Kun tartibi: O‘quv adabiyotlarini tasdiqlash


Download 20.38 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi20.38 Kb.
#1002518
Bog'liq
НГ қудуқ синаш НГ қаз инноват


Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Kengashining 3-sonli qaroridan


KO‘CHIRMA

29-oktiyabr, 2022 yil Qarshi shahri


Kun tartibi:


_._. O‘quv adabiyotlarini tasdiqlash


Tinglandi: O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.A.Eshonqulov Kengash a’zolarini “Neft va gaz ishi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, dotsentlar B.Yu.Nomozov, A.I.Abdirazakov va katta o’qituvchilar O.Q.Ibotov, Z.A.Mavlanovlar tomonidan 5311900-“Neft va gaz ishi (Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Neft va gaz quduqlarini sinash” fanidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanma bilan Kengash a’zolarini tanishtirdi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma lotin alifbosida yozilgan bo‘lib, boshqa adabiyotlardan ko‘chirilmagan va xorijiy davlatlar adabiyotlaridagi yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan hamda zamonaviy adabiyotlarni yaratish talablari asosida yozilgan bo‘lib, 209 betdan iborat.
O‘quv qo‘llanma “Neft va gaz ishi” kafedrasi (№6, 17.10.2022 y), “Neft va gaz” fakulteti uslubiy komissiyasi (№3, 19.10.2022 y.) va institut Uslubiy kengashi (№3, 29.10.2022 y) yig‘ilishlarida atroflicha muhokama qilingan.
O‘quv qo‘llanmaga “Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi mudiri dotsenti E.A.Raxmatov va Shurtan neft gaz qazib chiqarish bosh boshqarmasi yetakchi geologi X.B.Xushvaqtovlar tomonidan berilgan ijobiy taqrizlar berilgan.
Ushbu masala yuzasidan Kengash
Qaror qiladi:

1.Mualliflar dotsentlar B.Yu.Nomozov, A.I.Abdirazakov va katta o’qituvchilar O.Q.Ibotov, Z.A.Mavlanovlar tomonidan 5311900-“Neft va gaz ishi (Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Neft va gaz quduqlarini sinash” fanidan tayyorlangan “Neft va gaz quduqlarini sinash” nomli o‘quv qo‘llanma ma’qullansin va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazi muhokamasiga tavsiya etilsin.


Kengash raisi O.Sh.Bazarov


Ilmiy kotib N.M.Boymuradova


Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Kengashining 4-sonli qaroridan


KO‘CHIRMA

30-noyabr, 2022 yil Qarshi shahri


Kun tartibi:


6.5. O‘quv adabiyotlarini tasdiqlash


Tinglandi: O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.A.Eshonqulov Kengash a’zolarini “Neft va gaz ishi” kafedrasi dotsenti A.I.Abdirazakov tomonidan 5311900-“Neft va gaz ishi (Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Neft va gaz qazib chiqarishning innovatsion texnologiyalari” fanidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanma bilan Kengash a’zolarini tanishtirdi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma lotin alifbosida yozilgan bo‘lib, boshqa adabiyotlardan ko‘chirilmagan va xorijiy davlatlar adabiyotlaridagi yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan hamda zamonaviy adabiyotlarni yaratish talablari asosida yozilgan bo‘lib, 263 betdan iborat.
O‘quv qo‘llanma “Neft va gaz ishi” kafedrasi (№7, 22.10.2022y), “Neft va gaz” fakulteti uslubiy komissiyasi (№4, 24.11.2022 y.) va institut Uslubiy kengashi (№4, 30.11.2022 y) yig‘ilishlarida atroflicha muhokama qilingan.
O‘quv qo‘llanmaga “Gidravlika va gidroinshoatlar” kafedrasi mudiri t.f.d. professor S.S.Eshеv va “Gissarneftgaz” QK MChJ “Neft gaz qazib chiqarish konlarini ishlatish” bo‘lim boshlig‘I A.A. Abdulxaevlar tomonidan berilgan ijobiy taqrizlar berilgan.
Ushbu masala yuzasidan Kengash
Qaror qiladi:

1. “Neft va gaz ishi” kafedrasi dotsenti A.I.Abdirazakov tomonidan 5311900-“Neft va gaz ishi (Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Neft va gaz qazib chiqarishning innovatsion texnologiyalari” fanidan tayyorlangan “Neft va gaz qazib chiqarishning innovatsion texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma ma’qullansin va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazi muhokamasiga tavsiya etilsin.


Kengash raisi O.Sh.Bazarov


Ilmiy kotib N.M.Boymuradova
Download 20.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling