21,23c-guruh talabasi Mamadaliyev Boburjonning Kurash turlari va uni o’qitish metodikasi fanidan mustaqilish I mavzu


Download 177.26 Kb.
bet3/14
Sana25.04.2023
Hajmi177.26 Kb.
#1398969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kurash turlari bo\'yicha musabaqalarni o\'tkazish va hakamlik qilish.

Bosh hakam yordamchisi:
1. O‘rtadagi hakamlarni, kotibni, vaqtni tekshiruvchi hakamni, tablodagi hakamni nazorat qilib turadi.
2. Bellashuv natijasini va keyingi olishuvga tayyorlanib turuvchilarni e’lon qilib boradi.
3. Agar musobaqa jarayoni da bosh hakam ma’lum bir sababga ko‘ra ishtirok qilmayotgan bo‘lsa, bosh hakam vazifasini bajaradi.
Bosh kotib va kotiblar:
1. Bosh kotib hakamlar hay’atining majlisini, musobaqa qarorini, kurashish tartibi hamda boshqa hujjatlarni yozib boradi.
2. Kotiblar o‘z gilamidagi qarorlarni yozib boradilar.
3. Bellashuv baholarini, ogohlantirishlarni nazorat qog‘oziga qayd qilib boradilar.
O‘rtadagi hakam:
1. Kurashning qanday borishini, qoidalarga qat’iy rioya qilinishini kuzatib boradi. 2. Qaysi kurashchi haqiqatda kurashayapti, qaysisi kurashmayotganligini kuzatib boradi va hamma qoidalarga amal qilib, ikki kurashchini chaqqonrok kurashishga chaqiradi hamda tablodagi bahoni kuzatib boradi.
3. Bellashuv vaqtida ikkita yoqtirgan Yon tomondagi hakamlarning baholarini kuzatib boradi.
4. O‘rtadagi hakam belgilangan kurashish vaqti tugashi bilan shartli “vaqt” iborasini aytib, ishorasini qo‘l bilan ko‘rsatadi. Bu paytda kurashuvchilar kiyimlarni to‘g‘irlab o‘z joylarida turishlari lozim.
5. O‘rtadagi hakam kurashchi tomonidan har bir qo‘llanilgan usulni baholashi va shu zahoti kurashni to‘xtaxib "to‘xta" qaytadan "kurash" deb boshlashi shart.
Yon tomondagi hakam:
1. Yon tomondagi hakam o‘rtadagi hakamga yordam beradi. Kurashchilarning harakatlarini baholab boradi.
2. Yon tomondagi hakamlar bir-biriga qarama-qarshi tomondagi kursilarga o‘tirishadi. Kurash jarayoni da zarurat tug‘ilsa Yon tomondagi hakam bellashuvni tik turib kuzatishi ham mumkin.
3. Agar kurashchilarning biriga gilamdan chiqish zarur bo‘lsa, Yon tomondagi hakamdan biri unga hamrohlik qilishi shart.
Vaqtni kuzatuvchi hakam:
1. Bellashuv vaqtining har bir daqiqasini nazorat qilib, hisoblab boradi. Agar kurashchi shirofokorga ketib qolsa, kiyimini to‘g‘rilasa yoki boshqa sabablar bilan kurash to‘xtatilsa; sekundomerni to‘xtatib, bayroqchani ko‘taradi, kurash boshlanishi bilan bayroqchani tushiradi va bellashuv vaqtini yana nazorat ostiga oladi.
2. Vaqtni kuzatuvchi hakam kurashchini gilamga chaqirgandan keyin, uning kechikish vaqtini nazorat qiladi. Agar kechikish belgilangan vaqtdan oshib ketsa, kurashchini bellashuvdan chetlashtiradi.
3. Vaqtni belgilovchi hakam baland ovoz bilan o‘tgan va qolgan vaqtni e’lon qiladi.


Download 177.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling