Kreditning mohiyati,zaruriyati va uning manbalari


-chizma Kreditlash tamoyillari1


Download 96.43 Kb.
bet2/2
Sana04.12.2020
Hajmi96.43 Kb.
#159134
1   2
Bog'liq
Kreditning mohiyati


1-chizma Kreditlash tamoyillari1

1.Kreditning qaytarib berishlilik tamoyili. Bu tamoyil kreditning mustakil iktisodiy kategoriya ekanligi shartidir, kaytib berishlik kreditning umumiy belgisi xisoblanadi, kaytib berishlilik o’z-o’zidan vujudga kelmaydi: u moddiy jarayonlarga, kiymatning aylanishini tugashiga asoslanadi. Ammo doiraviy aylanishning tugashi - bu kaytarib berishi emas, fakat kaytarib berish uchun zamin tayyorlashdir. Kreditni kaytarish aylanishdan chiqqan mablag’lar qarz oluvchiga pul mablag’larini kaytarish imkoniyatini bergan taqdirda qaytariladi, qaytarib berishlilik ikki yoqlama jarayonni ifoda etadi, u kreditor uchun ham, qarz oluvchi uchun ham bir hil darajada muhimdir. Qiymatni qaytaruvchi harakatida huquqiy tomoni ham muhimdir. Muayyan bir muddatga beriladigan qiymatga egalik huquqi kreditordan qarz oluvchiga o’tmaydi.

Qarzga beriladigan qiymat fakat muayyan bir muddatgina o’z egasi qo’lidan uzoqlashadi, lekin egasini o’zgartirmaydi. Bo’sh turgan resurslarni akkumulyatsiya qiluvchi banklar bu resurslardan o’z resurslari sifatida foydalana olmaydi. Bank qarz beruvchi, mablag’ning egasi bo’lib korxona, tashkilot, alohida shaxslar hisoblanadi. Qaytarib berishlilik muayyan shartnomada o’zining o’rnini topadi. Qaytarib berishlilik ob’ektiv belgi hisoblanadi. Kreditni kaytarib berishlilik tomoni uni boshka iqtisodiy kategoriyalardan, shu jumladan, moliyaviy subsidiyalardan farq qilish imkonini beradi.

Kreditdan samarali foydalanish asosidagi qaytarib berishlilik - butun bank faoliyatining markaziy nuqtasi hisoblanadi. Kreditning bu tamoyili amaliyotda kredit va undan foydalanganlik uchun foiz summasini kredit bergan muassasa hisobiga ko’chirish yo’li bilan to’lanadi. Shu yo’l bilan banklar kredit resurslarining qayta tiklanishini ta’minlaydilar. Sobiq itgifok davrida markazlashgan rejali iqtisodiyot sharoitida kreditlashning «qaytarilmagan ssuda» deb ataladigan norasmiy tushunchasi bor edi. Kreditlashning bu shakli xalk xo’jaligining ko’p tarmoqlarida ayniqsa qishloq xo’jaligi sohasida keng tarqalgan edi. Kredit davlat banki tomonidan qarz oluvchining moliyaviy ahvolini hisobga olmagan holda berilar edi. O’zining iqtisodiy mohiyatiga ko’ra qaytarilmaydigan ssudalar byudjet subsidiyalarini qo’shimcha shakli sifatida namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida «qaytarilmas kredit» tushunchasi bozor iqtisodiyoti tamoyillariga yot bo’lib bunday kreditning amaliyotda bo’lishi iqtisodiyot uchun juda havfli hisoblanadi.

2.Kreditning muddatliligi. Bu tamoyil kredit beruvchidan olingan kreditni o’z vaqtida qaytarib berish muddatini, ya’ni kreditning qanday muddatga berilganligi bilan xarakterlanadi. Bunda shu muddatlilik tamoyiliga kreditlar ko’ra uzoq va qisqa muddatli kreditlarga bo’linadi.

Kreditning muddatlilik tamoyili qarzdor uchun qulay bo’lgan har qanday vaqtda emas, balki kredit bitimida ko’rsatilgan ma’lum muddatda kreditni qaytarilishi zarur ekanligini bildiradi. Kreditning muddatliligi har ikkala tomon, kreditor va qarz oluvchi uchun muhimdir. Agar kreditor kreditni foizi bilan o’z vaqtida qaytarib olsa, uni egasiga qaytarish yoki yana kreditga berish imkoniyatiga ega bo’ladi. Qarz oluvchi kreditni samarali ishlatib, uni o’z vaqtida kreditorga qaytarish va shu bilan shartnomadagi jazo choralaridan qutilishdan manfaatdor. Kreditning muddati bo’yicha kredit shartnomada ko’rsatilgan shartlarning buzilishi natijasida qarz beruvchi qarz oluvchiga iqtisodiy choralar (jarimalar shaklida, kredit bo’yicha foiz darajasini oshirish, kredit muddatini qisqartirish va boshqalar)ni qo’llashi mumkin. Bu choralar ham yordam bermagan holatlarda qarz beruvchi moliyaviy talablarni xo’jalik sudi orqali undirib olishi mumkin. Kreditning muddatliligi kelib tushuvchi boyliklar tejamli va kayta ishlash muddatiga, ishlab chiqarilgan mahsulotni jo’natish muddatiga, tovarlarni sotish muddatiga va pirovard natijada aylanma fondlarning doiraviy aylanishining tezligiga bog’liqdir.

3.Kreditning ta’minlanganligi. Bu tamoyil yordamida iqtisodiyotning rivojlanishida qiymat va moddiy ishlab chiqarish o’rtasida bo’lishi zarur bo’lgan mutanosibliklarning bir me’yorda bo’lishi ta’minlanadi. Bu tamoyilning asosiy mohiyati shundaki, bunda xo’jalik aylanishida ishtirok etuvchi bank mablag’larining har bir so’miga muayyan boyliklarning bir so’mi qarama-qarshi turishi kerak. Banklar tomonidan iqtisodiyot tarmoqlariga berilgan kreditlar to’liq tovar moddiy boyliklari va ma’lum xarajatlar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Tarmoqlarga ta’minlanmagan kreditlarning berilishi bank kreditlarining bankka kaytib kelmasligiga asos hisoblanadi. Bu o’z navbatida bankning likvidliligiga va pul muomalasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham bozor iktisodiyoti sharoitida banklar tomonidan beriladigan kreditlarning tovar moddiy boyliklar va xarajatlar bilan ta’minlangan bo’lishiga alohida e’tibor berilmoqda. Hozirgi sharoitda bu jarayonning amalga oshirilishini quyidagicha ifodalash mumkin. Kredit olayotgan korxona bankka tovar yoki tovar hujjatlarini, boshqa biror shakldagi mulkni garovga qo’yadi va bank bergan kredit qarz o’rnini qoplash huquqiga ega bo’ladi. Ba’zida kredit varrant asosida ham berilishi mumkin (Varrant - garov uchun xizmat qiluvchi hujjat). Bunda kreditorning berayotgan krediti tovar-moddiy boyliklar bilan ta’minlanganligiga ishonch hosil qilish kerak.

Bank ssudalarini tovar-moddiy boyliklar bilan to’liq ta’minlanganligi pul muomalasini barqarorligini ta’minlaydi.

Xulosa kilib aytganda, kreditning ta’minlanganlik ta’moyili qarz oluvchi o’ziga olgan majburiyatlarni buzish sharoitida qarz beruvchining mulkdorlik manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi va o’zining amaliy aksini kreditni biror garov yoki moliyaviy kafolat asosida berishda topadi. Bu umumiqtisodiy barqarorlikka erishish davrida ayniqsa muhimdir.

4. To’lovlilik tamoyili. Bu tamoyil aylanma fondlarning doiraviy aylanishini, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini ta’minlovchi to’lov resurslari summasini avanslash zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu tamoyilga asosan korxonalar foydalanilgan qarz mablag’lari uchun kreditorga foiz shaklida to’lovni o’tkazadilar. Kreditning to’lovliligi uni to’lik summada o’z egasiga kaytarilishinigina emas, shu bilan kredit uchun foiz shaklidagi to’lov bilan kaytarilishini ifodalaydi. Demak, kreditor o’z mablag’larini hech vaqt o’z hajmida qaytarib olish sharti bilan bermaydi, bunda u mablag’ni qarzga berganligi uchun muayyan to’lov talab kiladi (foizsiz imtiyozli kreditlar bundan mustasno).

Kreditning to’lovliligi nafaqat banklar faoliyatining maqsadiga, balki korxonalarning bevosita foydasiga bog’liq bo’ladi va ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Kredit uchun haq to’lashning iqtisodiy mohiyati qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasidagi qo’shimcha olingan foydaning taqsimlanishini qayd qilishda namoyon bo’ladi. Ko’rib chiqilayotgan tamoyilning amaliyotida uchta asosiy funktsiyani bajaruvchi bank foizi normasini o’rnatish quyidagicha bo’ladi:


  • hukukiy shaxslar foydasining va jismoniy shaxslar daromadining taqsimlanishi;

  • ishlab chiqarishni tartibga solish va ssuda kapitalining taqsimlanishi orqali tarmoq, tarmoqlararo va xalqaro miqyosda aylanish;

  • iqtisodiyot rivojlanishining inqirozli bosqichida bank mijozlarining pul mablag’larini inflyatsiyadan himoyalash va boshqalar.

Ssuda foizining stavkasi ssuda kapitalidan olingan yillik daromad summasining berilgan kredit summasiga nisbati bilan aniklanib, kredit resurslarini bahosi sifatida namoyon buladi.

5. Kreditning maqsadliligi. Bu tamoyilning mohiyati shundaki, qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar aniq bir maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan bo’lishi zarur. Kreditning qaysi maqsadga yo’naltirilganligi, masalan, tovar moddiy boyliklar sotib olishga yoki biror ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga va aniq biror ob’ektga maqsadli yo’naltirilganligi korxona bilan bank o’rtasida tuziladigan kredit shartnomada ko’rsatilgan bo’ladi. Korxona olgan kreditini faqatgina kredit shartnomasida ko’rsatilgan ishni bajarishga sarflashi kerak.



  1. Kredit turlari va shakllari

Sudxo'rlik krediti ibtidoiy tuzilmaning yo'qolib (tarqab) ketishi, ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilikning paydo bo'lishi hamda jamiyatda mulk differensiyatsiyasi natijasida tovar~pul munosabatlarining rivojlanishi davrida vujudga kelmasdir.

Sudxo'rlik krediti yer garovi asosida natura va pul shaklida berilgan. Bunday kreditlarning xususiyatlari quyidagilarda aks etadi:



  • qarzdorlar sifatida savdo-sanoat ishlab chiqaruvchi shaxslar ishtirok etganlar;

  • qarz mablag'laridan kapilal sifatida, ya'ni, qo'shimcha qiymat olish vositasi sifatida foydalanilgan;

  • ssuda foizi manbasi yollanma ishchilarning haq to'lanmagan mehnati qiymatidan iborat bo'lgan.

Tijorat krediti. Tijorat krediti, bu — faoliyat ko'rsatuvchilar tomonidan bir- birlariga o'zaro to'lovni kechiktirish sharti bilan tovar shaklida beriladigan kreditdir.

Tijorat kreditining obyekti - tovar kapitali hisoblanadi. Tijorat kreditida kreditor va qarzdorlar faoliyat ko'rsaluvchilar (ishlab chiqaruvchilar) bo'Iadi.

Tijorat kreditining cheklanishlari mavjud:


  • faoliyat ko'rsatuvchilarning zahira kapitallari hajmi bilan cheklanganligi, ya'ni, unga hozirgi davrda oborot (muomala) uchun zarur bo'lmagan kapital bilan cheklanganligi;

  • yo'nalishiga ko'ra, ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi tarmoqlar kreditni ishlab chiqarish vositalarini iste'mol qiluvchilarga berishi mumkin, ammo teskarisi bo'lishi mumkin emas.

Bank krediti - pul egalari, banklar va boshqa kredit institutlari tomonidan ishlab chiqaruvchitarga hamda boshqa qarz oluvchilarga pul shaklida beriladigan ssudalardir.

Bank kreditining obyekti pul kapitalidir.

Bank kreditida ishlab chiqaruvchi shaxslar (faoliyat ko'rsatuvchilar) faqat qarz oluvchi sifatida ishtirok etadilar, kreditorlar esa ssuda kapitali egalari bo'Iadi.

Iste'mol krediti - asosan tovarlarni sotish jarayonida ularaing to'lovini kechiktirib to'lash huquqi berilishidir. Shu bilan birga iste'mol krediti banklar yoki maxsus kredit institutlari tomonidan iste'mol tovarlarini sotib olish va xizmat haqlarini to'lash hollarida beriladi.

Uning obyekti - uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar va xizmatlardir. Iste'mol krediti tovar va pul shaklida namoyon bo'lishi mumkin. Iste'mol krediti foizi o'zining yuqori darajada ekanligi bilan ajralib turadi va milliy daromadni qayta taqsimlashning ikkilamchi shakli sifatida aholi daromadlari hisobidan to'lanadi.

Davlat krediti va xususiy kredit. Davlat kreditida qarz oluvchi yoki kreditor sifatiga davlat ishtirok etadi. Davlat krediti davlat zayomlari shaktida, kaznachey (g'azna) majburiyatlarini chiqarish orqali, jamg'arma tashkilotlari jamg'armalari qoldiqlarini davlat qimmatbaho qog'o/lariga joylashtirish orqali amalga oshiriladi.

Davlat krediti mablag'lari ishlab chiqarish kapitalini takror ishlab chiqarishda ishtirok etmaydi, ya'ni, u moddiy qiymatliklar ishlab chiqarishda qatnashmaydi, faqat byudjet defitsitini qoplash maqsadida foydalaniladi.

Xususiy kredit davlat kreditidan tamomila farq qiladi. Chunk! xususiy kreditda kreditor va qarz oluvchilar sifatida xususiy yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etadilar.

Xalqaro kredit. Bu kreditning paydo bo'lishiga xo'jalik hayotining baynalminallashuvi va xalqaro davlat shakllarining vujudga kelishi obyektiv asos bo'ladi.

Xalqaro kredit - bu ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi harakatidir. Bunda bir davlat banklari, yuridik shaxslari tomonidan boshqa davlat hukumatiga, banklariga yoki boshqa yuridik shaxslariga kreditlar beriladi.

Xalqaro kredit quyidagi belgilari bilan ajralib turadi:

- kreditorlar va qarz oluvchilar xususiy yuridik shaxslar (banklar, kompaniyalar va firmalar), davlat tashkilotlari va xalqaro valyuta krediti institutlari bo'lishi mumkin;

- qarz mablag'lari qarz oluvchi mamlakatda foiz keitiruvchi kapital sifatida ishlatiladi;

- ssuda foizi manbasi qarzdor mamlakatdagi yollanma ishchilar mehnati hisoblanadi.



Xalqaro bank krediti - bir mamlakat tomonidan boshqa bir mamlakatga (davlatga, yuridik va jismoniy shaxslarga) qisqa va o'rta uzoq muddatga vaqtinchalik foydalanishga beriladigan kredit shaklidar. Bank kreditlari qarz oluvchifar tomonidan xohlagan maqsadlarga ishlatilishi mumkin.

Kredit munosabatlari iqtisodiyotda mavjud aniq usiubiy asoslarga tayanadi- Uning asosiy elementlari bo'lgan ssuda kapitali bozori operatsiyalari ma'Ium tamoyillar asostda olib boriladi.

Bular kreditning qaytarib berilishligi, muddatlifigi, taminlanganligi, maqsadliligi va to'lanishligi tamoyillaridir.

Kreditning qaytarib berilishligi tamoyili.

Bu tamoyil kreditning mustaqi iqtisodiy kategoriya ekanligi shartidir, qaytib berilishlik kreditning umumiy belgisi hisoblanadi. Qaytib berilishlik o'z-o'zidan vujudga kelmaydi: u moddiy jarayonlarga, qiymat aylanishining lugashiga asoslanadi. Ammo doiraviy aylanishning tugashi - bu hali qaytarib berish emas, faqat qaytarib berish uchun zamin tayyorlashdir.

Uchun foiz shaklidagi to'lovi ham qo'shib qaytarilishini ifodalaydi.

Ssuda foizining stavkasi ssuda kapitalidan olingan yillik daromad summasining berilgan kredit summasiga nisbati bilan am'qlanib, kredit mablag'lari bahosi sifatida namoyon bo'ladi.



Kreditning maqsadliligi. Bu tamoyilning mohiyati shundaki, qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar aniq bir maqsadni amalga oshirishga yo'naltirilgan bo'lishi zarur.

Bunda kredit muayyan, aniq obyektga: ishlab chiqarish xarajatlariga, ishlab chiqarish zahiralariga, tayyor mahsulotga, jo'natilgan tovarlarga, hisob-kitob hujjatlariga va hokazolarga beriladi.

Ssuda kapitali o'ziga xos tovar sifatida gavdalanar ekan, u holda undan foydalanishda to'lanadigan foiz kapital "baho"si bo'lib ishtirok etadi. Ammo bu o'ziga xos baho tovarning pul shaklidagi qiymatini aks ettirmaydi, balki kapitalning tovar shaklidagi iste'mol qiymatini- foyda keltirish qobiliyatini aks ettiradi. Foiz normasi - ssuda kapitaliga olinadigan yillik daromadning qarzga (ssudaga) berilgan kapital summasiga nisbatidir. Masalan, 100 ming so'mlik kapital ssudaga berilgan bo'lsa, yillik foiz daromadi 4 ming so'mga teng bo'lsa, u holda foiz normasi 4 foizga teng bo'ladi. Kreditning funitsiyasi - bu icreditning iqtisodiyotdagi faoliyati muayyan ravishda namoyonbo'Iishidir.

Kreditni tahlii qilishda uning funKsiyasi mohiyati va roli o'rtasidagi oraliq bo'g'in sifatida Ko'rib chiqiladi.



Kredit tomonidan bajariladigan funksiyalar turii adabiyotlarda turlicha beriladi. Ko'pgina adabiyotlarda kreditning 4 ta funksiyasi ko'rsatilgan va asoslangan bo'lib, ular quyidagilardir:

  • kapitallarni qayta taqsimlash va foyda normasini tekislash (tengiashtirish);

  • muomala xarajatlarini tejash;

  • kapitalning markazlashuvi;

  • kapitalning yig'ilishi va jamg'arish funksiyasi.

Biroq boshqa ko'pgina kitoblarda kreditning boshqa 4 ta funksiyasi ko'rsatilgan:

  • qayta taqsimlash funksiyasi;

  • qayta takror ishlab chiqarish funksiyasi;

  • muomaladagi haqiqiy naqd pul mablag'larini kredit muomala vositalari biian almasbtirishi;

  • rag'banlantirish funksiyasi.

Kreditning qayta taqsimlanish funksiyasi 2 ko'rinishda pul va tovar shakllarida amalga oshirilisbi mumkin.

Takror ishlab chiqarish funksiyasida esa kredit 2 xil ko'rinishda namoyon bo'ladi:

Qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar ularga kerakli kapital hajmini ta'minlaydi, tadbirkorlik faoliyatini olib borisbiga imkon yaratiladi.

Turli korxonalarga kredit berilishi natijasida jamiyat miqyosida ishlab chiqarish uchun yaxshi va yomon holatlar (sharoitlar) vujudga kelishi murakin (sifat, tannarx, baho).

Muomaladagi haqiqiy va naqd pul mablag'larini kredit to'lov vositalari bilan almashtirish funksiyasida haqiqiy (oltin) puilar pul belgilari (banknotalar) bilan almashtiriladi.

Rag'banlantirish funksiyasida kredit ishlab chiqarishga va muomalagc mikro va makro darajada ta'sir ko'rsatadi. Buning natijasida inablag'lardar tejamli foydalanishga asos yaratiladi.

Kreditning bu funksiyalari haqida olimlar o'rtasida yagona fikr yo'q.

Kredit qayta ishlab chiqarish jarayonining barcha tarmoqlariga - ishlat chiqarish, taqsimlash, muomala va iste'molga xizmat ko'rsatadi.

Qayta ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq holda kredit, ishlat chiqarish, taqsimlash yoki iste'mol jarayonida kechadigan funksiyalardar farqli o'laroq, qayta taqsimlash funksiyasini bajaradi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ssuda kapitali bozori vaqtincha bo'sh turgai moliyaviy resurslarni bir faoliyat jabhasidan boshqasiga yo'naltirisl funksiyasini bajaradi.

Muomala xarajatlarini tejash funicsiyasi.

Kapitalning muomalada bo'lish vaqti tejalishi uning ishlab chiqarishd; bo'lish vaqtini oshiradi, bu esa ishlab chiqarishni kengaytirishga, foydani ortishiga olib keladi.

Bu funksiyaning amalga oshishi kreditning iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqqan.

g) Kapital to'planishining jadallashuvi va konsentratsiyalashuvi funksiyasi.

Bu ishlab chiqarishni kengaytirish, shu bilan birga, qo'shimcha foyda olish uchun qarz mablag'laridan foydalanish imkonini yaratadi.

d) Muomala to'lov vositalarini chiqarish funiksiyasi.

Bu funfksiyaning amalga oshish jarayonida (credit faqatgina tovar emas, baltci pul muomalasining jadallashuviga, undan naqd pultarni siqib chiqarib, to'Iovlar ayianishining teziashuviga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Kredit tufayli pul muomalasi doirasiga veksel, chek, kredit kartochkalari kabi vositalar kiritilib, naqd pulli hisob-kitoblar naqd pulsiz operatsiyalar bilan almashtiriladi.



Fan-texnika taraqqiyotining jadallashuvi ham kredit orqali samarali amalga oshirilishi mumkin. Urushdan keyingi yillarda fan-texnika taraqqiyoti har bir mamlaKat yoki alohida xo'jaltk yurituvchi sub'yekt iqtisodiy rivojining hal qiluvchi omiliga aylangan. Kreditning fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishdagi roli fan-texnnca bilan shug'uliamivchi tashkilotlar faoliyatini moliyalashtirishda kredit resurslari ishlatiltshida ko'rinadi. Itmiy-tadqiqot ishiarini olib boruvchi markazlaming normal ishlab turishini ta'minlash uchun ham, ular faoliyatini moliyalashtirishda ham kredit resurslari ishlatilishi mumrin. Shuningdek, kredit innavatsion jarayonlarda ishlab chiqarishga ilmiy tadqiqot natijalarini joriy qilish va ishlab chiqarish texnologiyasini o'zgartirish jarayonlarini amalga oshirish uchun ham zarur.


1 O.Yu.Rashidov va boshqalar. Pul, kredit va banklar. O’quv qo’llanma. 2010 y.

Download 96.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling