Kunga yangicha nazar
Download 85.25 Kb. Pdf ko'rish
|
san-at-va-madaniyat-sahosidagi-islohotlar-bilan-ertangi-kunga-yangicha-nazar
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 665 “Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarimizning samaradorligi, avvalo, xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o’rganilishi, an’ana va urf-odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji, eng muhimi, jamiyat tafakkurining o’zgarishi va yuksalishi bilan uzviy bog’liqdir”. Kun sayin san’at va madaniyat sohasining bizning ong-u shuurimizga yanada kuchliroq kirib borayotganligi ham bu sohada amalga oshirilishi kerak bo’lgan islohotlar ko’lamining kengayishiga zamin yaratmoqda. Shu sababli ham O’zbekistonning yuksak madaniyati va san’atini xalqaro maydonda keng targ’ib qilish, xalqaro ko’rik-tanlov va festivallarda mamlakatimiz vakillarining ishtirokini kuchaytirish, Samarqand shahrida o’tkaziladigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali nufuzini yanada oshirish, boshqa turli tadbirlarda chet ellik madaniyat va san’at namoyondalari keng qatnashishlarini ta’minlash, xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanish uchun barcha zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevta’biri bilan aytganda, mamlakatimizda madaniyat va san’at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi. Qolaversa, taraqqiyotning chinakam samarasi boylik yoki kuch-qudrat darajasi bilan emas, balki milliy madaniyatning naqadar yuksaklikka ko’tarilgani bilan o’lchanishi xususida tarixiy misollar ko’p. Masalan, ingliz san’atshunos olimi F.R.Martin “Temuriylar singari san’at va madaniyatini qadrlaydigan hukmdorlar Markaziy Osiyoda hech vaqt bo’lmagan”,- deb yozadi. Shu ma’noda davlatimiz rahbarining milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir tashabbusi tafakkkur tarzimiz, hayotga munosabatimiz, millat va xalqning buguni, ertasini, navqiron avlod ma’naviy kamolotini, odamlarimizning nurli kelajagini yaratishga qaratilgan ishlarimizning tub ildizlarini ham o’z ichiga qamrab oladi, desak yanglishmagan bo’lamiz.Shunindek, 2017-yil 3-avgust kuni Yurtboshimiz mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan o’tkazgan uchrashuvlarida quyidagi fikrlarni ta’kidlab o’tgan edilar: “O’zbekistonda adabiyot va sa’at, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, manaviyat va ma’rifat biznesga aylanmasligi shart va biz bunga hech qachon yo’l qo’ymaymiz. Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor, havas qilsa arziydigan ulug’ ajdodlarmiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor va men ishonaman, nasib etsa havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san’atimiz ham, albatta, bo’ladi”. Ming afsuslar bo’lsinki, hozirgi kunda madaniyat va san’at ahlida faollik, yangi- yangi ijodiy g’oya va tashabbuslar bilan yashash, izlanish ruhi yetishmayotganligini his qilyapmiz. Atrofimizdagi ijodiy muhitni kuzatsak, u qandaydir turg’unlikka tushib, bir joyda depsinib turganday, ko’pchilik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling