Kuch qurilmalari Issiqlik berishning rostlash usullari
Bug‘lanish - suyuqlikning ochiq turgan yuzasidan har qanday haroratda otilib chiqayotgan molekulalar hisobiga bо‘ladi. Qaynash
Download 1.69 Mb.
|
Issiqlik berishning rostlash usullari
Bug‘lanish - suyuqlikning ochiq turgan yuzasidan har qanday haroratda otilib chiqayotgan molekulalar hisobiga bо‘ladi.
Qaynash – bug‘lanishning faqat suyuqlik sirtidan tashqari butun suyuqlik hajmi bо‘yicha bо‘lish jarayoni. Fizika kursidan ma’lumki, suyuqliklarning qaynash harorati uning turiga va asosan muhit bosimiga bog‘liq. Masalan, suv tog‘ sharoitlarida, ya’ni muhit bosimi past bо‘lganda, 100 S dan ancha past haroratda qaynashima’lum. Bug‘ning suyuqlikka aylanish jarayoni kondensatsiya deyilib, bundan hosil bо‘lgan suyuq-likni kondensat, qurilmaning nomi kondensator deb yuritiladi. Distillangan suv, yomg‘ir va qor suvlari ham kondensat hisoblanadi. Suyuqlikning bug‘lanish jarayonida molekulalarning suyuqlikdan muhitga otilib chiqi-shidan tashqari molekulalarning suyuqlikka qaytishi ham sodir bо‘ladi. Muhitga otilib chiqayotgan molekulalar sonining suyuqlikka qaytibtushayotgan molekulalar soniga tenglashganida dinamik muvozanat sodir bо‘ladi. Bu holatdagi bug‘ni tо‘yingan bug‘ deb ataladi. Tо‘yingan bug‘ning zichligi maksimal bug‘ zichligiga ega. Bug‘lanish jarayonida muhitga otilib chiqayotgan molekulalar о‘zlari bilan suvning mayda tomchilarini ham olib chiqishlari mumkin. Shuning uchun tо‘yingan bug‘da mayda suv tomchilari ham bо‘lib, bunday bug‘ni tо‘yingan nam bug‘ deyiladi. Agar bug‘lanayotgan suvning ustki qismi(muhit) chegaralangan (aytaylik ,qopqoq bilan yopilgan) bо‘lsa, ma’lum sharoitda suv tomchilari qolmaydi. Bunday sharoitdagi bug‘ni quruq tо‘yingan bug‘ deb yuritiladi. Kо‘pincha bug‘ tarkibidagi ma’lum miqdorda suv tomchilari bо‘ladi. Shu sababli bug‘lar uchun quruqlilik darajasi degan tushuncha kiritilgan. Agar bug‘ uchun quruqlilik darajasi x = 0,9 bо‘lsa, buning mazmuni bug‘ning tarkibidagi 10 % suv tomchilari bor, degan bо‘ladi. Bug‘ – moddaning gaz holati bо‘lib, oddiy kо‘z bilan kо‘rinmaydi. Agar bug‘, bug‘lanish jarayoni, kо‘zga kо‘rinayotgan ekan, demak, bug‘ tarkibida suv tomchilari bor bо‘lib, biz shu suv tomchilarini kо‘ramiz. Tо‘yingan bug‘ning haroratini yana orttisak, ya’ni qizdirsak – о‘ta qizigan bug‘ hosil bо‘ladi. О‘ta qizigan bug‘largina tо‘la gaz holatiga о‘tgan bо‘ladi. О‘choqda yoqilgan yoqilg‘idan ajralgan issiqlik hisobiga bosim ostida issiq suv va bug‘ hosil bо‘ladigan uskunalar majmui qozon agregati deyiladi. Qozon agregati о‘choq, bug‘latish sirtlari – ekran, bug‘ qizdirgich, suv ekonamayzeri va havo isitgichlardan tashkil topadi. Qozon agregativa yordamchi uskunalar majmui qozon qurilmasi deyiladi.Yordamchi uskunalarga yoqilg‘i tayyorlash moslamalari, tutun gazlar yо‘li, suv tayyorlash moslamalari, kul va shlak chiqarish moslamalari kiradi. Qozon qurilmasi tayyorlanadigan mahsulot turiga kо‘ra bug‘ qozonlari va suv isitadigan qozonlarga bо‘linadi. Qozon qurilmalari ishlatilishiga kо‘ra energetik, ishlab chiqarish va isitish turlariga bо‘linadi. Faqat issiqlik elektrstansiyalarining bug‘ turbinalarini bug‘ bilan ta’minlaydigan qozon qurilmalari energetik qozon qurilmasi deyiladi. Sanoatni va aholi yashaydigan joylarni hamda idoralarni issiq suvyoki bug‘ bilan ta’minlaydigan qozonlar ishlab chiqarish va isitish qozonlari deyiladi. Qozon qurilmasining texnologik sxemasidan kо‘rinib turibdiki, qurilma о‘txona va tutun yо‘li, issiq suvyoki bug‘ aralashmasi yig‘iladigan silindrsimon yopiq idish – baraban (h = 0,9 1,8 m, l = 35 40m, P = 20 MPa), isitish sirtlari, havo isitkich, ekonamayzer, bug‘ qizdirgich, kul tutkich, tutun, kul va shlak chiqaruvchi moslamalar, mо‘ri hamda yordamchi asbob – uskunalardan tashkil topgan. Isitish sirtlariga bosim ostida harakatlanadigan suv va qug‘ trubalaridan tashqari о‘txona ekrani (о‘txona devorlari bо‘ylab joylashtirilgan trubalar dastasi), bug‘ qizdirgich va suv ekonomayzeri kiradi. Qozon qurilmasini yengillashtirish va uning isitish sirtlarini orttirish maqsadida isitilishi zarur о‘lgan hamma asboblar, asosantrubalardan yasaladi. Katta quvvatli qozon qurilmalarida suv ekonomayzeri, havo isitish asboblariquyib ishlanadi. Bug‘ hosil qiluvchi trubalar, о‘txona ekraniva ularga suv keltiruvchi trubalar barabanga ulanadi. Ularda suv – bug‘ aralashmasi berk kontur bо‘yicha harakatlanadi, ya’ni о‘txona tashqarisidagi trubadan suv oqib tushib, kollektorga quyiladi va undan alanga va tutun gazlari bilan issiqlik almashinuvchi о‘txona ekraniga о‘tib, u yerda bug‘lanadi.Kollektor о‘txonaning sovuq voronkasi, ya’ni kul va shlak tushadigan qismida joylashgan. Issiqlik tutun gazlari yо‘lidagi suv ekonomayzeri va havo isitgichga konvektiv issiqlik almashinish usulida uzatiladi. Shuning uchun о‘txonaning bu qismi konveksiya shaxtasideyiladi.Tutun gazlarining temperaturasi konveksiya shaxtasidan о‘tish vaqti 800- 900 K dan 300 – 400 K gacha pasayadi. О‘txona devorlarining ichki qismiga о‘tga chidamli g‘ishtlar teriladi. Tashqi tomondan metall qoplama bilan о‘raladi. Bu о‘txona mustahkamligini oshiribgina qolmasdan, uning ichiga devor orqali ortiqcha havoning sо‘rilishidan va gazlarning tashqariga chiqishidan saqlaydi. Energetikaning birlamchi tabiiy boyliklari – yoqilg‘i, suv, shamol va boshqalardan foydalanib mexanik energiya hosil qiladigan dvigatellar va yordamchi uskunalar majmuasi kuch qurilmalari deyiladi. Foydalaniladigan energiya turiga kо‘ra issiqlik, gidravlik, atom va sh .k kuch qurilmalari bо‘ladi. Issiqlik kuch qurilmalari maxsus energetik inshoatbо‘lib, u qozon qurilmasi , nasoslar, kondensatorlar, bug‘ turbinalari elektr generatorlar, quvurlar va shunga о‘xshash asosiy uskunalardan tashkil topgan. Issiqlik kuch qurilmalariga bug‘ turbinalari, gaz turbinalari, reaktiv dvigatellar kiradi. Issiqlik dvigateli issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi qurilmadir. Qozon qurilmasining asosiy yoqilg‘isi sifatida toshkо‘mir, torf, neft va uning og‘ir fraksiyalari, domna va tabiiy gaz, yonuvchi slanetslar ishlatiladi. Qozon qurilmasiga yoqilg‘i maxsus yoqilg‘i saqlanadigan omborxonalardan turli – tuman uzatkichlar orqali maydalab yoki butunligicha, maxsus qо‘shimchalar qо‘shib yo qо‘shmasdan bunkergauzatiladi. Qattiq yoqilg‘ini chang holatigacha maydalab, yoqiladigan qozon qurilmasini qarab chiqamiz. Kо‘mir omborxonada maydalanganidan sо‘ng, uzluksiz hо‘l kо‘mirni qabul qiluvchi yoqilg‘i bunkeri 1ga va undan kо‘mir tegirmoni 2 ga yо‘naltiriladi. Tegirmonda tayyorlangan changsimon kо‘mir maxsus ventilyator 3 hosil qilgan havo oqimi yordamida, truboprovod orqali, qozon qurilmasi binosi ichida joylashgan о‘txona 8 ning gorelkasi ga uzatiladi. Yonishni tо‘la ta’minlash maqsadida isitkich 5a orqali atmosfera havosi isitilib puflash ventilyatori 19, 27 yordamida gorelkaga uzatiladi. Qozonni suv bilan ta’minlaydigan silindrsimon baraban 14 ga suv deaeratsiya( yunoncha de –ajratib olish va aer – havo) li suv g‘amlaydigan idish 18 dan ta’minlash nasosi yordamida uzatiladi. Haydalgan suv baraban 14 ga quyiladi. Suv bug‘i, о‘tona ekrani vazifasini bajaruvchi trubalarda hosil bо‘ladi va bosim ostida baraban 13 ga о‘tadi. Trubalarda hosil bо‘lgan quruq tо‘yingan bug‘ baraban orqali о‘ta qizdirgich 16a, 16b ga va undan iste’molchiga uzatiladi. Yoqilg‘ining yonishidan mash’alali alanga paydo bо‘ladi va uning temperaturasi 1700 – 1800 0K ga yetadi. Bu yuqori temperaturali alanga о‘txona ichida uning devori bо‘ylab vertikal joylashgan truba sirtlarini yalab isitishi natijasida uning temperaturasi 1200 – 1300 0K gacha pasayadi. Tutun gazlari о‘txonaning yuqori qismida gaz yо‘lida joylashgan bug‘ni о‘ta qizdirgich 8 ni isitib о‘tgandan sо‘ng suv ekonomayzeri 18 va havo isitgich 19 orqali tutunni tashqariga tozalab chiqarish asboblariga о‘tadi. Zaharli ayrim mahsulotlardan tutun – gaz aralashmasi kul tutkich 21 da tozalanib, mо‘ri 23 orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Atmosferaga chiqarilgan tutun gazlarining temperaturasi 350 – 380 0K va undan ortiqroq bо‘lishi mumkin. Qattiq yoqilg‘i chang yoki mayda yoqilganida ham kul va shlak hosil bо‘ladi. Tutun gazlariga nisbatan kul va shlakning uchuvchanligi kam bо‘lganligidan ular chо‘kindi sifatida о‘txona ostiga tushadi. Kulning о‘ta mayda zarralari kultutkich 21 da ushlanib qolinadi va suvli maxsus ariqchada oqizilib, kul va shlak bо‘tqasini haydovchi nasos stansiyasi 26 yordamida qozon qurilmasidan chiqariladi. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling