Kreditding mohiyati, shakllari va vazifasi


Pul-kredit va bank sohasida 2017-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2018-yilga mo‘ljallangan vazifalar


Download 0.71 Mb.
bet11/14
Sana02.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#201070
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
kreditding mohiyati va vazifalari

2.2. Pul-kredit va bank sohasida 2017-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2018-yilga mo‘ljallangan vazifalar
2017 yil I yarim yilligida bank aktivlari 26 foiz yoki 19,3 trln. so‘mga oshdi, shu jumladan kredit qo‘yilmalari 34 foiz yoki 17,3 trln. so‘mga ko‘paydi. 

Kreditlashning o‘sishi, asosan, tarmoq va hududlarni rivojlantirish davlat dasturlarining investitsiya loyihalarini moliyalash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan aholini qo‘llab-quvvatlashga to‘g‘ri keladi. 

Banklarning kreditlash faolligining oshishi 2017 yil I yarim yilligida milliy valyutadagi pul massasining o‘sish sur’atini 15 foiz oshishiga va iqtisodiyotda narxlar darajasiga ta’sir ko‘rsatdi. 

Shundan kelib chiqib, inflyatsiya jarayonlarini jilovlash va pul massasining o‘sish sur’atlarini cheklash maqsadida 2017 yilning 28 iyunidan Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 9 foizdan 14 foizga oshirildi. 

Pul-kredit siyosatining qat’iylashtirilishi monetar omillarning inflyatsiya darajasiga ta’sirini bosqichma-bosqich yumshatish va pul-kredit ko‘rsatkichlarining barqaror noinflyatsiya dinamikasini shakllantirishga imkon yaratdi. Xususan, ikkinchi yarim yillikda milliy valyutadagi pul massasi 4,7 foiz qisqardi, bu umuman 2017 yilda uning o‘sish sur’atini 9 foiz darajasida ushlab turishga sharoit yaratdi. 

Valyuta siyosatini liberallashtirish 2017 yilning ikkinchi yarim yilligida pul-kredit siyosatining o‘zgarishini aniqlab bergan muhim makroiqtisodiy omillardan biri bo‘ldi. 

Qabul qilingan choralar 2017 yilning sentabr-dekabr oylarida banklarning xorijiy valyuta oldi-sotdi operatsiyalari o‘rtacha oylik hajmini 2017 yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan barqaror oshishini ta’minladi: yuridik shaxslarning sotib olishi 60 foiz, sotishi esa 4 barobardan ortiq bo‘ldi. Aholi o‘zining valyuta mablag‘larini tijorat banklarining ayriboshlash punktlarida bozor kursi bo‘yicha sotish imkoniga ega bo‘ldi. 

Sentabr oyidagi devalvatsiyadan so‘ng almashuv kursi barqaror darajada saqlanib qoldi va 1 AQSh dollari 8049-8138 so‘m, bir foiz oralig‘ida o‘zgarib turdi. 

2017 yil natijalari bo‘yicha sof oltin-valyuta zahiralari hajmi 26,6 mlrd dollarni tashkil etdi va yil boshiga nisbatan 1,4 mlrd dollar oshdi. Valyuta kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanishining joriy etilishi bank kassalariga naqd pul tushumining ko‘payishiga sharoit yaratdi. Xususan, agar 2017 yilning birinchi yarim yilligida bank kassalari orqali naqd pul aylanmasi (900 mlrd so‘m hajmidagi naqd pul emissiya qilingan) oyiga o‘rtacha 4,8 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, ikkinchi yarim yillikda mazkur ko‘rsatkich qariyb 2 baravar (9,4 trln so‘mgacha), shu jumladan 2017 yilning dekabrida – 2,3 marta (11 trln so‘mgacha) oshib, naqd pul tushumi va chiqimlari o‘rtasidagi hajm muvozanatga keldi. 

Pul-kredit sohasida olib borilayotgan islohotlar va qabul qilingan choralar tijorat banklari faoliyatida ham aks etdi. Xususan, banklar aktivlari va kredit qo‘yilmalari 2 marta oshib, mos ravishda 166,6 trln so‘m va 110,6 trln so‘mni tashkil etdi. Tijorat banklarining jami depozit hajmi 2017 yil natijalari bo‘yicha 58,7 trln so‘mga etdi, bu 2016 yilga nisbatan 61foiz ko‘pdir. Valyuta kursini shakllantirishning bozor mexanizmlariga o‘tish sharoitida banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida yirik banklarning ustav kapitaliga 670 mln AQSh dollari kiritildi. Natijada 2017 yil yakuniga kelib, bank tizimining jami kapitali 1,6 marta oshib, 23,7 trln so‘mni tashkil etdi va bu banklar tomonidan kapital va likvidlikning etarliligi ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minladi. 



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling