Kremniy xossаlаri
Download 194.45 Kb.
|
1.1 kremniy xossalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektrik xossalari
- «legirlovchi kirishmalarning politropiyasi»
Kremniy xossаlаri Yarimoʼtkazgichli asboblar va tizimlar ishlab chiqarishda eng koʼp ishlatilayotgan modda kremniydir. U elementlar davriy tizimida 14-oʼrinda turadi. Аtom ogʼirligi 28, uning eng katta valentligi 4, suyulish temperaturasi (normal bosimda) 1414 , qattiq kremniyning zichligi 2,33 , dielektrik singdiruvchanligi , diamagnetik. 3-rasm Toza kremniy Xona temperaturasida kremniy kimyoviy jihatdan barqaror, suvda erimaydi, qoʼp kislotalarga nisbatan bardoshli. Аmmo, u nitrat va ftorid kislotalar aralashmasida yaxshi eriydi: , (1) Kremniyning sirtini tozalash maqsadida ishqoriy yediruvchilar qoʼllanadi. Silliqlash uchun yuqoridagi aralashma asosidagi yediruvchilar ishlatiladi. Ishqoriy eritmalarda kremniy , (2) reaktsiya boʼyicha yaxshi eriydi. Kremniy havoda 900 gacha qizdirilganda barqaror qoladi. Аmmo yuqoriroq temperaturalarda oksidlanadi. Vodorod bilan kremniy 2000 chamasidagi temperaturada bevosita reaktsiyaga kirishadi va silanlar hosil boʼladi. Аzot bilan kremniy 1100℃-1300℃ da reaktsiyaga kirishib, nitridlar hosil qiladi. Kremniy galogenlar bilan oson taʼsirlashadi: ftor bilan xona temperaturasida, xlor bilan 200℃-300℃ da, brom bilan 450℃-500℃ da, yod bilan 700℃-750℃ da. Suyulgan kremniy yuqori kimyoviy faollikka ega boʼladi. Kremniy monokristallarini oʼstirish uchun eng maqbul modda sintetik kvarts — Si dir. Elektrik xossalari. Yarimoʼtkazgichlarning elektrik oʼtkazuvchanligi ifoda bilan tavsiflanishi maʼlum. n-tur yarimoʼtkazgichda oʼtkazuvchanlik bunda (kirishma toʼla ionlashadigan temperaturalarda) elektronlar zichligi n donor kirishma zichligi ga teng, yaʼni boʼlishi kerak edi. Bu tenglik kirishmalarning muayyan miqdorigacha saqlanadi. Аmmo kirishmalar zichligi yetarlicha yuqori boʼlganda bu tenglik saqlanmaydi (n< boʼladi). Bu hodisani «legirlovchi kirishmalarning politropiyasi» deyiladi. Uning sababi — yetarlicha koʼp miqdorda yarimoʼtkazgichga kiritilgan kirishma unda turli holatda boʼlishi mumkin. Masalan, kirishma yarimoʼtkazgichning atomlari yoki uning tuzilishi nuqsonlari bilan birlashmalar hosil qilishi, tugunlar orasiga joylashishi va h.k. boʼlishidir. Bunday holatlarning birida kirishma kristallda elektrik faol, boshqalarida — neytral holatda boʼlishi mumkin. Politropiya hodisasi yuz bera boshlaydigan legirlovchi kirishmalar zichligini boʼsagʼaviy zichlik deyiladi. Undan yuqori zichliklarda yarimoʼtkazgich kuchli legirlangan boʼlib qoladi. Kremniyning (K) elektron (E) turdagi monokristallari fosfor (F) bilan legirlanadi, kovak turdagisi bor (B) bilan legirlanadi. Shuning uchun ularni KEF yoki KDB tarzida belgilanadi.[CITATION Тешабоев \l 1049 ] Список литературыCITATION Тешабоев \l 1049 : , [1],
Download 194.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling