“kriminаlistikа”
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
sud fotografiyasi va video tasvirini takomillashtirish masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. 1. Sud fotografiyasi va video yozuvining tushunchasi va vazifalari.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi: tadqiqot ishining tuzilishi kirish, oltita
paragrafni o ‘z ichiga olgan ikkita bob, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
8
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi (2010-yil 12-noyabr)dagi ma’ruzasida: «Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo‘nalishlari- dan biri, bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillash- tirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo‘lib qolmoqda»,1 – deb ta’kidlagan edi. Ma’lumki, ichki ishlar idoralarining faoliyati huquqni muhofaza qilish organlarining mustaqil instituti sifatida huquqiy kafolatlar tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz Konstitutsiyasi bu borada inson huquq va erkinliklarini amalga oshirishni ta’minlashning huquqiy asosi, barchamiz uchun zarur dasturiy hujjatdir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi jinoyatchilikka qarshi kurash olib borayotgan mansabdor shaxslar va barcha organlardan qonunchilik hamda huquq-tartibotga, inson huquqlari va fuqarolarning qonuniy manfaatlariga qat’iy rioya qilishning ta’minlanishini talab qiladi.
O‘zbekiston islohotlar yo‘lidan dadil odimlar bilan bormoqda, uning maqsadi huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurishdir. Bu to‘g‘risida Prezident Islom Karimov quyidagilarni uqtirgan edi: «... jamiyat huquqiy asl fuqaroviy bo‘ladi, qachonki unda fuqarolarning erkinliklari va huquqlari muhofaza qilinsa, har bir odam ishongan bo‘lishi kerakki, ularning huquqlarini qonunsizlikdan, byurokratlardan himoya qiladigan organlar mavjuddir» 2 .
2 Каримов И. А. Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. – Т., 1999. – Б. 47. 9
Jinoyatlarning oldini olish, ularni tezkorlik bilan fosh etish ham davlatning, ham fuqarolarning manfaatlariga mos kladi. Bu vazifani bajarishda doimi qonun nuqtai nazaridan va vijdonan yondashish talab etiladi.
Sud fotografiyasi muhim kriminalistik sohalardan hisoblanib, uning jinoyatchilikka qarshi
kurashdagi o’rni
g’oyat kattadir. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining 91-moddasiga muvofiq, dalillarni qayd etishda bayonnoma tuzish bilan bir qatorda ovoz yozish, vidoyozuv, kinotasvir, fotosuratga tushirish, qoliplar tayyorlash, nusxalar olish, rejalar, sxemalar tayyorlash va axborotni aks ettirishning boshqa usullari qo’llanilishi mumkin. Shuning uchun ham sud fotografiyasi hodisa joyini ko’zdan kechirishda, tergov eksperimentida, murdani eksgumatsiya qilishda, olib qo’yish va tintuvda, tanib olish uchun ko’rsatishda va boshqa tergov harakatlarini olib borishda dalillarni mustahkamlovchi va aks ettiruvchi vosita sifatida qo’llaniladi.
Sud fotografiyasi – kriminalistikaning asosiy sohalaridan biri bo’lib, jinoyatni ochish va dastlabki tergov o’tkazish hamda sudga ko’rgazmali dalillar keltirish, tergov, operativ qidiruv harakatlari va kriminalistik ekspertizalar qilish uchun suratga olishning ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan texnikaviy vositalari, metodlari va qoidalari tizimidan iborat.
Tergov harakatlarini amalga oshirish jarayonida sud fotografiyasidan foydalanish turli texnik vositalar yordamida fotosuratlar olishda namoyon bo’ladi. Fotosuratlar tergov harakatlari bayonnomalariga yoki ekspert xulosalariga ilova qilinadi. Ular rasmiy ravishda tushirilgan obyektlarni aks ettirib: predmet alomatlarinil tergov harakatlari olib borilgan sharoitni; ekspert tekshiruv natijalarini idrok etishga imkon beradi. Bunday tasvir bayonnomaning tasvirlov qismini (ekspert xulosasining tekshiruv qismini) to’ldiibgina qolmay, balki og’zaki tasvirlash orqali idrok etilishi qiyin bo’lgan alomatlar va sharoitlarni tushunish imkonini beradi. Suratga tushirish mustahkamlashning obyektiv shakli sifatida aks ettirish og’zaki usuliga nisbatan bir qator afzalliklarga ega: olingan suratlarning rasmiylashtirilganligi, ularning yaqqolligi, 10
ma’lumot uzatishda yuqori darajada aniqligi, aks ettirish jarayonining nisbatan tezligi bularning barchasi zamonaviy fotoapparaturalardan foydalangan holda dalillarni mustahgkamlashning eng muhim usullaridan biri bo’lib qoldi.
Bugungi kunda tergov amaliyoti sohasida kriminalistik fotografiya ishonchli aks ettirishning va ilmiy-tekshiruv usullarining majmui sifatida hozirgi amaliyotda keng qo’llaniladi.
Tergov jarayonida yoki sud tergovini amalga oshirish jarayonida sud fotografiyasi va video yozuvidan foydalanish uchun qo’llaniladigan texnik vositalardan foydalanganligi haqida tegishlicha tergov harakati bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi JPKning 127-moddasida aytilishicha, shaxsni tanib olish uchun ko’rsatishning iloji bo’lmaganda, yoxud xavfsizlikni ta’minlash maqsadida uning fotosuratlaridan foydalanish mumkin. Bunda tergov harakatlari bayonnomasiga yoki sud majlisi bayonnomasiga fotojadval ilova qilinadi. JPKning 136- moddasida aytilishicha, ko’zdan kechirish chog’ida surishtiruvchi, tergovchi yoki sud fotosuratga tushiradi.
Sud fotografiyasi o’z maqsadlari uchun amaldagi ilmiy fotografiyaning xilma-xil vosita va usullaridan keng ko’lamda foydalanadi. Jumladan mikro va makro usulda suratga olish, rangli va o’lchovli rasmlar olish kabi juda ko’p usullardir. Fotografiya turli-tuman obyektlarni tez, xatosiz va batfasil qayd qilishda, olingan ma’lumotlarning aslini suratga olish orqali saqlab qolishda, keyinchalik qayta ko’rib chiqish ishlarida qulay va ishonchli vositalardan hisoblanadi. Fotografiyaning muhim xususiyatlaridan yana biri uning inson ko’ziga nisbatan yuqori darajada mukammalligidir. Uning yordamida inson ko’zi ilg’amaydigan spektorlarni elektromagnit maydonida kerakli ma’lumotlarni kuzatish, suratga olish hamda kerak bo’lganda, yana namoyish qilib ko;rish imkoniyatini beruchi fotohujjatlarni olish mumkin. Mana shu xususiyatlari daliliy ashyolarni topishda, ularni tekshirishda, jinoyatni ochish, jinoyatni topish, qidiruv hamda jinoyatning oldini olish ishlarida eng muhim vositalardan biri hisoblanadi.
11
Fotografiya (yunoncha photos – yorug’lik, grapho – yozaman degan ma’nolaridan) – obyekt tarqatadigan va qaytaradigan nurlanishlar ta’sirida yorug’likka sezgir, yuz
beradigan fotokimyoviy hamda fotofizikaviy o’zgarishlarni mustahkamlash yo’li bilan predmetlar va optik signallarning barqaror tasvirlarini hosil qilish metodlarining majmui. 3
Kriminalistik fotografiya – kriminalistika fanining tizimidagi kriminalistik texnika bo’limining alohida bir tarmog’idir.
Kriminalistik fotografiya – surishtiruv, tergov harakatlari va ekspertiza tadqiqotlari jarayonida amalga oshiriladigan ilmiy izlanishlar va suratga olish jarayonidir. 4
Sud fotogrfiyasi kriminalistikaning muhim sohalaridan biri hisoblanib, jinoyatlarni ochish, tergov qilish va uni uni oldini olish jarayonida tergovchi, surishtiruvchi, kriminalist yoki ekspert tomonidan qo’llaniladigan usullar, texnik va kriminalistik vositalar tizimidan iboratdir.
Suratga olish tergovchi, tezkor xodim yoki ekspert tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Kriminalistik fotografiya tizimi o’z ichiga surishtiruv va tergov, tezkor-qidiruv va ekspertiza uchun suratga olishdan iborat. Surishtiruv va tergov uchun suratga olishning obyektlari bo’lib hodisa sodir bo’lgan joy, murda, jinoyat izlari va boshqalar bo’lishi mumkin. Tezkor-qidiruv jarayonida suratga olish tezkor-qidiruv tadbirlari qanday o’tkazilganligini bilish uchun amalga oshirlidadi. Ekspertiza jarayonidagi suratga olish ekspert tomonidan sud ekspertiza o’tkazilganda amalga oshiriladi.
Kriminalistik videoyozuv – turli xil surishtiruv va tergov jarayonlarida videotasvirga olish orqali amalga oshiriladigan ilmiy vositalar va video yozuvga tushirish ko’rsatmalari tizimidan iborat. Kriminalistik video yozuv ham fotografiya singari turlarga bo’linadi 5 . 3 G‘.A. Abdumajidov, A.Y.Norboev T.Aripov Kriminalistika. Darslik II-jild.TDYUI nashriyoti.2008 156-b. 4 M.X. Rustamboev, A.Norboev Kriminalistika (sxemalar). O‘quv qo‘llanma - T.: TDYUI nashriyoti , 2011. 103-b. 5 Kriminalistika: Darslik/T.B.Mamatkulov, I.Astanov va boshq. T.: O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 2015, 67-bet 12
Kriminalistik fotografiya jinoyat ishi uchun daliliy ahamiyatga ega bo’lgan moddiy obyektlar va haqiqatlarni yozib, qayd qilish va dalillarni tekshirish uchun qo’llanadi.
Kriminalistik fotografiyaning predmeti – jinoyat ishi bo’yicha qidiruv ishlarini olib borish va sudga isbotlangan daliliy materiallarni taqdim etish uchun amalga oshiriladigan tergov harakatlari, tezkor-qidiruv tadbirlari va kriminalisrik ekspertizalarni o’tkazishda qo’llaniladigan suratga olishning turlari, metodlari va usullari tizimidan iborat.
Kriminalistik fotografiyaga voqea sodir bo’lgan, tintuv o’tkazilgan joylarni, tergov tajribalari, shaxslar, murdalar, hujjatlar, jinoyat qurollari, jinoyat izlari va jinoyatga aloqasi bor boshqa obyektlarni suratga olish kiradi. Kriminalistik fotografiya usuli o’zining ancha ko’rgazmali, aniq va tezkorligi bilan protsessual rasmiylashtirishning boshqa metodlaridan (dalillarni bayonnomada qayd qilish, chizmalar tuzish, suratlar chizish) birmuncha farq qiladi. Tergov harakati bayonnomasiga yoki ekspertning xulosasiga ilova qilingan fotosuratlar hujjatli dalil bo’lib xizmat qiladi.
Kriminalistik fotografiyadagi ixtisoslashtirilgan suratga olish usullari yoki metodlarini maqsadi va vazifasiga qarab, ikki guruhga bo’lish mumkin:
1-guruh: tasvirlash usullari, tasvirlovchi suratga olish (fotografiya). 2-guruh: tasdiqlash metodlari (tasdiqlovchi fotografiya). 6
Kriminalistik fotografiya tasvirlash va tekshirish metodlaridan foydalanadi. Tasvirlovchi va tasdiqlovchi fotosyomkada umumiy fotografiya vositalaridan va maxsus kriminalistik vositalardan foydalaniladi.
Tasvirlovchi syomkaning tizimi quyidagicha: a) obyektlari bo’yicha; b) metodlari; v) usullari.
Tasvirlovchi syomka obyektlari quyidagicha:
1) joy: hodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish, tanib olish uchun ko’rsatish, murdani eksgumatsiya qilish, eksperiment va hokazo;
6 M.X. Rustamboev, A.Norboev Kriminalistika (sxemalar). O‘quv qo‘llanma - T.: TDYUI nashriyoti , 2011. 105-b. 13
2) shaxslar: yuzlashtirish, tanib olish uchun ko;rsatish, ro’yxatga olish va hokazo;
3) ashyoviy dalillar: tanib olish uchun ko’rsatish, ko’zdan kechirish va hokazo;
4) murda yoki murdaning parchalarini ko’zdan kechirish. Kriminalistik fotografiya quyidagi holatlarda qo’llaniladi 7 :
- qidiruv tadbirlari bilan bog’liq tergov harakatlari jarayonida obyektlarni, ularning qismlarini va shart-sharoitlarini mustahkamlashda; - jinoyatchi va u tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlari haqida tezkor- qidiruv tadbirlarini amalga oshirish orqali ma’lumotlar olishda; - ekspertiza jarayonida; - ekspertiza jarayonida ashyoviy dalillarni, ko’rinmas va ko’rinishi qiyin bo’lgan izlarni olish, qidirilayotgan obyektlarni identifikatsiya uchun suratini olishning umumiy ko’rinishini aniqlashda. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling