KUCHSIZ NITRAT KISLOTA ISHLAB CHIQARISH NAZARIYASI.
Reja.
1.Nitrat kislotasini fizik-kimeviy xususiyatlari va kullanilishi.
2.Nitrat kislotasi ishlab chikarish usullari.
3.Sintetik ammiakdan nitrat kislotasi ishlab chikarish.
1. NITRAT KISLOTASINI FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI VA QO‘LLANISHI.
Nitrat kislotasining kimyoviy formulasi NNO3 struktura formulasi
O
N-O-N , molekulyar og‘irligi 63 uglerod birligiga teng.
O
Suvsiz nitrat kislotasi solishtirma og‘irligi 1,52 g/sm3 (288 K) ga teng, rangsiz, havoda tutaydigan suyuqlikdir. U 232 K (-410S) da muzlaydi. (kristallanadi) va 359 K (Q860S) da qaynaydi. Qaynaganda qisman parchalanadi.
4NNO3 = 2H2O + 4NO2 + O2 - 259,7 kj (30.1.)
Ajralib chiayotgan NO2, kislotada erib uni sariq-qung‘ir rangga bo‘yaydi (yutilgan NO2 ni miqdoriga qarab). Suv bilan NNO3 cheklanmagan miqdorda aralashadi va aksincha NNO3 ni suvdagi kuchsiz eritmasini bug‘latganda, u 68,4% NNO3 gacha suyuqlanadi va undan oshmaydi. CHunki bu vaqtda qaynash harorati 394,9 K ga teng bo‘lgan aziotropik aralashma (68,4 NNO3 Q31,6% N2O) ga erishilgan bo‘ladi.
Nitrat kislotasi kuchli oksidlovchidir. Quyuq azot kislotasi platina, rodiy, iridiy, tilladan tashqari barcha metallar bilan tegishli oksidlar paydo qiladi. Agarda bu oksidlar NNO3 da eriydigan bo‘lsa, shu tegishli metallarni nitratlari paydo qiladi. Kuzsiz temir NNO3 da temir yaxshi eriydi. Ammo quyuq NNO3 temir yuzasida yupqa, lekin zich, quyuq kislotada eriydigan parda hosil qiladi va bu parda metallni bundan keyingi yoyilishidan saqlab qoladi. Laboratoriyalarda zichligi 1,4 g/sm3 bo‘lgan 65% NNO3, sanoatda esa ikki xil navli NNO3 ishlatiladi: 50-60% NNO3 va quyuqlashgan 96-98% li NNO3 nitrat kislotasi asosan mineral o‘g‘itlar nitrat tuzlar, portlovchi moddalar, bo‘yoqlar va boshqa moddalar olishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |