Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. O‘zbekistonda va jahonda kurashni yanada ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarning asosiy bosqichlari hamda ustuvor yo‘nalishlari


Download 96.51 Kb.
bet7/8
Sana17.06.2023
Hajmi96.51 Kb.
#1523723
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KURASH MILLIY SPORT TURINI RIVOJLANTIRISH VA UNING XALQARO NUFUZINI YANADA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

4-bob. O‘zbekistonda va jahonda kurashni yanada ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarning asosiy bosqichlari hamda ustuvor yo‘nalishlari
O‘zbekistonda va jahonda kurashni yanada ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqich (2020 — 2023-yillar) — kurash musobaqalari soni va ko‘lamini yanada kengaytirish, uning mamlakat hamda xorijiy davlatlardagi infratuzilmasini yaxshilash, trener va hakamlarga bo‘lgan ehtiyojni qanoatlantirish, xorijiy davlatlar federatsiyalarini moliyaviy hamda moddiy-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash orqali ushbu sport turini yanada ommalashtirish;
ikkinchi bosqich (2024-yildan) — kurashning insonparvar xususiyatlarini butun dunyoga faol targ‘ib qilish, sport musobaqalariga aholining barcha qatlamlarini keng jalb etish orqali jahon xalqlarining sevimli sport turiga aylantirish, Xalqaro olimpiya o‘yinlariga kirishiga erishish, dunyoda o‘zbek kurashi brendi nufuzini oshirish.
§1. O‘zbekistonda kurashni yanada ommalashtirish va rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
Quyidagilar 2025-yilga qadar O‘zbekistonda kurashni yanada ommalashtirish va rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi:
a) aholining barcha qatlamlarini kurash bilan shug‘ullanishga keng jalb qilish, O‘zbekistonda kurashni umumxalq sport turiga aylantirish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
kurash sport turi bilan shug‘ullanuvchilar va trenyerlar haqida ma’lumotlarni to‘liq shakllantirish maqsadida faoliyat yuritayotgan barcha kurash klublarini xatlovdan o‘tkazish;
kurashga ixtisoslashgan tuman (shahar)lar umumta’lim maktablarining o‘quv dasturiga kurashni kiritish va ularni moddiy-texnik bazasini takomillashtirish;
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari va bolalar-o‘smirlar sport maktablarida kurash bo‘yicha qabul kvotalarini ikki baravarga oshirish;
respublikadagi kasb-hunar maktablari, kollejlari, texnikumlari va oliy ta’lim muassasalarining sport klublari tarkibida kurash seksiyalarini tashkil etish;
kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi hamda talabalarining kurash bo‘yicha musobaqalarda qo‘lga kiritgan yutuqlari asosida “Ta’lim muassasalarining “Kurash” milliy sport turi bo‘yicha milliy reytingi”ni tuzish;
oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash mezonlariga oliy ta’lim muassasasida kurash seksiyalari tashkil etilganligi va faoliyati muntazam yo‘lga qo‘yilganligi, unda qatnashuvchi talabalarning musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallashlarini kiritish;
har yili davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasida kurash bo‘yicha “O‘zbek polvoni” respublika musobaqasini o‘tkazish;
kurashning yangi turlarini (xotin-qizlar kurashi, sohil kurashi, jangovar kurash va boshqalar) tashkil etish, ularni ommalashtirish choralarini ko‘rish, ushbu turlar bo‘yicha trenyerlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
O‘zbekistonda 2023-yildan boshlab bolalar, xotin-qizlar va faxriylar o‘rtasida muntazam ravishda hududiy va respublika musobaqalari o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish;
b) kurash bilan shug‘ullanish uchun zarur moddiy-texnik baza va infratuzilmani shakllantirish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida 2021 — 2025-yillarda yangi quriladigan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablarining namunaviy loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash;
viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida yangi quriladigan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablarini qurish va ularni kurash gilamlari hamda zarur sport inventarlari bilan jihozlash;
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablarini jihozlash normativlarini ishlab chiqish;
umumta’lim maktablarining sport zallarini jihozlashning normativlariga “kurash gilamlari”ni kiritish va mazkur maktablarni bosqichma-bosqich ta’minlash dasturini ishlab chiqish;
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar ko‘chasida joylashgan 1 gektar yer maydoniga xalqaro kurash musobaqalarini o‘tkazishga mo‘ljallangan “Kurash” milliy sport turi markazini qurish;
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internati moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish, uni amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda Jismoniy tarbiya va sport vazirligidan O‘zbekiston kurash federatsiyasiga tekin foydalanishga berish.
v) Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida bosqichma-bosqich kurash hamda jangovar kurashni ustuvor sport turlari sifatida kiritish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
harbiy xizmatchi va xodimlarning jismoniy tayyorgarliklarida kurash hamda jangovar kurash mashg‘ulotlariga ustuvorlik bergan holda ularni bosqichma-bosqich joriy etish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
harbiy xizmatchi va xodimlarning jismoniy tayyorgarliklarida kurash hamda jangovar kurash mashg‘ulotlarining amaliy va uslubiy qo‘llanmalarini tayyorlash;
kurash hamda jangovar kurash mashg‘ulotlarini o‘tkazuvchi trenyerlarni qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish;
Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar sport musobaqalari yillik kalendar rejasiga kurash bo‘yicha musobaqalarni kiritish;
Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlari o‘rtasida respublika chempionatini tashkil etish hamda o‘tkazish;
g) kurash bo‘yicha professional trenyerlar, hakamlar tayyorlash, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish, kurashning ilmiy-metodologik bazasini kuchaytirish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Kurash xalqaro assotsiatsiyasi va O‘zbekiston kurash federatsiyasi muassisligida Xalqaro kurash instituti faoliyatini qayta tashkil etish hamda uning asosiy vazifalarini belgilash;
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida hamda boshqa jismoniy madaniyat yo‘nalishlaridagi oliy ta’lim muassasalarida kurash bo‘yicha mutaxassisliklar ochish;
kurashga ixtisoslashgan tuman (shahar)lar umumta’lim maktablari uchun kurash fanidan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash;
kurash trenyerlari va hakamlarining xorijiy davlatlarga “eksport” qilinishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning chet tillarini o‘rganishlarini rag‘batlantirish tizimini yaratish;
kurashni o‘qitishga bag‘ishlangan “Kurash usullari”, “Kurash texnikasi va o‘qitish metodikasi”, “Yangi o‘rganuvchilar uchun kurash”, “Kurash hamma uchun”, “Kurash usullarini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash va chop etish;
“Yil treneri”, “Yil hakami” va boshqa nominatsiyalardagi respublika tanlovini tashkil etish va o‘tkazish;
milliy va jahon sport yulduzlari ishtirokida o‘zbek, rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kurash usullarini o‘rgatishga bo‘yicha maxsus videoroliklar tayyorlash;
kurash bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarni, seminarlarni va forumlarni o‘tkazish;
jahondagi barcha kurash turlarini ilmiy jihatdan o‘rganib, olimlarning mazkur yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlarini tahlil qilgan holda, kurash sport turlarini rivojlanish strategiyasini belgilab beradigan “Xalqaro kurash forumi”ni tashkil etish;
d) o‘zbek kurashi brendini yaratish, investitsiyalarni jalb etgan holda yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlarini ishlab chiqarish, kurashni tijoratlashtirish choralarini ko‘rish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
yaktak sport kiyimlari turlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va ularning davlat standartini ishlab chiqish;
tadbirkorlarni, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb etish orqali yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
O‘zbekiston kurash federatsiyasiga bukmeykerlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini berish orqali yakka va jamoaviy kurash o‘yinlari hamda kurash bilan bog‘liq boshqa o‘yinlarni yo‘lga qo‘yish, ulardan olingan daromadlarni faqat kurashni rivojlantirishga yo‘naltirish;
belgilangan tartibda “KURASHLOTTO” lotereyalarini tashkil etish va lotereya o‘yinlari o‘tkazish;
O‘zbekiston kurash federatsiyasi huzurida unga a’zo kurash sportchilaridan iborat jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida qo‘riqlash xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha taklif kiritish;
kurash klublarini tashkil etish, reklama xizmatlaridan foydalanish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish orqali kurashning tijoratlashuvini joriy etish;
e) kurashni aholi o‘rtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib qilish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
ijtimoiy reklama orqali kurashning ommaviyligini keng targ‘ib qilish;
kurash bo‘yicha Osiyo o‘yinlari, Osiyo va jahon chempionatlari g‘oliblari, milliy terma jamoalar a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron bazaga joylashtirish dasturini ishlab chiqish va unga barcha nufuzli musobaqalar, kurash bo‘yicha trenyerlar, terma jamoa a’zolari, xalqaro va respublika toifasidagi hamda zaxiradagi hakamlar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar joylashtirilishini ta’minlash;
kurash bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro va respublika musobaqalarini muntazam yoritib borish, kurash musobaqalarining sovrindor sportchilari oila a’zolari, trenyerlari ishtirokida “Kurashchining onasi”, “Kurashchining otasi”, “Chempionning ustozi” kabi turkum teleko‘rsatuvlar tayyorlash va namoyish etish;
“Kurash milliy sport turining rivojlanish tarixi”, “Kurash qahramonlari”, “Yil kurashchisi” va boshqa nomdagi kitoblar chop etish, o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi “UZBEK KURASH” nomli oylik ilmiy-ommabop elektron jurnalini ta’sis etish va uni elektron ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ib qilish;
“Kurashchilar uchun badantarbiya”, “Bolalar uchun kurash”, “Kattalar uchun kurash”, “Kurash malikasi”, “Kurash milliy g‘ururimiz”, “Kurash millat faxri” va boshqa nomlardagi maxsus roliklar tayyorlash hamda efir vaqtida, jumladan tomoshabop vaqtlarda har kun namoyish etish, “Kurash yulduzi”, “Kurash faxriysi”, “Kurash tarixi”, “Kurash xalq sayli” nomli teleko‘rsatuvlar tayyorlash, radio eshittirishlar tashkil etish, yoshlar o‘rtasida kurashni keng targ‘ib etish, ularda vatanparvarlik hissini uyg‘otish, ularni sog‘lom turmush tarziga amal qilishga undashga qaratilgan ko‘rsatuvlar namoyish etish orqali ommalashtirish bo‘yicha media-reja ishlab chiqish va amalga oshirish;
kurash orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, umumxalq harakati sifatida turli kurash sayillarini, bayram va tadbirlarda kurash bo‘yicha ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etish.
§ 2. Kurashni jahon xalqlarining sevimli sport turlaridan biriga aylantirish, uning insonparvar g‘oyalarini keng targ‘ib qilish orqali jahonda O‘zbekiston nufuzini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari
Kurashni jahon xalqlarining sevimli sport turlaridan biriga aylantirish, uning insonparvar g‘oyalarini keng targ‘ib qilish orqali jahonda O‘zbekiston nufuzini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni amalga oshirish lozim:
a) kurashni jahonda ommalashtirish, kurash bilan bog‘liq turli tadbirlarga turistlarni keng jalb etish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
kurash bo‘yicha xalqaro sport tadbirlari g‘oliblari ishtirokida Buxoro, Samarqand, Xiva va boshqa sayyohlar gavjum bo‘lgan joylarda kurash mahorat darslarini muntazam tashkil etish hamda ularni ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish;
viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida milliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xalqaro kurash musobaqasini tashkil etish hamda o‘tkazish;
Har ikki yilda o‘tkaziladigan “Jahon kurash o‘yinlari”ni (“World Kurash games”) yo‘lga qo‘yish bo‘yicha O‘zbekiston kurash federatsiyasi tomonidan Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga taklif kiritish orqali ushbu xalqaro musobaqa muntazam o‘tkazilishini ta’minlash;
ustuvor ravishda xorijiy davlatlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo‘yicha xalqaro turnirlarni o‘tkazish;
kurashni YUNESKOning etnosport milliy o‘yinlari nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritish;
2023-yilda Islom hamda Afrika o‘yinlari, 2024-yilda Yevropa o‘yinlari va 2025-yilda Panamerika o‘yinlari sport musobaqalari dasturiga kurash sportini kiritish;
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va uning a’zolari bilan hamkorlikni kuchaytirish;
olimpiya mezonlari asosida, xalqaro maydonda bolalar, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida kurash sportini ommaviylashtirish va sport musobaqalarini tashkil etish;
b) xorijiy davlatlar kurash federatsiyalarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, kurash infratuzilmasini shakllantirish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
har yili Kurash xalqaro assotsiatsiyasi, shuningdek, Afrika, Yevropa, Panamerika, Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda kattalar va yoshlar o‘rtasida qit’aviy musobaqalarni tashkil etish hamda o‘tkazish maqsadida ular faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;
har yili Kurash xalqaro assotsiatsiyasi tasdiqlagan jadvalga muvofiq belgilangan standartlarga javob beradigan 2 000 dona yaktak sport kiyimlari hamda 50 komplekt kurash gilamlarini xorijiy davlatlar kurash federatsiyalariga yetkazib berilishini ta’minlash;
xorijiy davlatlar kurash federatsiyalarining so‘roviga binoan kurash mutaxassislarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish amaliyotini joriy etish;
O‘zbekiston kurash federatsiyasi tomonidan davlatlar tengligi tamoyili asosida tuzilgan jadvalga muvofiq har yili 50 nafar kurash bo‘yicha chet ellik trener va hakamlarning ikki haftalik bepul malakasini oshirish o‘quv kurslarini tashkil etish;
v) kurash bo‘yicha milliy va xalqaro musobaqalarni yetakchi ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritishni yo‘lga qo‘yish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda o‘tadigan kurash musobaqalari, “to‘y kurashlari”, “kurash sayillari”, “kurash festivallari” va boshqa tadbirlar haqida rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarda materiallar tayyorlash, ularni elektron ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib qilish;
O‘zbekiston kurash federatsiyasining ingliz, rus va o‘zbek tillarida veb-saytini yaratish;
kurashni jahon bo‘ylab targ‘ib qilish bo‘yicha roliklar tayyorlash va ESPN (Entertainment and Sports Programming Network), Sky Sports, Setanta Sports, Fox Sports, Euronews, Eurosport CNN hamda boshqa yetakchi xorijiy ommaviy axborot vositalarida namoyish etish.

Download 96.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling