Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Nazorat savollari: 
1. Sodda shakllar nima? 
2. Pinakoid nima? 
3. Prizmalar necha turli bo‘ladi? 
4. Ochiq sodda shakllar deb nimaga aytiladi? 
5. Prizmalar deb nimaga aytiladi? 
6. Diedr degani nima ma’noni bildiradi? 
7. Diedr bilan monoedrning bir-biridan farqi. 
8. Yopiq sodda shakllar deb nimaga aytiladi? 


33 
9. Piramida bilan tetraedrlarning farqi. 
10. Skalenoedr deb nimaga aytiladi?
11. Trapetsoedrlarga ta’rif bering va ular nechta bo‘ladi? 
12. Ditetrogonal prizmaga ta’rif bering. 
5. Simmetriya elementlari va ularning proeksiyasi 
Simmetriya o‘qlarini proeksiyasini tushirganda, ularni ko‘z o‘ngimizda 
aylana bo‘yicha uchrashguncha davom ettiramiz, so‘ngra topilgan nuqtalarni ko‘z 
o‘ngimizda nurlar orqali birlashtiramiz. Natijada ko‘z o‘ngimizdagi nurlarni aylana 
chizmasidagi tekislik bilan uchrashgan joylari simmetriya o‘qlarini stereografik 
proeksiyasi bo‘ladi.
Vertikal o‘qlar proeksiyasi aylana markazida belgilanadi – L
2, 
L
3, 
L
4, 
L

Gorizontal o‘qlar chizma tekisligi bilan birgalikda kelib, proeksiya 
aylanasida ikki nuqtada ko‘rinadi – L
2
, L
3, 
L
4
Simmetriya tekisliklarini proeksiyasini tushirganda ularni uchini stereografik 
proeksiyasi beriladi (tomonlarni proeksiyasi tushirilganda, ularga perpendikulyar 
berilar edi).
Proeksiya tushirish uchun simmetriya tekisligini aylana bilan uchrashguncha 
davom ettiramiz va natijada katta aylana hosil qilamiz.
Stereografik proeksiya tushirish vaqtida aylanadagi topilgan nuqtalarni 
birlashtirish natijasida yoylar hosil qilamiz. 
Vertikal simmetriya tekisligi (proeksiyadagi o‘q orqali o‘tuvchi) to‘g‘ri 
chiziq orqali belgilanadi va aylanadagi proeksiyani diametriga to‘g‘ri keladi. 
Gorizontal tekislik, chizma tekisligiga to‘g‘ri kelib, proeksiyadan chizma 
aylanasi shaklida ko‘rinadi. 
Proeksiyadagi qiyshiq tekislik aylanadagi yoyga to‘g‘ri keladi. Chizmadagi 
simmetriya tekisligi ikki to‘g‘ri chiziq orqali belgilanadi. Agar kristallda 
simmetriya markazi bo‘lsa, u S harfi bilan belgilanadi. Kristallar proeksiyasini 
tushirganda qulaylik tug‘dirish maqsadida, proeksiya o‘qqa va tekislikka nisbatan 
olinadi. 


34 
Kubik singoniya kristallarida 4 L

o‘qidan
tashqari doimo 3 L
4
yoki 3 L

o‘qi 
bo‘ladi. Bu o‘qlar doimo bir-biriga perpendikulyar bo‘ladi. Bunday kristallarni 
proeksiyasini olganda ularni Shunday qo‘yish kerakki, Yuqorida ko‘rsatilgan 
o‘qlardan biri vertikal’ (L

yoki
L
2
), yoki proeksiya o‘qi bilan to‘g‘ri kelishi kerak. 
O‘rta singoniya kristallarida asosiy o‘q (L
3
, L
4
, L
6
) doimo vertikal joylashtiriladi 
va proeksiya tushirganda simmetriya markazida bo‘ladi.
Rombik singoniya kristallarida bir-biriga perpendikulyar bo‘lgan uch o‘q 
asos qilib olinadi. Bu yo‘nalishdagi L
2
bilan to‘g‘ri keluvchi o‘q doimo vertikal 
bo‘lib, boshqalari kuzatuvchiga nisbatan qolgani esa chapdan o‘ngga to‘g‘ri keladi. 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling