Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


O‘ZBEKISTON KURASH FEDERATSIYASI HAMDA MOLIYA VAZIRLIGI


Download 96.51 Kb.
bet3/8
Sana17.06.2023
Hajmi96.51 Kb.
#1523723
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KURASH MILLIY SPORT TURINI RIVOJLANTIRISH VA UNING XALQARO NUFUZINI YANADA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘ZBEKISTON KURASH FEDERATSIYASI HAMDA MOLIYA VAZIRLIGI bilan birgalikda ushbu qarorning 3-ilovasida nazarda tutilgan 2020 — 2025-yillarda kurashni ommalashtirishning maqsadli ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda Kurash xalqaro assotsiatsiyasi va O‘zbekiston kurash federatsiyasi muassisligidagi Xalqaro kurash instituti faoliyatini qayta tashkil etishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
16. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
a) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) o‘n kun muddatda mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida videokonferensaloqa vositalaridan foydalangan holda majlis o‘tkazib, mazkur qarorga muvofiq amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida axborot bersin, shuningdek, har chorakda ijrosini muhokama qilsin va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etsin;
b) Vazirlik (D. Nabiyev):
mazkur qaror va “Yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishning pirovard maqsadiga erishilishini ta’minlasin;
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston kurash federatsiyasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda bir yilga mo‘ljallangan media-rejani tasdiqlasin hamda kurashni targ‘ib qilishga qaratilgan mavzuli va ko‘chma dasturlar, tok-shoular, intervyular va roliklar namoyish etilishini amalga oshirsin;
har chorakda mazkur qaror va “Yo‘l xaritasi”ning bajarilishi holati, mavjud muammo va kamchiliklar, maqsadli ko‘rsatkichlarda belgilangan natijalarga erishish holati to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga hisobot berib borsin;
v) “Yo‘l xaritasi”ning bajarilishiga va baholash mezonlarida nazarda tutilgan ko‘rsatkichlarga erishishga mas’ul vazirlik hamda idoralar ular zimmasiga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarish, “Yo‘l xaritasi”ni ijro etish holati to‘g‘risida har chorak yakuni bo‘yicha Vazirlikka axborot taqdim etsin;
g) O‘zbekiston kurash federatsiyasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, shuningdek, sport sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlariga “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirishda mas’ul vazirlik va idoralarga doimiy ravishda har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatish tavsiya etilsin.
17. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori N.T. Yo‘ldoshev zimmasiga yuklansin.

Download 96.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling