Kuch transformatorlarini tanlash Reja: Podstansiyalar
Download 32.85 Kb.
|
1 2
Bog'liqЛ1
Kuch transformatorlarini tanlash Reja: 1. Podstansiyalar. 2. Transformatorlarni tanlash. Tayanch iboralar: sxema, podstansiya, KTP, transformator, kommutatsiya, kommutatsiya apparati, ish rejimi, sovutish, yuklanish. Podstansiyalar. Podstansiyalarning qo‘llanilishi va klassifikatsiyasi. Podstansiyalar deb-transformatorlar yoki boshqa turdagi elektr energiya o‘zgartkichlari,1000 Vgacha va undan yuqori kuchlanishli bo‘lgan taqsimlash qurilmaaridan tashkil topgan va elektr energiyani o‘zgartirish hamda taqsimlash uchun mo‘ljallangan qurilmaarga aytiladi.Podstansiyalar elektr energiyani qabul kilish,o‘zgartirish va taqsimlash uchun xizmat qiladi. Ular elektr ta’minoti tizimining muhim zvenosi hisoblanadi. Podstansiyalar quyidagilarga bo‘linadi: a. Tugunli taqsimlovchi podstansiyalar TTP( URP) kuchlanishi 110-500kV b. Bosh pasaytirgich podstansiyalar BPP (GPP), kuchlanishi 110-220/6-10 v. CHukur kirib boruvchi podstansiyalar CHKBP (PGV) kuchlanishi g. Taqsimlovchi punktlar(TP-RP)kuchlanishi 6-10kv d. Sex tarnsformator podstansiyalari, STP kuchlanish 6-10/038-66 6-10kVli podstansiyalarning kirish va chikib ketish liniyalari asosan kabellar orkali bajariladi.35-220kVli podstansiyalar havoda elektr uzatish liniyalari orkali bajariladi. Transformatrlarning chulg‘amini ulanish sxemasi bo‘yicha uch fazali hamda ikki chulg‘amli va uch chulg‘amli bo‘ladi.SHuningdek ikkilamchi kuchlanish chulg‘ami ikkilangan bo‘ladi.Ikkilangan ikkilamchi chulg‘amlarning har biri transformatorning umumiy quvvatini 50%ni tashkil etadi va ular elektr qurilmaarda kuchlanishni tebranishini kamaytiradi. Ikkilangan chulg‘amlar Qisqa tutashish tokini oshirish uchun parallel ulanadi. Kuchlanish 110/35/6/10 kV bo‘lgan uch chulg‘amli kuch transformatorlar bosh pasaytirgich podstnatsiyalarda o‘rnatilib,o‘rta quvvatli korxona iste’molchilari uzokrokda joylashganda ularni 35kV kuchlanish bilan ta’minlashda ishlatiladi. Yirik TTP URP larda asosan avtotransportlar qo‘llanilishi kerak. Ularni kuchlanishlari esa 330/220; 330/110; 220/110; 500/220kV bo‘ladi. Transformatsiyasi 500/220kV bo‘lgan TTP larda quvvati 120,240 yoki 400 MVa li avtotransformatorlarni ko‘llash tavsiya etiladi. Transformatorlarni sovitish kuruk va moyli bo‘ladi.Kurik tarnsformatorlar quvvati 160-1600 kVa kilib,tayyorlanadi va ular moyli transformatorlarga nisbatan 2.5-2.9 marta kimmatdir.Ularning birlamchi kuchlanish 10kVdan oshmaydi.Moyli tansformatorlar hamma quvvatli va kuchlanishli kilib tayyorlanadi. Qisqa tutashish tokini cheklash va releli himoyani ishini yaxshilash uchun kuchlanishi 110kV ko‘p transformatorlar neytrali mahkam erga ulangan holda ishlaydi. Kuch transformatorlarining sonini sex trnansformator uchun tanlanganda toifasi,elektr ta’minoti ishonchliligi,yuklamani solishtirma zichligi,ishchi smenasi,sexning o‘lchamlari va boshqa ko‘rsatkichlar hisobga olinadi. Ikki transformatorli podstansiya quyidagi hollarda tavsiya etiladi. 1. Birinchi toifali elektr yuklamalar bo‘lsa. 2. muxim guruhli elektr iste’molchilar bo‘lganda 3. YAkka bo‘lak turgan ob’ektlarni elektr energiya bilan ta’minlashda(nasos va kompressor stansiyalar,gaz xo‘jaligi hamda boshqalar) 4.Yuqori solishtirma zichligi bo‘lgan yuklamalar(0.5-0.7 kVa/m)bo‘lganda. Bir transformatorli podstansiyalar kuchlanish 6-10kv 3-toifali ommaviy iste’molchilari bulganda, omborxonadagi zaxira transformatorni xisobga olib tanlanadi vabirinchi toifa 15-20% ni xisobga olinadi. Yirik korxonalarda iqtisodiy nuktai nazaridan zaxirada bitta umumiy transformator bo‘lganda tanlanadi. Transformatorlarni quvvatini tanlash uchun elektr yuklamalar grafiklarining grafiklari bo‘lishi kerak yoki bo‘lmasa maksimal va o‘rtacha kunlik yuklamani bilish hech bo‘lmaganda maksimal yuklamaning davomiyligi yig‘indisini bilish talab etiladi. Transformatorlarni quvvatini tanlashda ob’ektni tula hisobiy yuklamasidan kelib chikib, hamda yuklamani solishtirma zichligi va elektr energiyani bahosi hisobga yuklama olinadi. Download 32.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling