Kun tartibi: Atom, yadro va elementar zarralar fizikasi fanidan fanidan kurs ishi himoyasi
Download 36 Kb.
|
bayonnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- SO`ZGA CHIQDILAR
- Ko’rilgan masala yuzasidan QAROR QILINDI
Farg`ona davlat universiteti, Fizika-texnika fakulteti, Fizika kafedrasining 2023-yil 2-iyundagi navbatdan tashqari yig`ilishining bayonnomasidan KO`CHIRMA QATNASHDILAR: Kafedra professor-o’qituvchilari. KUN TARTIBI: Atom, yadro va elementar zarralar fizikasi fanidan fanidan kurs ishi himoyasi 1.1.14. 3-kurs 20.10 guruh talabasi Nosirov Kamoliddin Xusnutdin o‘g‘lining Atom, yadro va elementar zarralar fizikasi fanidan kurs ishini qabul qilish bo`yicha ishchi guruhga taqdim etayotgan “Og‘ir zaryadlangan zarrachalarning modda bilan kulon o‘zaro ta’sirlashuv tabiati. Bete-Blox formulasi” mavzuli kurs ishi himoya qilish uchun tavsiya etish masalasi. SO`ZGA CHIQDILAR: Fizika kafedrasining mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor K.Onarqulov kafedrada 2023-yil 1-iyungacha muddatda fizika yo`nalishi uchinchi kurs 20.10-20.11-20.12-20.13-20.13A va 20.14r guruhlar talabalari kurs ishlarini himoyasiga tayyorligi masalasi tahlil etilganligi to`g`risida gapirdi. Kurs ishlarining tayyorgarlik holati: taqriz hamda rahbarining xulosalari to`liq rasmiylashtirilgan kurs ishlari himoya uchun tavsiya etiladi. Kurs ishlarining dastlabki himoyasida talabalarga kurs ishlarni rasmiylashtirishdagi ayrim kamchiliklarni bartaraf qilish, buning uchun kurs ishlari va tegishli hujjatlarini yana bir nazoratdan o`tkazish zarurligi aytildi. Talabalarning kurs ishlarining bajarilishi xususida kurs ishi rahbari, o`qituvchi V.Rasulov so`zga chiqib quyidagilarga to`xtalib o`tdi. Nosirov Kamoliddinni kurs ishlarini qabul qilish bo`yicha ishchi guruhga taqdim etayotgan “Og‘ir zaryadlangan zarrachalarning modda bilan kulon o‘zaro ta’sirlashuv tabiati. Bete-Blox formulasi” mavzuli kurs ishi mustaqil tarzda bajarilgan bo`lib, kurs ishi kirish qismi 2 bob, xulosa qismi, foydalangan adabiyotlar, internet ma’lumotlaridan iborat bo`lib, kurs ishining 1 – bobida Yadroning bo‘linish reaksiyasi haqida umumiy ma’lumot berilgan, 2 – bobida Yadroviy nurlanishning moddalar bilan o‘zaro ta’siri haqida ma’lumot berilgan. Ko’rilgan masala yuzasidan QAROR QILINDI: 1. Fizika kafedrasining mudiri professor K.Onarqulovning takliflari ma’qullansin. 2. Kurs ishi rahbari, o`qituvchi V.Rasulov va muhokamaga chiqqan kafedra a’zolarining fikrlari bo`yicha 20.10-guruh talabasi Nosirov Kamoliddin Xusnutdin o‘g‘lining “Og‘ir zaryadlangan zarrachalarning modda bilan kulon o‘zaro ta’sirlashuv tabiati. Bete-Blox formulasi” mavzuli kurs ishi ximoyaga tavsiya etilsin. Kafedra mudiri K.Onarqulov Download 36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling