Kuchli elektrolitlarning elektr o’tkazuvchanligi. Konduktometrik titrlash


Kislota-asos reakstiyalarida protoning bevosita roli ta’qidlanib, kislota va asos protolit deb, kislota – asos reakstiyasi esa protolitik reakstiya deb ataladi


Download 0.62 Mb.
bet5/6
Sana07.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1336696
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
portal.guldu.uz-KUCHLI ELEKTROLITLARNING ELEKTR O’TKAZUVCHANLIGI. KONDUKTOMETRIK TITRLASH.

Kislota-asos reakstiyalarida protoning bevosita roli ta’qidlanib, kislota va asos protolit deb, kislota – asos reakstiyasi esa protolitik reakstiya deb ataladi.

Erituvchilar kislota va asoslarga nisbatan olganda bir necha guruhlarga bo’linadi. O’z protonini oson beruvchi erituvchilar (suvsiz sirka kislota, chumoli kislota, sulfat kislota,) protogen erituvchilar deb, o’z molekulasiga protonini onson biriktirib oladigan erituvchilar (suyuq ammiakli, aminlar) protofil erituvchilar deb ataladi; proton berish va biriktirib olish xususiyati bo’lmagan erituvchilar (benzol, xlorbenzol va x.k.) aproton erituvchilar deb ataladi.Erituvchining xossasiga qarab, kislota va asoslarning ionlanishi turli erituvchida turlicha boradi. Biror modda bir erituvchida kislota, boshqa erituvchida esa asos bo’lishi mumkin. Lyuyisning umumlashgan kislota nazariyasi bo’yicha:

Asos erkin elektronlar jufti bir modda bo’lib, juft elektronlar boshqa atomning barqaror elektronlar gruppasini tashkil qilishda ishtirok etish mumkin. Masalan, ammiak shunday tuzilishga ega.

Kislota atomida barqaror elektronlar guruhini hosil qilish uchun boshqa atomning erkin juft elektronlaridan foydala oladigan moddalardir. Masalan, alyuminiy xlorid, bor (III) xloridlar shunday moddalarga kiradi.

Demak kislota juft elektronlar aksteptori, asoslar esa juft elektronlar donorlaridir. Neytrallanish reakstiyasida bu juft elektronlar hisobiga kovalent bog’lanish xosil bo’ladi:

Bu nazariyaga ko’ra, faqat protonli moddalargina emas, balki protonsiz – aproton moddalar ham kislota bo’la oladi. Ko’pchilik oraliq metallar galogenidlari kislotalardir, masalan: rux xlorid, alyuminiy xlorid, talliy xlorid, qalay xlorid va x.k.; bular Lyuis kislotalari ham deb yuritiladi.

Mavzu bo’yicha nazorat savollari.

Mavzu bo’yicha nazorat savollari.

1.Kuchli elektrolitlarni kuchsiz elektrolitlardan farqi qanday?

2.Elektr o’tkazuvchanlik koeffistienti nima va u elektr o’tkazuvchanliklar bilan qanday bog’langan?


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling