Maxsus talablar
Mashinalarga tehnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash oldidan smena boshlig‘i quyidagilarni bajarishi shart:
-ishni boshlash va tamomlash vaqtini ko‘rsatish, shuningdek, bajariladigan ishlarni xavfsiz bajarish uslublari to‘g‘risida instruksiya o‘tkazishi kerak;
-ishchilarni ish joylariga qo‘yish va ularning ishlarini ko‘rsatish;
-birinchi navbatda, nosozlikka kelgan zina va zina panjaralarini, ish olib boriladigan maydonni ta'mirlash;
-ish olib boruvchilarni, nazorat qilib turuvchilarni tayinlash va mexanizm ichini, bunkerlarni, hajmlarni hamda ish olib boriladigan katta balandliklarni ko‘zdan kechirish;
-mashinani o‘z-o‘zidan ishlab ketishini oldini oluvchi blakirovka, qulflarni joyiga qo‘yish va ishlab ketishini oldini olish;
-noqulay ob-havolar bo‘lgan holatlarda ishni olib borishni ta'minlovchi maxsus choralarni ko‘rish (atrof-muhitni yax, qorlardan tozalash, bostirma-ayvonlar qurish, qo‘shimcha yoritqichlar o‘rnatish);
-tehnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash ishlarini boshlash oldidan mashinaning tormozlarini va ish olib boriladigan maydonlarni tekshirish kerak.
-metall konstruksiyalar ishchilarga xavf soluvchi bo‘lmagan kerak predmet va materiallardan tozalanishi kerak.
Elektr qismlariga tehnik xizmat ko‘rsatishda quyidagi choralar ko‘riladi:
-ish olib boruvchi ishchilarni, yuritmalarni ishlashidan ogohlantirish, kuchlanishni, yoritqichlarni o‘chirishdan va boshqa xavfli hollardan ogohlantirish;
-ta'mirlash vaqtida foydalanish uchun xavfsiz joylardan yangi ishga yaroqli kabel kommunikatsiyalarini o‘tkazish;
-ishdan keyin ish olib borilayotgan maydonni va elektr uskunalarni o‘zini kerak bo‘lmagan predmetlardan tozalash.
Ta'mirlash va qismlarni almashtirish, moylarni almashtirish, tartibga solish ishlari mashina yuritmalarini to‘la o‘chirib amalga oshiriladi. Sinab ko‘rish lozim bo‘lganda mashinani qo‘l bilan boshkarish lozim.
Yer yuzasidan, ish maydonidan, to‘shama (nastil)dan 5m va undan katta balandlikda ish olib borilganda, albatta, saqlovchi kamar (poyas)dan foydalanish tavsiya etiladi. Yuqorida ishlashda shamolning tezligi 12m/sek dan ko‘p bo‘lgan, jala, qor yog‘ish, yaxmalak bo‘lgan hollarda ishlash taqiqlanadi.
Sistematik ravishda yog‘och, to‘shama, osma maydonchalarni nazorat qilish va ularni o‘z vaqtida qor, yax, kerak bo‘lmagan predmet, yog‘lardan tozalab turish kerak. Shotilarga chiqadigan yo‘llarni kerak bo‘lmagan og‘ir va boshqa predmetlar bilan qalashtirib tashlash man etiladi. Maydonchalarda bitta vertikalda bir vaqtda ta'mirlash ishlarini olib borish taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |