Kurash turlari va uni o`qitish metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari Reja
Download 46.23 Kb.
|
Kurash turlari va uni o`qitish metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari
3. Kurash trenirovkasi uslublari
Sport trenirovkasi jarayonida 4-bobda ochib berilgan xamma xarakatlarga o`rgatish uslublari ko`llaniladi. Birok trenirovka jarayonining asosiy vazifasi yukori sport natijalariga erishishdan iborat ekan, uni xal etish uchun asosan Kurashchining funktsional imkoniyatlarini oshirish xamda jismoniy sifatlarini rivojlantirishga karatilgan uslublardan foydalaniladi. Kat`iy tartiblashtirilgan mashklar uslublari tizimi trenirovkaning asosiy uslubiy to`plamini tashkil etadi (L.P.Matvуev, 1991). Xarakatlarga o`rgatishda - bu butun va bo`laklangan uslublardir. O`rganilayotgan xarakatlarni takomillashtirishda xarakatlar tuzilmasini buzmagan xolda jismoniy sifatlarning rivojlanishini ragbatlantrishga yordam beradigan ko`shimcha nagruzkalar sharoitlarida xarakatlarning butunligicha bajarilishi bilan tavsiyalanadigan uslublar, ya`ni mashklarni birgalikda bajarish uslubi (V.M. Dьyachkov bo`yicha) yetakchi o`rinni egallaydi. Masalan, tik turishda tashlashlarni takomillashtirish paytida ogirrok vazndagi rakib tanlanadi, bunda tashlashni bajarish texnikasi xatolarsiz anik amalga oshirilishi lozim. Bu tezkorlik-kuch sifatlarini tashlash texnikasini yaxshilash bilan birgalikda rivojlantirishga yordam beradi. Tanlab-yo`naltirilgan mashklar uslubi asosan organizmning morfofunktsional xossalarini yoki aloxida xarakat sifatlarini takomillashtirishga yo`naltirilishi bilan tavsiflanadi. Masalan, Kurashchining ko`l kuchini rivojlantirishga karatilgan ogirliklar bilan mashklarni bajarish xarakat malakalarini saklab turish va takomillashtirish, erishilgan funktsional imkoniyatlar darajasini saklash xamda oshirish uchun ikkita uslublar guruxi ko`llaniladi: andozali - takroriy mashklar uslublari xamda variantli (o`zgaruvchan) mashklar uslublari. Andozali - takroriy mashklar uslublari berilgan xarakatlar yoki aloxida mashgulotlarni ularning tuzilmasi xamda nagruzkaning tashki parametrlarini o`zgartirmagan xolda takroran bajarish bilan tavsiflanadi. Bu uslublar xarakatlarni mustaxkamlashda, shuningdek organizmning ma`lum bir faoliyatga moslashishiga yordam beradi. Masalan, egilib tashlashni mustaxkamlash uchun ko`p marta takrorlanadi. Variantli (o`zgaruvchan) mashklar uslublari ta`sir etuvchi omillarni mashk borishi davomida o`zgartirib turish bilan tavsiflanadi. Bunga usulni bajarish tezligi, bellashuvni olib borish sur`ati, dam olish oraliklarini o`zgartirib turish, bellashuvda rakiblarni almashtirish yo`li bilan erishiladi. Andozali - takroriy va variantli (o`zgaruvchan) mashklar uslublari, o`z navbatida, nagruzkalar uygunlashishi va mashklarni bajarish paytidagi dam olishlarga karab, ikkita kichik guruxlarga ajratiladi: uzluksiz (yaxlit) nagruzka tartibidagi mashklar uslubi va oralikli nagruzka tartibidagi mashklar uslubi. Birinchi xolda beriladigan trenirovka nagruzkasi dam olish oraligi bilan to`xtatilishi mumkin emas. Xamma nagruzka tugagandan so`ng dam olish beriladi. Masalan, parterda 10 minut ichida texnik-taktik xarakatlarni takomillashtirish. Ikkinchi kichik gurux nagruzkalarning uzilishi bilan ajralib turadi va rejalashtirilgan dam olish oraliklari bilan almashtirib turiladi. Masalan, tik turishda texnik-taktik xarakatlarni kuyidagi formula bo`yicha takomillashtirish: 3 minutdan 3 marta, dam olish oraliklari - xar bir 3 minutdan so`ng 2 minutdan.Qat`iy tartiblashtirilgan mashklarning xamma sanab o`tilgan uslublari trenirovka mashgulotida turli xil uygunlikda berilgan. Masalan, kuyidagi mashk uslublari: andozali - takroriy mashklar uslubini o`sib boruvchi nagruzka bilan birlashtirish mumkin. Ma`lum bir mashgulotlarga birlashtirilgan mashklar uslublarining turli xil birikmalari ―aylanma trenirovka‖ deb ataladi. Ma`lum bir tartibga soluvchi sxemaga muvofik tanlangan va kompleks xolda birlashtirilgan jismoniy mashklarning bir nechta turlarini seriyalab (yaxlit yoki oralikli) takrorlash ―aylanma trenirovka‖ asosini tashkil kiladi. 1. Orkada yotib, ko`llar bosh orkasida, ―ko`prik‖ xolatida turish, boshga tiralib, prujinasimon chaykalishlarni bajarish. 2. Birinchi sherik orkasida yotadi, o`ng va chap tomonidan burchak ostida tekis oeklarini ko`taradi xamda tushiradi; ikinchisi cho`kkalab o`tirgan xolatda tana ogirligi markazini bir oyokdan ikkinchisiga o`tkazadi va rakib bilagiga tayanib bo`sh oyogini tizzalardan tekis to`grilaydi. 3. Sheriklar bir-biriga orkasi bilan polda o`tiradilar, tirsaklardan ko`llarini birlashtirib, rakib orkasiga tayangan xolda gavdani egish va yozishni bajaradilar. 4. Sheriklar bir-biriga yuzlari bilan karab turadilar va, ko`llari bilan bo`yinlaridan ushlab olib, kuch bilan rakib bo`ynini egishga xamda uni muvozatdan chikarishiga intiladilar. 5. Birinchi sherik orkasida yotib, ikkinchisining oyogini ko`llari bilan ushlab oladi, ikkinchisi birinchi sherikning oyogini ko`taradi, kurakda turishga chikish uchun yordamlashadi. 6. Sheriklar bir-birlariga orka kilib polda o`tiradilar, oyoklar orasi ochilgan, ko`llarni tirsaklarda birlashtirilgan xolda rakibni o`z tomoniga ogdirish uchun kuch bilan bellashadilar. 7. Sheriklar to`shak o`rtasida orkama-oldin turib oladilar, ikkinchisi kuch ishlatib, sherigini orkasiga turtib, uni to`shakdan chikarib yuborishga xarakat kiladi. 8. Ko`l panjalari bilan birgalikda bloklarga burash xamda yukni (girya, shtanga toshi va x.k.) chikarib olish. 9. Sheriklar bir-biriga yuzma-yuz turadilar, ko`llari bilan gimnastika tyokchasini ushlagan xolda uni sherigidan tortib olishga xarakat kiladilar. 10. Sheriklar oyoklarini yelka kengiligida ochib, bosh ustida ko`llarini ushlab turadilar. O`ng va chap tomonlarga birgalashib aylantirish. 11. Gimnastika devorchasiga ko`l va oyoklar yordamida tezlik uchun yukoriga xamda pastga chikib-tushish. 12. Birinchi sherik devor oldidigai osma turnik tagida uni ko`llari bilan ushlagan xolda yotadi, ikkinchisi - turnikka yukoridan tayanib, kullarini bukib-yozishni bajaradi. 13. Gimnastika devorchasiga orka bilan turib zinalardan ko`l bilan chikib ―ko`prik‖, xolatiga o`tish va dastlabki xolatga kaytish. 14. Sheriklar bir-biriga orka bilan turib yukoridan ko`llarini ushlaydilar, navbatma-navbat rakibni orkasida ko`tarib, oldinga engashishlarini bajaradilar. 15. Yelkasida yotgan rakibni gimnastika o`rindigi bo`ylab olib o`tish. Sportchining oldinda turgan musobaka faoliyatiga moslashishi uni mas`uliyatli musobakalarga tayyorlashda katta axamiyatga ega. Buning uchun trenirovka jarayonida oldinda turgan bellashuvlar xususiyatlarini kisman bo`lsa xam modellashtirish lozim. Bu musobaka uslubidan foydalanish xisobiga erishiladi. Musobaka uslubi jismoniy, iroda va ma`naviy sifatlarni rivojlantirish, texnik-taktik xarakatlarni takomillashtirish uchun ko`llaniladi. Trenirovkada o`yin uslubi xam katta axamiyatga ega. Undan foydalanib, bir xildagi trenirovka ishini bajarishda kulay emotsional xolatni yaratish, shuningdek chakkonlik, mo`ljallash tezligi, topkirlik, mustakillik, tashabbuskorlik kabi sifat xamda kobiliyatlarni takomillashtirish mumkin. Download 46.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling