Kriptografiya tarixi
Islom dunyosida ilm-fanda o‘rta asrlarda erishilgan yutuqlar albatta kriptografiya sohasini chetlab o‘tib ketishi mumkin emas edi. Ushbu sohada yaratilgan va bizgacha yetib kelgan asarlardan biri Abu Bakr Axmad ibn Ali ibn Vaxshiya an-Nabati qalamiga mansub bo‘lib, u 855-yillarda yaratilgan va qadimiy qo‘lyozmalarni o‘qish muammolariga bag‘ishlangan. Ushbu kitobda ikki alifboli kriptografiya usullari ham yoritilgan. Unda har xil shifrlash tizimlari keltirilgan va ular XIX asrlargacha qo‘llanilib kelingan.
Chastotali kriptotahlilga bag‘ishlangan asar 855-yilda yaratilgan va Abu Yusuf al-Kindi qalamiga mansub bo‘lib, unda kriptografik xabarlarni deshifrlash muammolari o‘rganib chiqilgan.
Al-Kindining kriptotahlilga bag‘ishlangan qo‘lyozmasi bizgacha yetib kelgan va unda qadimiy xalqlarning alifbosiga asoslangan shifrlash usullari ham berilgan. Ushbu algoritm XIX asrgacha qo‘llanilib kelingan.
Maxfiy xatlarni o‘qishda qabul qilingan tartib qoidalariga asoslanib tayanch so‘zlar negizida matnni deshifrlash mumkinligiga ilk bor VIII asrda Xalil al-Faraxidi e’tibor bergan. Masalan, xatni biz “salom” so‘zidan boshlaymiz, demak matndagi beshta harfni qanday belgilab olinganligini aniqlash mumkin bo‘ladi. Ushbu g‘oyani Xalil al-Faraxidi “Kitab al-Maumma” asarida yoritgan.
Ushbu sohada to‘plangan ma’lumotlar misrlik matematik Shaxob Kalkashandi tomonidan 1412-yilda yozilgan 14 jildlik “Shauba al-Asha” asarida jamlangan. Unda shifrlashning 7 ta usuli bilan birga, deshifrlash masalalari ham ko‘rib chiqilgan. Bunda arab tiliga xos statistika va lingvistika qonuniyatlariga asoslanib noma’lum shifrlangan xabarlarni o‘qish yo‘llari keltirilgan. Ushbu qomusiy asarning ajoyib jihatlaridan biri bu ilk bor kriptotahlilda chastotali tahlilni qo‘llanilganligi. Ushbu usul orqali oddiy o‘rinlarini almashtirish usullari orqali shifrlangan matnlari o‘qilgan. “Shifr” so‘zining fandagi o‘rni ushbu asarlardan kelib chiqqan.
Shu bois Shaxob Kalkashandi kriptografik tahlilning asoschisi sifatida e’tirof etilgan, ammo milliy adabiyotlarda bu haqida nimagadir so‘z yuritilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |