Kun tartibidagi masala


Kun tartibidagi masalalar yuzasidan kengash qaror qiladi


Download 25.47 Kb.
bet3/6
Sana14.02.2023
Hajmi25.47 Kb.
#1198040
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sinf rahbarlar uchun majlis bayonnomalari-2022

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan kengash qaror qiladi.

  1. Ma’ruzachilarning fikr va muloxazalari ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Voyaga yetmaganlar o’rtasida masjid va xujralarda noqonuniy bili olishlariga yo’l qo’ymaslik to’g’risida tushuntrish ishlari olib borish sinfn rahbariga yuklatilsin.

  3. Erta turmushga berishning salbiy xolatlari xaqida ota-onalar o’rtasida muntazam tushuntrish ishlari olib borilsin.

Sinf rahbari: _______________________

Qarshi Davlat 1-ixtisoslashtirilgan -umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazilgan


YIG’ILISH BAYONI
2022 yil ___ __________ Qarliqxona QFY
Qatnashdi: ___ “____” ____ nafar o’quvchilar
Kun tartibida:


1. Odam savdosiga qarshi kurashish
Yig’ilishni sinf rahbari _______________________ kirish so’zi bilan ochib, kun tartibidagi masala bilan yig’ilish ishtirokchilarini tanishtirib, o’z fikr muloxazalarini bildirib hozirgi axborot almashinuvining globallashuvi davrida jamiyatimiz xususan yoshlarimiz ongi va qalbida bo’shliqlar paydo bo’lishiga yo’l qoymaslik, bunday bo’shliqlar paydo bo’lganda uni o’zlarining zararli g’oya va mafkuraviy qarashlari bilan to’ldirishga intiluvchi tajavuzkor kuchlar borligi haqida so’z yuritdi. Yoshlarimiz ongini milliy istiqlol mafkurasining bunyodkor g’oyalari bilan to’ldirish, ularni Vatan ravnaqi uchun safarbar qilishga xarakat qilish lozimligini uqtirib o’tdi. Shundan so’ng so’zni Baxmal tumani Prokuror yordamchisi-D.Quvvatovga berdi.
Maktab psixologi ________________so’zga chiqib u o’z so’zida hozirgi kunda odam savdosi davr muammosiga aylanib borayotgani barchamizga ma’lum. Odam savdosi hozirda global xavfsizlik, jamiyatning barqarorligi hamda jahon hamjamiyatiga tahdid solayotgan jinoyat deb baholanayotganligini mamlakatimiz fuqarolari ayrim odam savdosi bilan shug`ullanuvchi shaxslar tomonidan aldanib qolib, o’z yurtidan yiroqlarga ketib, oilasi farzandlarini qarovsiz qolishiga sabab bo’lmoqda. Xususan, maktabda odam savdosiga qarshi kurashish sohasiga ham dolzarb masala sifatida qaralib, “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qonuni targ’iboti yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilganligini o’quvchilar o’rtasida odam savdosi bo`yicha videofilmlar namoyish etib borilganligini haqida gapirib o`tdi.
Axborot uchun so`z maktab kasaba uyushmasi raisi ___________________ ga berildi. U o’z so’zida hozirgi vaqtda odam savdosi o'ta murakkab va ijtimoiy xavfli hodisa tusini olgan bo'lib, u tomonidan yetkazilayotgan zararni amalda hisobga olish imkoniyati yo'qdir. Bu esa turli xil jinoyatlarni sodir etilishiga turtki bo'lib, jamiyatni moddiy texnik, intellektual salohiyatini pasaytiradi, uning genofondini buzadi. Odamlar savdosi - bugungi kunda eng katta muammolardan biri ekanligini o’quvchilarning ichida otasi yoki yaqinlari chet mamalakatlarga ketganligini, ularni har chorakda hulqi, o’zlashtirishi, sinf rahbarlar va maktab ma’muriyati tomonidan nazoratga olinganligi, bu o’quvchilarning oilalari ijtimoiy holati doimo o’rganib borilganligini gapirib o’tdi.
Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari _____________________ so`zga chiqib, jinoyatlarga qarshi qurashish va uni oldini olish, uning salbiy oqibatlari to’g’risida o’quvchilar o’rtasida keng ko’lamli targ’ibot - tashviqot ishlarini olib borish maqsadida maktabda odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha ma’naviy - marifiy tadbirlar amalga oshirildi. Ushbu tadbirlarda 600 nafardan ziyod maktab o’quvchi yoshlar ishtirok etganliklarini ta’kidladi.



Download 25.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling