Kunga yangicha nazar


Download 85.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana03.06.2024
Hajmi85.25 Kb.
#1842219
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
san-at-va-madaniyat-sahosidagi-islohotlar-bilan-ertangi-kunga-yangicha-nazar

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 664
“Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-
odatlari va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. 
Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy
yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi. Ajdodlarimiz
tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq
og’zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz muzeylarida
saqlanayotgan ming-minglab qo’lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot,
san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, menarologiya, kimyo,
astronomiya, me’morlik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar
bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq
dunyoda kamdan-kam topiladi”. 
Mustaqillik yillaridan boshlab milliy madaniyatni rivojlantirish, yangi
O’zbekistonning yangi tarixini yaratish, moddiy va nomoddiy madaniy meros
durdonalarini saqlash va targ’ib etish, xalq og’zaki ijodiyoti va havaskorlik
san’atini yanada ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol
integratsiyalashuvini ta’minlash, madaniyat va san’at sohasini inovatsion
rivojlantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.Aholi,
xususan, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va 
umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu
asosida ma’naviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, yosh iste’dod egalarining
qobiliyati va salohiyatini ro’yobga chiqarish borasida keng ko’lamli ishlar olib
borilmoqda.
Shu bilan birga madaniyat va san’at sohasini boshqarishda eskicha usullar
saqlanib qolayotgani, mavjud muammolarni hal etish bo’yicha kompleks
yondashuvning yetishmasligi, madaniyat muassalarining faoliyatini tashkil etish, 
aholiga madaniy xizmat ko’rsatishda oqsoqlikka yo’l qo’yilayotgani, aksariyat
joylarda madaniyat va san’at maskanlarining moddiy-texnik bazasi bugungi kun
talablariga javob bermasligini qayd etish zarur. Mamlakatimizni yangilash va
modernizatsiya qilishning bugungi yangi bosqichida madaniyat va san’atning
hayotimizdagi o’rni va ahamiyatini oshirish, yosh avlodimizni milliy va
umuminsoniy qadriyatlar, ona yurtga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash
maqsadida O’zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini yanada
rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha 2017-2021- yillarga mo’ljallangan chora-
tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Jumladan, muzeylar va teatrlar faoliyatini
takomillashtirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan
kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Moddiy- madaniy meros va
arxeologiya obyektlarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish
mexanizmlari yanada takomillashtirilmoqda.



Download 85.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling