Kuchlanishli uzgichlarning
Download 263.78 Kb. Pdf ko'rish
|
yuqori-kuchlanishli-uzgichlarning-podstansiyalardagi-o-rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vakuumli uzgichlar
Kam moyli uzgichlar xozirgi kunda barcha kuchlanishdagi ochiq va yopiq
taqsimlash qurilmalarida keng qo’llaniladi. Bu uzgichlarlarda moy asosan yoyni so’ndiruvchi sifatida ishlatilib, faqat ajralilgan kontaktlar orasida qisman izolyasiya muxiti bo’lib xizmat qiladi. Tok o’tkazuvchi qisimlar bir-biridan va yerga tutashtirilgan konstruktsiyalardan chinni yoki boshqa qattiq izolyasiyalovchi materiallar yordamida izolyatsiyalanadi. Xona ichiga o’rnatish uchun uzgichlarning kontaktlari po’lat bochkada joylashadi. Kam moyli uzgichlar chinni korpusga ega 6- 10 kV li osma tipdagi uzgichlar eng ko’p tarqalgan bo’lib bu uzgichlarda uchchala qutublar uchun krpus chinni izolyatorlarda umumiy ramkaga maxkamlanadi. Har bir qutubda kontaktlarning bitta uzilishi va yoy so’ndiruvchi kamera nazarda tutilgan [3]. ВЕСТНИК НАУКИ И ТВОРЧЕСТВА 56 Kam moyli uzgichlarning kamchiliklari: yong’in va portlashga xavfliligi, tez ishlovchi avtomatik qayta ulashni tashkil etib bo’lmasligi, moyni tez-tez nazorat qilib, uni almashtirib turish zarurligi, nisbatan kichik uzish qobiliyatiga egaligi. Vakuumli uzgichlar ochiq va yopiq taqsimlash qurilmalarida va komplekt taqsimlash qurilmalaring yacheykalarida qo’llaniladi va u yuradigan aravachaga montaj qilinadi. Bunday uzgichlar 2000 A li uzish tokiga mo’ljallangan. Manan eskirgan va zamonaviy tipdagi uzgichlarni texnik ‘arametrlari va ularga qo’yilgan talablar bo’yicha jadval Yoy so’ndiruvchi kameraning ish toki o’tadigan bosh kontaktlar bilin shuntlash vakuum uzgichlardagi nominal tokni ko’paytirish imkonini beradi. Bu holda yoy so’ndiriuvchi kamera zanjiriga faqat ulash va uzish operatsiyalaridagina ulanadi. Ma’lumki vakuum oraliqining elektr mustaxkamligi atmosfera bosimidagi xavo oralig’idan bir necha marta katta. Bu xususiyatdan vakuum yoy so’ndiruvchi kameralaridan foydalaniladi. Kontaktlar bir biridan ajralganda ularning kontakt yuzalari tez kamayadi shuning uchun tegib turgan nuqtada undan o’tayotgan tok xisobiga tem’eratura keskin ko’tarlilib erigan metaldan ko’pirikcha xosil bo’ladi. Bu ko’pirikcha juda qisqa vaqt ichida qiziydi va bug’lanadi. Metall bug’lari muxitida yoy yonadi. Kuchli vakuum ostida zaryadlangan zarrachalar atrofdagi bo’shliqqa tez difuzyalanadi. Taxminan 10 mks dan so’ng kontaktlar orasida vakumning mustaxkamligi tiklanadi [4]. Download 263.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling