Vaqtni kuzatuvchi hakam. - Vaqtni kuzatuvchi hakam.
- 1. Vaqtni kuzatuvchi hakam kurashchilar olishuvga chaqirilgandan keyin gilamga qancha vaqt mobaynida kelishini nazorat qiladi. Agar uzrsiz kechikib kelsalar bu haqida darrov hakamni ogohlantirishi kerak. 2. Olishuv vaqtini har bir daqiqasini nazorat qilib hisoblab boradi. Agar olishuv davomida kurashchi tibbiy yordam olsa yoki boshqa sabablar bilan olishuv to‘xtatilsa hammasini hisoblab bosh hakamni habardor qilishi shart.
- 3. Kurashchi 1 minutda gilamga chiqmasa “Tanbeh”, 2 minutda “Dakki” 3 minutda “G‘irrom” ogohlantirilishi beriladi.
- Tablodagi hakam.
- - o‘rtadagi hakam e’lon qilgan har bir bahoni yoki ogohlantirishlarni tabloda ko‘rsatib boradi; - agar o‘rtadagi hakam e’lon qilgan natijalarni ko‘rolmay yoki eshitolmay qolsa, gilam boshqaruvchi hakamdan aniqlab oladi;
- - tabloda aks ettirilgan baholar gilamda kurashchilardan birining g‘olib chiqqanligini e’lon qilguncha turishi shart.
- E’lon qiluvchi hakam.
- 1.Musobaqaning kun tartibini, qaysi vazn toifasida, kimlar o‘rtasida olishuv bo‘lishini, qaysi kurashchilar olishuvga tayyorlanib turishini e’lon qilib boradi. Gilamga chiqqan har bir kurashchi haqida ma’lumot berib boradi. Gilamni boshqarayotgan hakam va gilamdagi hakamlar haqida ham tomoshabinlarga ma’lumot berib boradi.
- 2. Olishuv natijalarini e’lon qiluvchi hakam tomonidan e’lon qilingandan so‘ng hakamlar qarori qat’iy hisoblanadi va qayta muhokama qilinmaydi.
- 3. Musobaqa va kurashga taalluqli bo‘lmagan e’lonlar faqat bosh hakam yoki uning o‘rinbosarlari ruhsati bilan e’lon qilinadi.
Kurash gilami va uning o‘lchamlari - Kurash gilami va uning o‘lchamlari
- 1. Kurash gilamining minimal o‘lchami 10x10 metr, 12x12 metr, 14x14 metr bo‘lishi, maksimal o‘lchami 16x16 metr bo‘ladi. Kurash gilami odatda qizil, yashil, ko‘k va och yashil ranglardan iborat material bilan qoplanishi shart
- 2. Kurash gilami ikkita maydonga bo‘linadi. Bu maydonlarni ajratib turadigan chiziq “xavfli chiziq” deyiladi, u har doim qizil rangda va eniga 1 metr bo‘ladi.
- 3. Xavfli chiziq ichidagi maydon “xavfsiz maydon” deyiladi, uning minimal o‘lchamlari 8x8 metr, maksimal o‘lchamlari esa 10x10 metr.
- 4. “Xavfli chiziq” tashqarisidagi maydon “xavfli maydon” deyiladi va eniga 3 metr bo‘ladi. 5. Kurash gilami yumshoq polda yoki maxsus platformada joylashishi, kurash gilami atrofida 1 metrdan kam bo‘lmagan bo‘sh maydon bo‘lishi shart. Kurash gilami 2 metrga 1 metrli qalinligi 5 yoki 4 santimetrli tatamidan tashkil topadi
Do'stlaringiz bilan baham: |