21,23c-guruh talabasi Mamadaliyev Boburjonning Kurash turlari va uni o’qitish metodikasi fanidan mustaqilish I mavzu
Download 177.26 Kb.
|
Kurash turlari bo\'yicha musabaqalarni o\'tkazish va hakamlik qilish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- M U S T A Q I L I S H I Mavzu
- Musobaqa hakamlari, ularning vazifalari va huquqlari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTII BO’LIMI Jismoniy madaniyat yo’nalishi 21,23c-guruh talabasi Mamadaliyev Boburjonning Kurash turlari va uni o’qitish metodikasi fanidan M U S T A Q I L I S H I Mavzu: Kurash turlari bo'yicha musabaqalarni o'tkazish va hakamlik qilish. Bajardi: Mamadaliyev Boburjon Kurash turlari bo'yicha musabaqalarni o'tkazish va hakamlik qilish. REJA: Kirish 1. Kurash turlari bo‘yicha musobaqalar tashkiliy ishlari 2. Musobaqa hakamlari, ularning vazifalari va huquqlari 3. Musobaqa ishtirokchilarining umumiy qoidalari 4. Musobaqa o‘tkazish tartibi va nizomi 5.Xulosa 6.ADABIYOTLAR KIRISH Yoshlarimizga ta’lim berish va ularni kamol toptirishga yo`naltirilgan xizmatlar ko`rsatuvchi muassasalar tarmog`ini kengaytirish va bunday xizmatlar turlarini masalan, xalq hunarmandichiligi bilan shug`ullanadigan «Ustoz-shogird» guruhlarini ko‘paytirish talab etiladi. Kurash bo`yicha xalqaro tashkilot tuzilganligini avvalo mustaqil Vatanimizning jahondagi yana bir e’tirofi deb baholagan bo`lardik. Yurtimizga kelgan o`ttizga yaqin mamlakatlarning vakillari ta’sis Kongressida milliy kurashimizning dunyo maydoniga chiqishga yakdillik bilan ovoz berdilar. Yaqin vaqtlar ichida o`z davlatlari va boshqa ko‘plab mamlakatlarda bu xalqaro Asosastiyaning federastiyalarini tashkil etish istagida ekanliklarini bildirdilar. Dunyodagi barcha xalqlarning, millatlarning o`z tarixi, madaniyati bor. Milliy sport o`yinlari bor. Lekin birdan-bir milliy sport turini dunyo maydoniga olib chiqish hammaga ham nasib etavermaydi. Bu sanoqli davlatlargagina nasib etgan, xolos. Masalan: Angliya futbol vatani deyiladi. Dzyu-do, karate yaponlarniki ekanligini hamma biladi. Dunyo sport lug`atida misol uchun amerikancha futbol taylandcha boks kabi iboralar bor. Endi ana shu lug`at kurashimiz qoidalaridagi o`zbekcha «Halol», «Yonbosh», «Chala», «G`irrom», «Dakki», «Tanbeh» kabi so`zlar bilan boyidi. Endi butun dunyoda «o`zbeklarning kurashi» iborasi paydo bo`ldi. Bu bizning juda katta g`alabamizdir. Bu yutuqqa o`z-o`zidan erishilgani yo`q. Kurashimizning ravnaqiga ishonmay, bepisand qaraganlar ham bo`ldi. Lekin mamlakatimiz rahbarining ishonchi, qo`llab-quvvatlashlari bizga juda katta dalda bo`ldi. Yana shunisi quvonarliki, kurashimizda eng Yuqori baho «Halol» so`zi bilan ifodalanadi. Bu sof g`alaba degani. Raqibiga hurmatsizlik qilib, unga noto`g`ri usul ishlatib, nayrang bilan yutmoqchi bo`lgan sportchiga «g`irrom» bahosi beriladi va bu bahoni olgan maydondan chetlatiladi. Kurash musobaqalarida muxlislar eng odil hakam hisoblanadi. Halol bilan g`irrom o`z olqishu e’tirozlari bilan baholanadi. Kurashning qoidasi oddiy: zo`rmisan yigit, yengildingmi - tan ber! Musobaqa hakamlari, ularning vazifalari va huquqlari Har bir musobaqada muayyan tartibga, qoidaga rioya qilish lozim. Bu tartib va qoidalar har bir mamlakatda o‘tkaziladigan xalqaro turnirlar, qit’alar birinchiliklari, jahon birinchiligi va olimpiya o‘yinlari dasturiga kurash musobaqalari Xalqaro kurash assotsatsiyasi tomonidan tasdiqlangan hakamlar tomonidan amalga oshiriladi. Biz Yuqorida hakamlar hay’atining tarkibini keltirdik, ularning faoliyat mazmuni quyidagilardan iborat: Bosh hakam 1. Bosh hakam yordamchilari, ularning soni gilamlar sonidan bir kishiga ko‘p: - bosh kotib va gilamlar kotiblari; - gilamdagi hakamlar va gilam chetidagi hakamlar; - hakam sekundameristi; - tablodagi hakam; - hakamlarni almashtiruvchi hakam gilamlar soniga qarab belgilanadi; - shifokor; - e’lon qiluvchi hakam; - musoboqa komendanti. 2. Bellashuvni boshqaruvchi hakamlar: - bellashuvni olib boruvchi hakam, bosh hakam yordamchisi; - gilamdagi hakam; - gilam chetidagi hakamlar, ikki kishi; - hakam sekundameristi; - kotib; - tablodagi hakam; - hakamlarni almashtiruvchi hakam; - e’lon qiluvchi hakam; - nazoratchi hakam. 3. Ba’zi bir hollarda o‘rtadagi hakam, chetdagi bir hakam bilan yoki uning o‘zi gilamdagi kurashni boshqarishi mumkin. 4. Har bir hakam hakamlik guvohnomasiga, hakamlik kiyimiga, oq ko`ylak, qora kostyum, shim va galstukga ega bo‘lib, kurash qoidalarini mukammal bilishi shart. Download 177.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling