tizimi kredit tizimi negizi sifatida o`zining markazlashuvi bilan insonning eng mohirona va mukammal ijod namunasidir. Kredit tizimi, jumladan bank tizimi turli mamlakatlarda umumiy xususiyatlarga ega, shu bilan birga albatta o`ziga xos xususiyatlarga ham ega. Kredit tizimi kredit mexanizmiga tayanadi. Kredit mexanizmi xo`jalik mexanizmining tarkibiy qismi bo`lib, u o`z ichiga kreditlash sharoitlarini, usullarini, kreditni boshqarishni oladi, boshqacha aytganda kredit mexanizmi - bu kreditni tashkil etishning shakli, uslubidir. Kredit mexanizmi yordamida bank tizimining kredit siyosati amalga oshiriladi. Kredit mexanizmining muhim elementlaridan biri kredit shartnomasi bo`lib, u kredit munosabatlarini amalga oshirishning xuquqiy asoslari hisoblanadi. Ikkinchisi kreditga layoqatliligidir. Kredit berishda unga asosiy e’tibor qaratiladi, chunki bank o`z faoliyati natijasi uchun to`liq javobgar bo`ladi. Kredit tizimi o`z ichiga ikki; bank va maxsus moliya-kredit tizimini oladi. Kredit tizimi tarkibini quyidagi sxema orqali tasvirlash mumkin. Kredit-moliya operatsiyalarining asosiy massasini nazorat qiluvchi, kredit tizimining hal qiluvchi asosiy bo`g`ini - bu bank tizimidir. Bank tizimi iqtisodiy sivilizatsiyaning eng oliy yutuqlaridan biridir. Inson uni ixtiro qilish bilan iqtisodiyotga ta’sir etishning nozik, ta’sirchan vositasini topdi: Ko`p iqtisodchilar banklarni insonning nerv tizimiga qiyoslaydilar. Tashkil etish xarakatiga qarab, bank tizimi bir bo`g`inli hamda ikki bo`g`inli bo`lishi mumkin. Rivojlangan mamlakatlar uchun ikki bo`g`inli bank tizimi xarakterli. Bunda birinchi bo`g`in mamlakatda pul muomalasini tashkil etuvchi va nazorat qiluvchi. Markaziy bank bo`lsa, ikkinchi bo`g`inni mustaqil va markaziy bankka bo`ysunuvchi tijorat va maxsus banklar tashkil qiladi. Bir bo`g`inli tizimda Markaziy va tijorat banklar bir mavqeida bo`lib, teng huquqli agentlar tarzda ish yuritadi, yoki hamma banklar davlat banki bo`ladi. Bunday bir bo`g`inli tizim kam taraqqiy etgan yoki totalitar davlatlarga xos. Banklar tizimi ish tartibi, bajaradigan operatsiyalariga litsenziya, ya’ni ruxsat olishiga ko`ra ikki: universal va maxsus banklarga bo`linadi. Universal tizimda tijorat banklari hamma kredit-moliya xizmatini bajaradi. Bunday tizimga Germaniya bank tizimini ko`rsatish mumkin. Maxsus tizimda tijorat banklari nisbatan tor doiradagi operatsiyalarni bajaradilar. Sof tarzda bunday tizim yo`q, lekin, AqSH bank tizimi unga yaqinroq. hozirgi zamon bank tizimi ko`proq universal tizim tomon borayapti. Sabab bunda bank xatari kamroq. hozirgi paytda YAponiya, Avstraliya banklari shu tizimga o`tishmoqda. Mamlakatimiz bank tizimi ikki bo`g`inli bo`lib, tarkibi quyidagicha: o`zbekiston Respublikasi Markaziy banki va muassasalari. o`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki. Xalq banki. Aksiya, pay asosida, shuningdek chet el vakillari ishtirokida tuzilgan tijorat banklari, ularning vakolatxonalari. Banklar jumladan chet el banklari o`zbekiston Respublikasida o`z faoliyatini o`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi. Ana shunday banklarga "Sanoat qurilish banki", "Paxta banki", «§alla banki", «Meva-sabzavot banki», "Savdogar bank", "Avia bank", "Tadbirkor bank", "Namangan bank", "Parvina bank", "Sayoxat investi" banki va boshqalar. hammasi bo`lib Respublikamizda 30 dan ortiq tijorat banki bor. Umuman bank tijorat tashkiloti bo`lib u asosan omonatlarni qabul qiladi. qimmatbaho qog`ozlar chiqaradi va ularni boshqaradi. o`zbekiston mustaqil davlat sifatida xalqaro maydonda istiqbol yo`nalishlarini ko`zda tutib, respublika tashkil bo`lgan birinchi yildan boshlab xalqaro tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki barpo qildi. Bu bank birinchidan eksport tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etish va rivojlantirish uchun chet el valyutasida kreditlar beradi. Davlat zayomlari va kreditlaridan samarali foydalanishga qaratilgan xizmat ko`rsatadi. Ikkinchidan, xalqaro valyuta kredit bozorlari operatsiyalarida ishtirok etadi. Uchinchidan, xukumatlararo bitimlarni to`lov shartlarini ishlab chiqishda qatnashadi va boshqa vazifalarni bajaradi. Kredit, tabiiy bank tizimining yuragi joni bu banklardir. Banklar foyda olish maqsadida bo`sh pul mablag`larini to`plab unga muxtojlarga qarz berish bilan shug`ullanadigan muassasa. Respublikamizda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to`g`risida» qonunda bank tushinchasi quyidagicha ta’riflanadi. Pul mablag`larini jalb qilish hamda ularni qaytarishlik, to`lashlik va muddatlilik shartlari asosida o`z nomidan joylashtirish uchun tuzilgan muassasa bankdir, Bank huquqiy shaxsdir.» qilindi. 1988 yili 221 bank va 220 ta omonat kassalari bankrot bo`ldi. Agar tijorat banklari sistemali tarzda qonunni buzib, yilni zararlar bilan yakunlasa, mijozlar manfaatiga xavf tug`dirsa, MB bu bank tankilotlari oldiga moliyaviy sog`lomlashtirish masalasini qo`yadi, yoki uni qayta tashkil etish, xatto to`la tugatish masalasini qo`yadi. Download 29.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling