Kuchlanishli uzgichlarning
Download 263.78 Kb. Pdf ko'rish
|
yuqori-kuchlanishli-uzgichlarning-podstansiyalardagi-o-rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya.
- Kalit so’zlar
54 YUQORI KUCHLANISHLI UZGICHLARNING PODSTANSIYALARDAGI O’RNI Shamsiddinov Maqsudbek, Namangan muhandislik-qurilish instituti, Namangan, O'zbekiston E-mail: mahsudbek8868@gmail.com Annotatsiya. Maqolada xozirda podstantsiyalarda ishlab turgan kam moyli uzgichlarning ishlash printsiplari va texnik imkoniyatlari o’rganilgan va yangi zamonaviy texnik imkoniyatlari yuqori bo’lgan vakuumli uzgichlardan foydalanish samarali ekanligi bayon etilgan. Kalit so’zlar: energetika, elektrlashtirish, tarmoq, uzgichlar, podstantsiyalar, qisqa tutashuv toklari, kam moyli, vakumli. THE PLACE OF HIGH POWER CIRCUITS IN SUBSTATIONS Shamsiddinov Maqsudbek, Namangan Engineering and Construction Institute, Namangan, Uzbekistan E-mail: mahsudbek8868@gmail.com Abstract. The article examines the principles of operation and technical capabilities of low-oil circuit breakers currently operating in substations, and states that the use of new modern circuit breakers with high technical capacity is effective. Key words: power, electrification, networ k, circuit breakers, substations, short circuits, low oil, vacuum. Oxirgi o’n yilda mamlakatimiz aholisining elektr energiyasiga bo’lgan talabi qariyb o’n barobar oshdi. Biroq mavjud quvvatlarning texnik jihatdan eskirgani, xususan, suv-energetika resurslaridan samarali foydalanilmagani oqibatida elektr tokiga ortib borayotgan ehtiyojni uzluksiz ta’minlashda sezilarli muammolar yuzaga keldi shu sabali Respublikamizda energetikani rivojlantirish asosida iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohani elektr energiyasi bilan to’liq va sifatli ta’minlash bo’yicha katta miqyosda ishlar olib borilmoqda [1]. ПРЕДСТАВЛЕНИЕ НАУЧНОЙ РАБОТЫ ВЕСТНИК НАУКИ И ТВОРЧЕСТВА 55 Bugungi kunda yirik ishlab-chiqarish va ilmiy-texnik salohiyatga ega bo’lgan mamlakatimiz energetikasi butun xalq xo’jaligi kompleksining rivojlanishiga salmoqli tahsir ko’rsatib kelmoqda. Yalpi elektrlashtirish vatanimiz shaharlari va viloyatlarining ishlab chiqarishi va infratuzilmasini rivojlantirishga, xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarini industrial yuksaltirishga imkon berdi. Iqtisodiy islohotlar yillari mobaynida sohaning energetik korxonalari tomonidan har yili 60 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda, bu esa iqtisodiyot va aholining elektr energiyasiga bo’lgan talabini to’liq qondirmoqda [2]. Hozirgi kunda barcha energiya manbalarini energetik quvvatlarini oshirish vazifasi bilan birga ishlab chiqarilgan energiyani uzatish, taqsimlash va yetkazish ishlarida energiya yo’qolishlarini keskin kamaytirish vazifasi turibdi. Hozirda ishlab turgan aksariyat elektr tahminoti tizimi shu jumladan elektr tahminoti tizimining muxim kismi bulgan ularning bosh posaytiruvchi podstantsiyalari (BPP) yukori samara bilan ishlamaydi, ularda elektr energiya yukotishlar belgilangan mehyordan yukori va tez-tez avariya xolatlari sodir buladi. Bunga asosiy sabab podstantsiya qurilma va jixozlarini eskirganligi, montajini talabga javob bermasligi, korxonalarning ishlab chiqarish texnika va texnologiyalarini yuqori surhatlar bilan o’zgarishidir. Hozirgi zamon elektr energetikasi soxasining asosiy vazifalaridan biri yuqori samara bilan ishlaydigan va energiya tejamkor elektr tahminoti tizimini shakllantirishdir. Uzgichlar podstantsiyalarda asosiy kommutatsion apparat xisoblanib, ular liniyalarni istalgan rejimlarda uzib ulash va liniyalarni o’ta yuklanish va qisqa tutashuv toklaridan ximoyalash uchun xizmat qiladi. Qisqa tutashuv toklarini uzish va mavjud qisqa tutashuv toklariga ulash eng og’ir mahsuliyatli operatsiya xisoblanadi shulardan kelib chiqib Yuqori kuchlanish uzgichlariga quyidagi talablar qo’yiladi: – belgilangan kattalikdagi toklarni ishonchli uzish; – tez tahsir etish, yahni uzish vaqtining eng kichik bo’lishi; – avtomatik qayta ulash uchun yaroqligi, yahni uzgichni uzilgan zaxoti qayta tez ulash – kontaktlarni qarash va reviziya qilish qulayligi; – yong’in va portlashga xavfsizlik; – transportirovka qilish va ishlatishning qulayligi. Download 263.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling