Kun oy 2020-yil. Mavzu: Zardushtiylik dini Darsning maqsadi: Talimiy maqsad


Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompententatsiyasi


Download 282 Kb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi282 Kb.
#209399
1   2
Bog'liq
Zardushtiylik dars ishlanma

Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompententatsiyasi

Tarixiy kichik hikoyalar tuza oladi,tarixiy joylarni xaritadan ko’rsata oladi.


Dars turi: Yangi bilim beruvchi,

Dars usuli: suhbat,savol-javob,

Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar,xaritalar.

Darsning borishi:


I

Tashkiliy qism

3 daqiqa

II

Uy vazifasini takrorlash

12 daqiqa

III

Yangi mavzuni ro’yobga chiqarish ustida ishlash

13 daqiqa

IV

O’tilgan mavzuni mustahlamlash

12 daqiqa

V

Dars yakunlarini chiqarish

3 daqiqa

VI

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism:o’quvchilarni darsga jalb qila olish,sinfda ishchi muhitni yaratish

II.Uy vazifasini takrorlash:sinf to’rt guruhga bo’linadi,mavzuga oid savollar beriladi
1-guruhga:O’zbekiston qadimgi aholisining etnik tarkibi va hududiy joylashuvi

2-guruhga: O’zbekiston qadimgi davlatlari haqida ma’lumot berish

3-guruhga:Qadimgi shaharlar madaniyati

4-guruhga:Sak guruhlari haqida malumot
III. Yangi mavzuni ro’yobga chiqarish ustida ishlash:

Yangi mavzu bayoni quyidagi reja asosida kichik maruza shaklida (aqliy hujum asosida) tushintiriladi


Mavzu rejasi:

1.Zardushtiylikning vujudga kelishi

2.Zardushtiylikning tarqalishi

3.Zardushtiylik dinining xudolari



4.Zardushtiylik marosimlari

Yangi mavzu bayoni: Miloddan avvalgi I mingyillikda O’rta Osiyoda Zardushtlyllk deb atalgan din keng tarqaldi. Bu din hali odamlar tabiatini ilohiylashtirgan kezlarda kurtak yoza boshlagan edi. Zardushtiylar olov (Quyosh), tuproq, suv, oу, yulduzlarga sig’inishgan, ularni muqaddas hisoblashgan. "Zardushtiylik" so’zi ham Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan kelib chiqqan. Keyinroq Yunonistonda payg’ambar Zardushtning ismi "Zoroastr" shaklida jarangladi (yunoncha "astron" - "yulduz" so’zidan), negaki Yunonistonda uni birinchi galda donishmand yulduzshunos munajjim sifatida bilishar edi. Zardushtning ismidan kelib chiqqan holda uning ta’limoti ham zardushtiylik dini deb yuritila boshladi. Zardushtiylik tarqala boshlagan kezlarda ibodatxonalar ham, odamlar duo matnlarini o’rganishi uchun maxsus kitoblar ham bo’lmagan. Diniy marosimlar ochiq osmon ostida, gulxan qarshisida yoki uydagi o’choq olovi atrofida o’tkazilgan, Zardushtning so’nggi va’zlari din xizmatchilari bo’lmish kohinlar tomonidan yozib olingan. Zardushtiylik kohinlari diniy matnlarni yod olib, dindorlarga o’qib berar edilar. Zardusht vafotidan keyin bir necha asrlar o’tgach, barcha diniy marosimlar, madhiyalar va duolar zardushtiylar uchun muqaddas bo’lgan bir kitobga jamlandi. Bu kitobning nomi "Avesto" Bo’lib, "qat’iy belgilangan qonun-qoidalar" degan ma’noni anglatadi. Zardushtiylikning zo’r ehtiromga sazovor xudolari Ahuramazda, Mitra va Anaxitadir. Ahuramazda zardushtiylarning ulug’ va donishmand oliу xudosi hisoblanadi. Mitra - Quyosh va yorug’lik xudosi, dehqonlar va сhorvadorlarning hosildorlik, farovonlik va mol-davlat bag’ishlovchi homiysidir. Mitra Ahuramazda va odamlar o’rtasida bosh vositachi bo’lgan. Mitra o’spirin va jangchi qiyofasida tasvirlangan. O’tli chaqmoqlar yordamida u yovuzlik va o’lim xudosi bo’lmish Ahriman bilan jang qiladi. Yomg’irdan keyin hosil bo’ladigan kamalak Mitraning o’q uzayotganyoyidek egilgandir. Anaxita zardushtiylikda hosildorlik va suv ilohasi hisoblangan. Zardushtiylik dini ta’limoti insoniyatning Ezgulik va Yovuzlik haqidagi dualistic qarashlari takomiliga katta ta’sir ko’rsatdi.

Darsda ko’rgazmali rasmlardan foydalanish:

AHURAMAZDA ZARDUSHT



ZARDUSHTIYLIK KOHINI OSSUARIY


AHURAMAZDANING PERSAPOLDAGI TASVIRI



IV.O’tilgan mavzuni mustahlamlash:3ta jadvalli test orqali mavzu mustahkamlanadi.

1.Quyidagi atamalarni ularni izohi bilan muvofiqlashtiring.?



1

Astron

A

Qa’tiy belgilangan qonunlar

2

Avesto

B

Ezgu amallar haqida xabar beruvchi

3

Ossuariy

C

Yulduz

4

Payg’ambar

D

Suyakdon

1)1-C, 2-A, 3-D, 4-B

2.Zardushtiylik dini xudolarini mazmuni bilan muvofiqlashtiring.?



1

Axriman

A

Suv va hosildorlik xudosi

2

Ahuramazda

B

Ezgulik xudosi

3

Anaxita

C

Yovuzlik xudosi

4

Mitra

D

Quyosh xudosi

2)1-C, 2-B, 3-A, 4-D

3.Quyidagi tushunchalarni ularni mazmuni bilan muvofiqlashtiring.?



1

Zand

A

“Avesto” matnlarini tarjima qilgan

2

Zardushtiylikdagi yovuzlik

B

Yomg’irdan keying kamalak

3

Mitra kamoni timsoli

C

O’lim

4

Dyupperon

D

“Avesto”matnlariga sharh

3)1-D, 2-C, 3-B, 4-A
V.Dars yakunlarini chiqarish.

Faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirib baholarini e’lon qilish.


VI.Uyga vazifa:

Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash,darslikdagi “O’zingizni sinang” ruknini daftarga ko’chirib kelish,darslikdagi mavzuga tegishli bo’lgan rasmlardan matn tuzish.
Download 282 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling