Vaznlarni aniqlash tartibi:
1. Musobaqaning birinchi kunida qatnashuvchi vaznlar shu kuni kurash boshlanishidan 2 soat oldin o‘lchanadilar. O‘lchanish vaqti 1 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Shu kuni bir necha vazndagi kurashchilar o‘lchanishi mumkin. Bellashuvda qatnashuvchi hamma polvonlar bir tarozidan o‘tkazilishi shart.
2. Vaznini o‘lchatmagan kurashchi musobaqaga qo‘yilmaydi.
3. Polvonlar o‘lchanish paytida surati yopishtirilgan hujjat orqali nazorat qilinadi.
4. O‘lchanishda bosh hakam yordamchisi kotib, shifokor va 2 -3 hakam bo‘lishi lozim. Qatnashuvchilar qarorda qayd qilib boriladi.
5. O‘lchanish jarayoni kiyimlarsiz amalga oshiriladi.
Qatnashuvchilar majburiyati:
Musobaqa qatnashchilari quyidagilarga amal qilishlari lozim:
a) musobaqa boshlanishidan oldin bir-birlari bilan egilib salomlashish:
b) kurash qoidasiga, musobaqa qonun-qoidalariga qat’iy rioya qilish:
d) hakamning topshiriqlariga bo‘ysunish:
e) musobaqa davomida o‘zini to‘g‘ri tuta bilish:
f) qatnashuvchi hakamlar tomonidan chaqirilganda, tezda chaqirilgan joyga borish:
Bellashuv vaqti:
1. Bellashuv vaqti oldindan kelishib olinadi, lekin 3 minutdan kam, 4 minutdan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Bunda "To‘xtang" va "Kurash" shartli iboralari oralig‘idagi vaqt bellashuvning umumiy vaqtiga kirmaydi.
2. Respublika, Osiyo va xalqaro musobaqalarda yoshlar va kattalar o‘rtasidagi bellashuv 4 minut. O‘smirlar va 35 yoshdan Yuqoridagilar uchun 4 minut qilib belgilanadi, bolalar va 60 yoshdan Yuqoridagilar uchun bellashuv vaqti 3 minutdan iborat bo‘lishi kerak.
3. Bellashuv boshlanishidan to tugagunga qadar kurashchilar o‘rtadagi hakamning ruxsatisiz gilamdan chiqib ketishi man qilinadi.
.4. Agar bellashuv vaqtida kurashchi jarohatlansa, unga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun 5 minutgacha vaqt beriladi va bu jaraYon 5 minutdan ortib ketsa, u kurashchi musobaqadan chetlatiladi.
Bellashuv natijasi:
1. Bellashuvda bir kishi g‘olib bo‘ladi.
2. Bellashuvda kurashchilar harakati quyidagicha baholanadi:
Sof g‘alaba "Halol" — 10:0
Yarim yutuq "Yonbosh" — 5:0
Eng kichik yutuq "Chala" — 3:0
Do'stlaringiz bilan baham: |