Ku sh ak ova., Abduvaxqbqv a. Stratigrafiya asoslari 0 ‘quv qo‘llanma Toshkent 2020


Toshqotgan organik formalar fatsial belgilar


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/118
Sana19.10.2023
Hajmi3.12 Mb.
#1710136
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   118
Bog'liq
Universiteti geologiy a-geografiy a fakulteti

Toshqotgan organik formalar fatsial belgilar
Toshqotgan ko ‘pgina organik formalar o ‘zlari yashagan 
muhitning 
tabiiy-geografik 
sharoitlari, 
o ‘zlarini 
qamragan 
yotqiziqlaming genezisi haqida m aiu m o tlar berib fatsial belgilarni 
anglatuvchilar sifatida qo ‘shimcha axborot manbalari b o iib xizmat 
qilishi mumkin. Ushbu y o ‘1 bilan axborot olish bionom ik tahlil 
usuli deb ataladi.
Paleografik sharoitlami qayta tiklash paytida, tosh qotgan 
organik formalar kompleksi o ‘rgani!adi. Agar bunday kompleks bir 
tadqiqot hududida va bitta qatlamda qamralgan b o is a , mazkur 
organik formalar guruhi oriktotsenoz deb ataladi. Oriktotsenozni 
o ‘rganish paleobiotsenozni tiklashning asosidir va shu orqali 
geologik o ‘tmishda birgalikda yashagan organizmlar guruhi haqida 
m aiu m otlar beradi. Albatta, bu masalani hal etish anchagina 
murakkablikdan 
iborat. 
Biroq, 
ushbu 
amaliyotsiz 
m azkur 
organizmlar yashagan muhit xususiyatlarini anglash qiyin. M asalan, 
dengiz oriktotsenozini tahlil qilish davomida jonivorlam ing bentos
plankton va nekton yashash tarziga mansublarini ajratish lozim 
b o iad i. 
0 ‘z 
navbatida, 
bentos 
organizmlaming 
mustaqil
26


harakatlanuvchilarini va o ‘zga turdagi jonivoriarga yopishgan holda 
hayot kechiruvchilarini farqlash kerak. Keyin ularning tirik paytidagi 
holatlari, 
suyaklarining 
yemirilish 
darajasi, 
cho‘kmaga 
ko ‘milguncha tashib kelingan masofasi aniqlanadi. M ana shu 
masalalar aniqlarganidan so‘ngina alohida organizmlar turlarining 
yashash tarzi, paleobiotsenozning mavjudligi sharoitlari va nihoyat 
hududning geologik o ‘tmishdagi tabiiy - geografik muhiti 
xususiyatlari haqida fikr bildirish mumkin.
0 ‘rganilayotgan 
hududning 
geologik 
rivojlanishi 
tarixini 
tiklayotgan 
tadqiqotchi eng 
avvalo, 
hududda kuzatilayotgan 
cho‘kindi hosilalarning quruqlik sharoitidami yoki dengiz havzasida 
to ‘planganligini aniqlashi lozim. Kontinental yotqiziqlar quruqlikda 
yashovchi 
hayvonlar, 
chuchuk 
suvda 
hayot 
kechiruvchi 
umurtqasizlar (ikkitabaqalilar, gastrapodalar va h.k.)ning tosh 
qotgan qoldiqlari hamda quruqliqda o ‘suvchi o ‘simliklarning 
qoldiqlari va ildizlari orqali aniqlanadi. Dengiz yotqiziqlarida esa 
dengiz jonivorlari va suv o ‘tlari qoldiqlari kuzatiladi. Agar ular 
orasida quruqlik o ‘simliklari qoldiqlari uchrasa, ularni dengizga 
daryo oqimlari olib kelganligi yoki shamol uchirib kelganligiga 
ishonch hosil qilish mumkin.

Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling