21,23c-guruh talabasi Mamadaliyev Boburjonning Kurash turlari va uni o’qitish metodikasi fanidan mustaqilish I mavzu


Download 177.26 Kb.
bet2/14
Sana25.04.2023
Hajmi177.26 Kb.
#1398969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kurash turlari bo\'yicha musabaqalarni o\'tkazish va hakamlik qilish.

Hakamlarning vazifalari:
1. Musobaqada hakamlar kurash gilamga chiqqanlarida, o‘rtadagi hakam qo‘lini ko‘ksiga qo‘yishi bilan chetdagi ikki hakam ham qo‘lini ko‘ksiga qo‘yish barobarida tomoshabinlarga va bosh hakamga qarab egilib ta’zim qiladilar.
2. Hakamlar harakati bosh hakam va hakamlar hay’ati tomonidan nazorat qilib boriladi. Agar ular musobaqaning o‘tkazish Nizomiga yoki kurash qoidalariga rioya qilmasalar hakamlik huquqidan mahrum qilinib, ushbu musobaqadan chetlatiladi va ular xatti-harakatlari hakamlar hay’atida ko‘rib chiqilib, hay’at qarori tegishli tashkilotlarga ma’lum qilinadi.
Bosh hakam:
1. Bosh hakam musobaqaning rahbari hisoblanadi va musobaqaning belgilangan Nizom va qoidalariga amal qilgan holda musobaqalarning o‘tkazilishiga javobgardir.
2. Bosh hakamning vazifalari:
- musobaqa anjomlari, inshoot va gilamlar tayyorlanganligini tekshiradi;
- qur’a tashlash jarayoni da kuchli kurashchilarni ikki guruhga bo‘ladi;
- hakamlarni gilamlarga taqsimlaydi;
- musobaqa o‘tkazish jadvalini tuzadi;
- kurashchilarni taroziga tortish uchun hakamlar tarkibini belgilaydi;
- har bir bellashuv uchun hakamlarni tayinlaydi va ularning harakatlarini nazorat qilib boradi;
- musobaqa boshlanishidan oldin hakamlar hay’atining majlisini o‘tkazadi, har kuni musobaqadan so‘ng hakamlar hay’ati oldida musobaqa natijalari haqida hisobot berib boradi, lozim bo‘lgan taqdirda hakamlar hay’ati majlisini har vaqtda o‘tkazishi mumkin.
3.Hakamlarning musobaqaga tayyorgarligini va musobaqa jarayoni ni baholab boradi.
4. Musobaqa o‘tkazish yuzasidan hisobot baYonini to‘ldirib boradi va topshiradi.
Bosh hakam huquqlari:
1. Musobaqa o‘tkazish inshooti va anjomlari tayyorlanmagan bo‘lsa musobaqa o‘tkazishni taqiqlashi mumkin.
2. Musobaqa jarayoni da favqulotda vaziyat yuz bersa, musobaqani vaqtincha to‘xtatishi mumkin.
3. Musobaqa o‘tkazish tartibi yoki jadvaliga o‘zgartirish kiritishi mumkin.
4. Hakamlar hay’atiga ma’lum qilgan holda, noto‘g‘ri hakamlik qilgan hakamni musobaqadan chetlatishi mumkin.
5. Musobaqada ishtirok etishga ruxsati bo‘lmagan kurashchilarni musobaqadan chetlatishi mumkin.
6. Qo‘pollik qilgani uchun guruh boshliqlarini, hakamlarni, murabbiylarini va kurashchilarni ogohlantirishi mumkin.
7. Bosh hakam ko‘rsatmalarini kurashchilar, guruh boshliqlari, murabbiylari, hakamlar va barcha qatnashchilar bajarishlari shart.

Download 177.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling