Kritik holat


Download 13.51 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi13.51 Kb.
#267838
Bog'liq
Критик холат


Kritik holat — ikki fazali (bir komponentli yoki koʻp komponentli) sistemaning muvozanat holati; bunda mavjud fazalar fizik xossalari jihatidan bir xil boʻlib qoladi. Izotrop fazalar (suyuqlik — suyuqlik, suyuqlik — bugʻ va gaz — gaz) muvozanatda yoki kristall panjara bir xil fazalar boʻlgandagiva Kritik holat vujudga kelishi mumkin. Sistemaning holat diagrammasida Kritik holatga mos nuqta kritik nuqta deyiladi. Sistemaning shu nuqtadagi parametrlari. — kritik bosim rk, kritik temperatura Tk, kritik hajm VK va boshqa uning kritik parametrlari deyiladi. Suyuqlik — bug sistemasining Kritik holatida suyuqlik va bugʻ fazalarining solishtirma. hajmlari bir xil boʻladi, faza oʻtish issikdigi nolga aylanadi, fazalar chegarasi yoʻqolib ketadi, sirt tarangligi boʻlmaydi. Shuning uchun Kritik holatni bir fazali sistemaning chekka holati deb qarash mumkin.

Kritik holat. En- r dryus diagrammasi: KB dan oʻngdagi va yuqorisidagi soha va KA dan chapdagi soha — mos holda moddaning gazeimon va suyuq holatlari; izotermalar V oʻqqa parallel boʻlgan soha — suyuqlik va uning toʻyingan bugʻlari orasidagi muvozanat holatiga mos keladi.



Bunday sistemaning suyuq va gazeimon holatlarini ifodalovchi parametrlari orasidagi bogʻlanish Endryus diagrammasi orqali grafik tasvirlanadi; har bir egri chiziq oʻzgarmas temperatura (izoterma)da r ning Vra bogʻliqligini ifodalaydigan grafik hisoblanadi. Rasmdan koʻrinib turibdiki, holati r^D^ parametrlar bilan belgilanuvchi sistemalarning kritik nuqtasida faqat bitta, yaʼni suyuqlik — bugʻ muvozanati mavjud.T < Tk da izoterma gorizontal siniq egri chiziqdan iborat. Gorizontal qism suyuq va bugʻ fazaning muvozanatiga mos keladi. temperatura koʻtarilishi bilan gorizontal qism kichraya boradi va kritik temperaturada izoterma sidirgʻa egri chiziqqa aylanadi. Bu izotermada faqat bitta burilish nuqtasi bor va u kritik nuqta hisoblanadi. Kritik temperaturadan yuqorida suyuqlik va bugʻ har qanday bosimda ham muvozanatda boʻlmaydi.[1]
Download 13.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling