Bolt, o‘ziga mos klyuchlar bilan burash, standart klyuchlarni qo‘shimcha yelka va truba va h.k.lar bilan uzaytirish mumkin emas.
Yuk ko‘taruvchi vosita (kran, kran-balka, lebedka, blok)lar ularga qo‘yiladigan talab va qoidalarga javob berishi kerak, yuk ko‘taruvchi vositalar ishlatilayotgan vaqtda yukni tagida turish, yukni orasida hamda shu ishlarni amalga oshirish vaqtida uni yaqinida harakatlanish man etiladi.
Yuk ko‘taruvchi mashinalarda yuk ko‘tarilganda yukning boshqaruvchisi bo‘lgan kabina tepasidan o‘tkazish, ko‘taruvchi kanatlarni ishqalanishiga, lebedka barabanida kanatni o‘ralib qolishiga, yukni yumshoq yerga ag‘darilib ketishiga va sirpanib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bosimli trubalarni uzish, ularga ulash, faqat bosim ostidagi suyuqlik yoki havoni to‘xtatgandan so‘ng amalga oshirilishi kerak.
Yog‘lash materiallarini, suyuqliklarni havo bosimi ostida uzatishda trubaning ulangan joylariga engashib qarash, ularni ushlash, boltlarini qotirish man etiladi.
Gidroyuritmalarni boshqarish organlari xavfsiz qulay joyga joylashtirilishi, chegaralovchi moslamalar bilan jihozlanishi, o‘z-o‘zidan ishlab ketishini oldini olishi hamda aniq yozuvlar bilan tushuntirish so‘zlari yozilishi kerak.
Bosimning ko‘tarilishini oldini oluvchi klapanlar doimo soz, ishchan holda bo‘lishi kerak. Manometrga ketgan liniyalardan suyuqlik olish mumkin emas.
Gidravlik yuritmalarni ishlatishda umumiy koidalar va xavfsizlik tehnik asi tomonidan qo‘yilgan talablar ГОСТ larda keltirilgan.
Mashinalarni elektr qurilmalariga tehnik xizmat ko‘rsatishda va ta'mirlashda saqlovchi vositalarni to‘la to‘plami (maxsus poyabzal, rezina gilamchalar, kuchlanishni tekshiruvchi qurilma, ishga tushiruvchi knopkalarning blakirovkasi, jadval va boshqalar) bo‘lishi kerak.
Ta'mirlashda ishlatiladigan mashinalar ishonchli bo‘lishi va o‘z- o‘zidan to‘xtab qolishi kerak emas. Qish kunlarida isitish sistemalari belgilangan normada bo‘lishi kerak. O‘chiruvchi moslamalar, shtepselli ulagichlar, shuningdek, aloqa apparatlari bekam–ko‘st ishchi holatda bo‘lishi kerak. Hamma ko‘rinishdagi tehnik xizmatchi ko‘rsatish va ta'mirlashda, albatta, bosh kiyimi (kaska) kiyib ishlashi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |