Kurash boʻyicha musobaqa qoidalari reja: Kurash bo`yicha xalqaro tashkilot


Download 110 Kb.
bet1/5
Sana03.02.2023
Hajmi110 Kb.
#1149036
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kurash bo`yicha xalqaro tashkilot Kurash musobaqasining umumiy q

KURASH BOʻYICHA MUSOBAQA QOIDALARI

Reja:

Kurash bo`yicha xalqaro tashkilot

Kurash musobaqasining umumiy qoidalari


3.Hakamlarning vazifalari

4.Bosh hakam huquqlari

Yoshlarimizga ta’lim berish va ularni kamol toptirishga yo`naltirilgan xizmatlar ko`rsatuvchi muassasalar tarmog`ini kengaytirish va bunday xizmatlar turlarini masalan, xalq hunarmandichiligi bilan shug`ullanadigan «Ustoz-shogird» guruhlarini ko’paytirish talab etiladi.


Kurash bo`yicha xalqaro tashkilot tuzilganligini avvalo mustaqil Vatanimizning jahondagi yana bir e’tirofi deb baholagan bo`lardik. Yurtimizga kelgan o`ttizga yaqin mamlakatlarning vakillari ta’sis Kongressida milliy kurashimizning dunyo maydoniga chiqishga yakdillik bilan ovoz berdilar. Yaqin vaqtlar ichida o`z davlatlari va boshqa ko’plab mamlakatlarda bu xalqaro Asosastiyaning federastiyalarini tashkil etish istagida ekanliklarini bildirdilar. Dunyodagi barcha xalqlarning, millatlarning o`z tarixi, madaniyati bor. Milliy sport o`yinlari bor. Lekin birdan-bir milliy sport turini dunyo maydoniga olib chiqish hammaga ham nasib etavermaydi. Bu sanoqli davlatlargagina nasib etgan, xolos. Masalan: Angliya futbol vatani deyiladi. Dzyu-do, karate yaponlarniki ekanligini hamma biladi.
Dunyo sport lug`atida misol uchun amerikancha futbol taylandcha boks kabi iboralar bor. Endi ana shu lug`at kurashimiz qoidalaridagi o`zbekcha «Halol»,
«Yonbosh», «Chala», «G`irrom», «Dakki», «Tanbeh» kabi so`zlar bilan boyidi. Endi butun dunyoda «o`zbeklarning kurashi» iborasi paydo bo`ldi. Bu bizning juda katta g`alabamizdir. Bu yutuqqa o`z-o`zidan erishilgani yo`q. Kurashimizning ravnaqiga ishonmay, bepisand qaraganlar ham bo`ldi. Lekin mamlakatimiz rahbarining ishonchi, qo`llab-quvvatlashlari bizga juda katta dalda bo`ldi.
Yana shunisi quvonarliki, kurashimizda eng yuqori baho «Halol» so`zi bilan ifodalanadi. Bu sof g`alaba degani. Raqibiga hurmatsizlik qilib, unga noto`g`ri usul ishlatib, nayrang bilan yutmoqchi bo`lgan sportchiga «g`irrom» bahosi beriladi va bu bahoni olgan maydondan chetlatiladi.
Kurash musobaqalarida muxlislar eng odil hakam hisoblanadi. Halol bilan g`irrom o`z olqishu e’tirozlari bilan baholanadi. Kurashning qoidasi oddiy: zo`rmisan yigit, yengildingmi - tan ber!

Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling