Kurakli konveyr yigish


Ta'mirlashda quyidagilar taqiqlanadi


Download 85.64 Kb.
bet9/9
Sana29.03.2023
Hajmi85.64 Kb.
#1308588
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
shpargalka

Ta'mirlashda quyidagilar taqiqlanadi:
-nosoz moslama, qurilma va instrumentlarni qo‘llash;
-rotor g‘ildiragi ichida, ekskavatorni aylanish mexanizmi oldida, va tormozlash kolodkalarini oldida turish;
-uchlari ulanmagan roliklarda turgan konveyer tasmasida turish;
-gusenitsalarning ulanmagan zvenolarini nazoratsiz qoldirish, kanatlarni zaxira qismini qisqichsiz qoldirish;
-ustunlarga tirab temir tunikalarni, vallarni prokat va boshka o‘z og‘irligi bilan, shamol yoki kuchli siltashlar ta'sirida harakatlanib va tushib ketishi mumkin bo‘lgan detallarni qoldirish.
Konveyerlarni turnodozer bilan siljitish jarayonida quyidagilar man etiladi:
- shpal panjarasida, relsda, turnodozer relsni ushlaydigan moslamasida turish;
- traktor yurib turgan vaqtda relsni ushlovchi moslamani qisish yoki bo‘shatish;
- turnodozerning bosh qismiga egilib qarash va uni ko‘tarayotganda biror jarayonni bajarish;
- turnodozerning oldida yoki siljiyotgan konveyer stavi atrofida yurish;
- turnodozerning harakati vaqtida tasma yoki seksiyani tug‘rilash;
- rels ushlovchi turnodozerning bosh qismini, shpal panjarasini zaminga qo‘ymay turib o‘chirish.
Konveyerni sinovga tushirishdan oldin tasmadan hamma instrumentlarni olish, hamma ishlar to‘xtatilganligini tekshirish, tasmani, kabelni shikastlanganligini tekshirish kerak. Konveyer liniyasini ishga tushirishdan oldin, albatta, tovushli signal va liniya bo‘ylab e'lon berilishi kerak.
Konveyerni sinash jarayonida quyidagilar man etiladi:
- harakatdagi tasmani qo‘l yordamida tartibga solish;
- tasmada ishchilarni, shpallarni, uskunalarni va asboblarni tashish;
- harakatdagi tasmani tozalash va tozalash qurilmalarini tartibga solish;
- harakatdagi tasma ostidagi sochilgan tog‘ jinsini tozalash.
Konveyerni xavfli qismlarini himoya g‘ovlari bilan o‘rash va yirik shriftlar bilan, yorug‘ ko‘rinadigan joyga kerakli simvol–belgilar tasvirlangan ogohlantiruvchi jadvallarga osib qo‘yilishi kerak.
Foydali qazilma qazib oluvchi kombaynlarni ishlatish jarayonida, xavfli vaziyatning asosiy manbalari: uning ishchi organi, ag‘darilishi va sirpanib ketishi, titrash hamda zanjirlarni uzilib ketishi, ko‘mir bo‘laklarini ishchi organidan otilib chiqishidir.Bunday vaziyatlarda quyidagi xavfsizlik choralari ko‘riladi:
- harakatdagi qismlarini qisman yoki butunlay xavfsizlik g‘ovlari bilan o‘rash, mashinani ta'mirlash vaqtida uni ishlab ketishini oldini oluvchi blokirovkalarni o‘rnatish lozim.
Ish jarayonida sidirg‘ichli konveyerning zanjiri odamlarni shikastlamasligi uchun ishlab turgan konveyerning ustidan o‘tishi qa'tiyan man etiladi.
Elektr uskunalarni ishlatish vaqtida xavfsizlikni ta'minlashning muhim choralaridan biri elektr uskunalarini sistematik ravishda nazorat qilish, kabelning izolyatsiyasini, xavfsizlik va blokirovka, shinalarning himoya g‘ovlari bilan chegaralash va h.k.

Download 85.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling