21,23c-guruh talabasi Mamadaliyev Boburjonning Kurash turlari va uni o’qitish metodikasi fanidan mustaqilish I mavzu


Download 177.26 Kb.
bet4/14
Sana25.04.2023
Hajmi177.26 Kb.
#1398969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kurash turlari bo\'yicha musabaqalarni o\'tkazish va hakamlik qilish.

Tablodagi hakam:
1. O‘rtadagi hakam ko‘rsatilgan ogohlantirish yoki baholarni tabloda ko‘rsatib boradi.
2. Agar o‘rtadagi hakamning ko‘rsatgan bahosini ko‘rolmasdan qolsa, Yon tomondagi hakamlardan aniqlab oladi.
3. Tablodagi qo‘yilgan baholar kim g‘olib chiqqanini e’lon qilguncha turishi kerak.

Musobaqa shifokori:
1. Kurashchilar sog‘ligi haqidagi hujjatni, qo‘yilgan imzolarni va muhrlarni tekshirib chiqadi.
2. Vazni o‘lchanayotgan kurashchilarning har birini ko‘zdan kechirib boradi.
3. Musobaqa o‘tadigan maydonning tozaligini nazorat qiladi.
4. Musobaqa davomida olingan jarohatlarni davolab boradi.
E’lon qiluvchi hakam:

  1. Musobaqaning kun tartibini, qaysi kurashchilar kurashishini, kim tayyorlanishini

e’lon qilib, har bir kurashchi haqida ma’lumot berib boradi.
2. Kurashga taalluqli bo‘lmagan e’lonlar faqat bosh hakam yoki uning yordamchisi ruxsati bilan beriladi.
Musobaqa komendanti:
Musobaqa o‘tadigan sport maydonining tayyorligini, shu maydonda musobaqaning tinch o‘tishini ta’minlaydi va bosh hakam topshirig‘iga ko‘ra ish olib boradi.
Gilamdagi hakamlar:

O‘rtada faoliyat olib borayotgan hakam va Yon tomondagi hakamlar o‘z fikrini shartli ishora belgisi bilan bildiradi. Agar ularning fikri bir-biriga to‘g‘ri kelmasa, unda Yon tomondagi hakamlar o‘rinlaridan turib o‘rtadagi hakamlar bilan bir fikrga kelishib, maslahatlashib olishlari mumkin.


Nazoratchi hakam:
1. Musobaqa qatnashchilarining hujjatlarini nazorat qilib boradi.
2. Kurashchilar kiyimining kurash qoidasiga to‘g‘ri kelishini nazorat qiladi va ularni belbog‘lar bilan ta’minlaydi.
Kurash qoidasidan tashqari favqulotda bo‘lib qolgan vaziyat:
Agar kurash qoidasida ko‘rsatilmagan vaziyat ro‘y bersa u holda gilamdagi hakam gilam chetidagi hakamlar bilan maslahatlashishadi. Bunda ham bir qarorga kelinmasa, bu vaziyat bosh hakamlar hay’ati orqali yechilishi lozim.

Download 177.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling