Musobaqa qatnashchilari:
Musobaqa qatnashchilarining yoshlari quyidagilardan iborat:
- bolalar 12-13 yosh - o‘smirlar 14-15 yosh - yoshlar 16-17 yosh - kattalar 18 va undan Yuqori yosh.Kattalar o‘rtasida O‘zbekiston birinchiligida qatnashuvchilarning yoshi chegaralanmaydi.
Vaznlar
1. Musobaqa qatnashchilari quyidagi vaznlarga bo‘linadilar:
- bolalar(12- 13 yosh)-33, 36,40,44,48, 52,60,65, 70 kg va undan Yuqori:
- o‘smirlar(14- 15 yosh)-38, 42,46, 50, 54, 60,65, 71, 76, 81 kg va undan Yuqori:
- yoshlar va katta yoshdagilar -60, 66, 73, 81, 90, 100 kg va undan Yuqori:
2. Yoshlar va katta yoshdagi polvonlar qaysi vaznda qatnashishlaridan qat’iy nazar (bosh hakam ruxsati bilan) mutloq vaznda kurashishlari mumkin.
3. Federatsiya bilan kelishilgan holda xalqaro musobaqalar qatnashchilarning yoshiga qarab quyidagi vazn toifalarida o‘tkazilishi mumkin:
18-35 yoshdagilar 60,66, 73, 81, 90, 100 kg va undan Yuqori:
36- 45 yoshdagilar 60, 70, 80, 90 kg va undan Yuqori:
45 - 60 yoshdagilar 60, 70,80, 90 kg va undan Yuqori:
60 yoshdan Yuqori — 60, 70, 80, 90 kg va undan Yuqori:
Musobaqaga qatnashish shartlari va talablari:
Musobaqada qatnashish shartlari va talabalari bo‘limida musobaqa qatnashchilariga qo‘yiladigan talablar vaznlarni aniqlash tartibi, kurashchilarning tan jarohati o‘tkazishga olib keluvchi harakatlarga hakamlarning bahosi, taqiqlangan harakat va bellashuvdan mahrum qilish, musobaqalardan chetlashish ogohlantirish va gilamdan tashqari holat kabi masalalar o‘rin olgan.
1. Musobaqa qatnashchilaridan quyidagilar talab qilinadi:
- shaxsini va yoshini bildiruvchi hujjat, Yuqorida zikr etilgan maxsus liboslar, kurashchining mahorat darajasini aniqlovchi guvohnoma;
- qaysi jamoaga mansubligi haqida muhrlangan guvohnoma va bildirishnoma, shifokor ruxsati haqida ma’lumot.
Yuqorida ko‘rsatilgan hamma hujjatlar musobaqadan oldin mandat komissiyasida ko‘rilib, bosh shifokor va komissiya a’zolari tamonidan tasdiqlanadi. Yuqoridagi shartlar va talablarning bajo keltirilishi uchun jamoa rahbarlari javobgardirlar.
2. Bosh hakam ruxsati bilan yosh kurashchilar (16- 17 yoshli), katta yoshdagi polvonlar orasida musobaqalarda ham qatnashishi mumkin.
3. Musobaqada bir vaznda bellashgan polvonlar ikkinchi vaznda qatnashishi man etiladi, lekin ular mutloq vaznda (bosh hakam ruxsati bilan) kurashishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |