Hamma : Biz bilimli bolalar
Aqli raso donolar
Mayli sinab ko`ringiz
Bilimimiz kuchini
Matematika ;
oppoq tovuq don cho’qir
Suv ichadi qorasi
Nechta tovuq bo`ladi
Qo`shilganda olasi
Qorbobo; Bular juda bilimli bolajonlar ekan .Mening ham esimga bir topishmoq tushdi men ham yana bir bor sinab ko`ray Boshlovchi : Mayli bobojon
suvda suzar 10 ta g`oz
Uchib ketti beshtasi
o`ylab beringlar javob
suvda qoldi nechtasi
Qorbobo : .Barakallo, bilag’onlar bolajonlar ekansiz?
Matematika :Barakallo bolalar aqli raso donolar .
So`ylang menga birin ketin
Raqamlarni jonlantiring
0 (nol): 0.A Sabrina
Juda ham puch emasman,
O’ylagandek ba’zilar.
O’tsam sonlar ortiga,
Kuchim yaqqol sezilar.
1 (bir): 1.Dilnoza
Noldan keyin turaman,
Chizg’ichinga qarab boq.
Sonlar ichra doimo,
Birinchiman ey o’rtoq.
2 (ikki): 2. Jahongir
Qomatimni ko’rganlar,
Qiyos etar oqqushlar.
Mendan dir – dir titraydi,
Ixlosi yo’q o’qishga.
3 (uch): 3.Sevinch
Bilimingni baholab,
Noiloj qoniqaman.
Qachon o’tar to’rtga deb,
Ko’z tutib toliqaman.
4 (to’rt): 4.Aziz
To’nkarilgan stulga,
O’xshaydi ko’rinishim.
Otim yaxshi to’rtta harf,
Besh mening yaqin do’stim.
5 (besh): 5.Aziza
Rassom chizar o‘xshatib,
Yuk ko’targich ilmoqqa.
Men muallim sovg’asi,
Bilimdon har o’rtoqqa.
6 (olti): 6.Sohib
Koptok misol qornimni,
Soyabonga olaman.
Bir, ikki uch o’zimga,
Teng bo’lina qolaman.
7 (yetti): 7.Ruxshona
Peshonamda soyabon,
Boglaganman belimni.
O’xshatib yozmang birga,
O’zgartirib nomimni.
8 (sakkiz): 8.Sanjana
Eng mustahkam zanjirday,
Qo’sh halqaman mustahkam.
O’zgarmay qiymat shaklim,
Teskari qo’ysangiz ham.
9 (to’qqiz): 9.JSabrin
Shaklim o’xshar vergulga,
Oltiga qarindoshman.
Bir xonali sonlarga,
Hozirdan karvonboshma
10 (o’n): 10. Anvar
Qo’shni bo’lib ko’paydik,
O’n hissaga bir va nol.
Hisoblaymiz sanaymiz,
Berib doim qo’lga qo’l
Do'stlaringiz bilan baham: |