Kurash texnikasi va o‘qitish metodikasi


Download 17.37 Kb.
Sana13.02.2023
Hajmi17.37 Kb.
#1195763
Bog'liq
такриз Э. Холмирзаев


Komil Yusupov va Kamol Usmonovlar tomonidan tayyorlangan “KURASH TEXNIKASI VA O‘QITISH METODIKASI”
deb nomlangan uslubiy qo‘llanma qo‘lyozmasiga


T A Q R I Z

O‘zbek kurashni jahonga yanada kengroq yoyish, nufuzini oshirish va Olimpiya o‘yinlari qatoriga kiritish ko‘p jihatdan sohani yetuk malakali mutaxassislarining tayyorgarliga bog‘liq. Kurash bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etish va kurashchilarni tayyorlash o‘ziga xos jarayon hisoblanadi. Albatta, bu jarayon murabbiy yoki mutaxassisdan amaliy tajriba va ilmiy asoslangan bilimni talab etadi. Shuning uchun murabbiylar mashg‘ulotlarni samarali tashkil qilish, kurashchilarni har tomonlama tayyorlash borasida chuqur bilimga ega bo‘lishlari lozim. Mazkur o‘quv qo‘llanmadan joy olgan mavzular, bo‘lajak soha vakillarini kelajakda milliy kurash haqidagi bilimlarini yanada chuqurlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda “Milliy kurash”ning nufuzi tobora ortib, ommalashib borayotganligi xalqaro musobaqalarni tashkil qilishga, mavjud infratuzilma va moddiy-texnik bazani modernizatsiya qilishga, shuningdek, soha uchun malakali kadrlar, murabbiylar va hakamlar tayyorlashga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishni talab etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 noyabrdagi  “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4881-sonli qarorida ham kurash bo‘yicha professional trenelar va hakamlar tayyorlash, o‘quv uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish, kurashning ilmiy-metodologik bazasini kuchaytirishni alohida yo‘nalish qilib, belgilab berildi.
Uslubiy qo‘llanmaning muqqadimasida “Milliy kurash” sport turini yanada rivojlanishi borsida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi ishlarning ahamiyati, keyingi yillarda erishilgan natijalar ilmiy tahlillar asosida batafsil bayon etilgan.
Uslubiy qo‘llanma “Kurash texnikasi va taktikasi tushunchasi, “Kurash texnikasining nazariy asoslari”, “Elementar texnik harakatlar”, “Oraliq masofalar”, “Muvozonatdan chiqarish yo‘llari”, “Usullar texnikasi” kabi alohida mantiqiy bir biriga bog‘langan bob va paragraflardan iborat bo‘lib, har bir usulni amalga oshirish texnikasi rasimlar orqali tushunarli qilib, ko‘rsatib berilgan.
Mualliflar kurashning texnikasi va taktikasi, usullar texnikasini tahlil qilish bilan birga, ushbu milliy merosni kelib chiqishiga turlicha ilmiy yondashuvlar mavjudligini ham bayon etgan.
Mazkur uslubiy qo‘llanmani tayyorlashda mualliflar tomonidan foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ham uni ilmiyligini, har bir nazariy xulosalarning asosliligini ifodalaydi, shuningdek, mualliflar bir qator asarlardan unumli foydalanib, ilmiy xulosalarga tayanib, milliy kurashni yanada rivojlantirish yuzasidan bir qator taklif, fikr va mulohazalarni ilgari surganlar, bu esa, o‘z navbatida uslubiy qo‘llanmaning ilmiy-nazariy ahamiyatini yanada oshiradi.
Mazkur uslubiy qo‘llanma kelajakda milliy kurashni ilmiy nazariy asoslarini tadqiq qilishda, sport ta’limini rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi, shuningdek, soha mutaxassislari, olimlar, pedagoglar, murabbiylar, oliy o‘quv yurtlari talabalari va ushbu sport turiga qiziquvchi barcha vatandoshlarimiz uchun muhim manba sfatida xizmat qiladi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, mualliflar K. Yusupov va K. Usmonovlar tomonidan tayyorlangan “Kurash texnikasi va o‘qitish metodikasi” deb nomlangan uslubiy qo‘llanma, qo‘yilgan barcha talablarga javob beradi va qo‘lyozma chop etishga tavsiya etiladi.
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent E. Xolmirzaev
Download 17.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling