Kun tartibi


Download 20.43 Kb.
bet3/3
Sana19.10.2023
Hajmi20.43 Kb.
#1709629
1   2   3
Bog'liq
manaviyat soati

Direktor: N.Jumaniyazova.
Amudaryo tumani MTBga qarashli № 16-sonli Maktabgacha ta’lim tashkiloti Ma’naviyat soati
BAYONNOMASI 46
CHoyko’l “OFY” 18.11.2022
Yig’ilish raisi: N.Jumaniyazova.
Kotibi: S.Artikova
Qatnashdilar: MTTning barcha pedagog hodimlari
KUN TARTIBI:

  • 1-dekabr Butun jahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Oz hayotingni asra”:

MTTmizda 1- dekabr Butun jahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “ O’z hayotingni asra” shiori ostida ma’naviyat soati o’tkazildi. OITS o’z nima?, u qanday kasallik kabi savollarga MTT hamshirasi Davlatbika javob berildi. OITS (orttirilgan immun tanqisligi sindromi) – OITV (odam immun tanqisligi virusi) tomonidan chaqiriladigan kasallik. Kasallik inson immun tizimini o‘zgartiradi, infeksion va boshqa kasalliklarga sezuvchanlikni oshiradi. Agar bu sindrom rivojlansa, sezuvchanlik yanada oshadi. OITV virusi odamning barcha to‘qimalarida uchraydi, zararlangan odamning organizmiga ichki suyuqliklari orqali yuqadi. Masalan, sperma, qin ajralmasi, qon va ko‘krak suti orqali tarqalishi aniqlangan. OITV — OITSning rivojlanishi sababidir. Ba'zi hollarda esa virus bilan zararlangan odamlarda OITS rivojlanmasligi mumkin. OITS ko‘p hollarda OITVni o‘z vaqtida davolamaslik natijasida yuzaga keladi. OITV asosan 3 yo‘l bilan: onadan bolaga, qon va jinsiy aloqa orqali yuqadi. Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni 1988 yildan beri har yili 1 dekabrda OITV infeksiyasi tarqalishi natijasida yuzaga kelgan OITS pandemiyasidan xabardorlikni oshirish va kasallikdan vafot etganlarning xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro kundir. Bu kunni belgilash g‘oyasi birinchi marta 1987 yil avgust oyida Jyeneva (Shveytsariya)dagi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining OITS bo‘yicha global dasturining ikki jamoatchi axborot xodimi Jyeyms Bunn va Tomas Netter tomonidan o‘ylab topilgan. Bu kunning maqsadi OITSdan aziyat chekayotganlar hayotini yaxshilash va o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan virusni yo‘q qilish bo‘yicha keyingi tadqiqotlarga yordam berishdir.

Direktor: N.Jumaniyazova.
Download 20.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling