Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

 
4.1. Ochiq sodda shakllar 
Monoedr – faqat birgina yondan iborat sodda shakl.
Diedr – ikkita bir-biriga teng, o‘xshash, o‘zaro kesishadigan yonlardan 
iborat sodda shakl.
Pinakoid – ikkita bir-biriga teng, o‘xshash, parallel’ yonlardan tashkil topgan 
sodda shakl (pinaks – grekcha so‘z bo‘lib, taxta demakdir). (4.1-rasm) 
Prizmalar – parallel’ qirralar hosil qilib kesishadigan uch va undan ortiq
o‘xshash va teng yonlardan tuzilgan sodda shakl. Prizmalar uch yonli, to‘rt yonli, 
olti yonli bo‘ladi. Bunda birinchi-trigonal prizma, ikkinchisi – yonlari orasidagi 
burchak 90° bo‘lsa tetragonal prizma va yonlari orasidagi burchak 90° bo‘lmasa – 
rombik prizma, uchinchisi geksagonal prizma deyiladi. 
Prizmalarning har qaysi yoni o‘rtasidan kichik qirra bo‘yicha ajralgan – 
ikkilangan bo‘lishi mumkin. Bunday prizmalarni atashda yonlarini ko‘rsatadigan 
songa “di” old qo‘shimchasi qo‘yiladi. Ikkilangan yonlardan iborat uch yonli 


23 
prizma-ditrigonal prizma deb, to‘rtta ikkilangan yonlardan tuzilgan prizma -
ditetragonal prizma, oltita ikkilangan yonlardan iborat prizma – digeksagonal 
prizma deyiladi. (4.2-rasm) 
 
 

4.1-rasm. Ochik sodda shakllar 
1-monoedr; 2-diedr; 3-pinakoid; 4-rombik prizma; 
5-rombik piramida 
Piramidalar – qirralari bir nuqtada kesishadigan uch va undan ortiq teng va 
o‘xshash yonlardan tashkil topgan sodda shakllardir. Piramidalar ham prizmalarga 
o‘xshash bir necha turli bo‘ladi. A) trigonal (uch yonli) piramida, b) tetragonal 
(to‘rtta yonli) piramida, v) geksagonal (olti yonli) piramida, g) rombik (asosi 
rombik ko‘rinishida bo‘lgan) piramida, d) ditetragonal piramida, j) digeksagonal 
piramida ditrigonal piramida. (4.3-rasm) 
Bular kristallarda uchraydigan sodda ochiq shakldir. Bu shakllarning qaysi 
sinf va singoniyalarga mansub ekanligi o‘sha sinflar ta’rifida ko‘rsatib o‘tiladi. 


24 
a b d 
e f g 
4.2-rasm. Prizmalar: Trigonal /a/, tetragonal /b/, geksagonal /d/, ditrigonal 
ditetragonal /e/, digeksagonal /f/. 


25 
a b d 
e f g 
4.3-rasm. 
Piramidalar: Trigonal /a/, tetragonal /b/, geksagonal /d/, ditrigonal /e/,
ditetragonal /f/, digeksagonal /g/. 


26 
a b d 
e f g 
4.4-rasm. 
Dipiramidalar: a –trigonal, b –tetragonal, d –geksagonal,
e-ditrigonal, f-ditetragonal, f –digeksagonal dipiramida 
 
 


27 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling