Kurash turlarining texnikasi va taktikasi
Download 152.13 Kb.
|
KURASH TURLARINING TEXNIKASI VA TAKTIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurashchining ximoyalanish ushlashlari
- O ralik masofalar Kurashchilarning oraliq, masofalari 5 xil bo’ladi: 1. Ushlashsiz masofa
- 7-rasm. Belbog’li kurash texnikasi va taktikasi
5-rasm. Ushlashlar
Kurashda raqibni ushlashning xilma-hil turlari mavjud bo’lib, tajribali va yuqori toifadagi kurashchilar ushlashlar turini yaxshi o’zlashtirgan, xar biri qaysi bir usul qanchalik samarali ekanligini puxta o’rganib chiqgan. Kurashchi usul bajarish uchun qulay ushlashi: bu ushlash ayniqsa raqib o’z ushlashini amalga oshirish uchun xarakat qilganda bajariladi. Kurashchining raqib ushlashiga javob ushlashi: Raqib o’z qulayligini xisobga olib ushlaganda kelib chiqadigan qulay imkoniyatdan foydalanib ushlash, bunday ushlashda ham usul bajarish mumkin. Kurashchining ximoyalanish ushlashlari: Raqibni usul bajarishiga imkon bermaydigan, unga xalaqit beradigan noqulay ushlash. Ammo bunday ushlash ham ayrim xollarda usul bajarishga imkon beradi. Ushlashlar jarayonida qo’yidagi qoidalarga qat’iy rioya qilinishi shart: 1. Ushlash paytida qullar erkinroq saqlansa, ular tez toliqmaydi va raqibga ta’sir ko’rsatish chaqqonlik bilan amalga oshiriladi. Ushlashni eng qulayini bajarib, texnik usulni tezkorlik bilan almashtirish kerak, aks xolda raqib o’zini himoyalashga ulguradi. 3. Kurashchi o’z arsenalida xar hil ushlashlarni puxta o’zlashtirgan va ular yordamida xar hil texnik usullar ko’rsata bilishi shart. O ralik masofalar Kurashchilarning oraliq, masofalari 5 xil bo’ladi: 1. Ushlashsiz masofa — kurashchilar bir-birlarini biron joyidan ushlamasdan, ammo ushlash uchun qulay fursatni poylab xar hil xarakatdagi xolatlari (6-rasm). 6-rasm. 2. Kurashchilarning uzoq, masofa — kurashchilar bir-birlarining bir yoki ikkala yenglaridan ushlab turishlari (7-rasm) 7-rasm. Belbog’li kurash texnikasi va taktikasi Belbog‘li kurash usulida kurashchining turish holati majburiy ixtiyoriy shaklda bo‘ladi. CHunki kurashchilar belbog‘ni ushlagandan so‘ng raqibining holatiga muvofiq harakat qiladilar. shunga qaramay kuchli va tajribali kurashchilar belbog‘dan ushlash bilanoq raqibni o‘z harakatlariga bo‘ysundirishga erishadilar. Mohir kurashchilar belbog‘dan ushlash bilan usul qo‘llashga harakat qiladi. Ayniqsa bo‘ holat kichik va o‘rta vaznli kurashchilarda kuzatiladi. Og‘ir vaznli kurashchilarning harakatlari salobatli va sekin bo‘lganligni uchun dastlabki daqiqalar bir birini nazorat qilish, usul qo‘llashga payt poylashdan iborat bo‘ladi. Belbog‘li kurash usullarida qarshi harakatlar va qarshi hujum qo‘llash imkoniyati chegaralangan bo‘lib, bunda kurashchidan katta kuch va maxorat talab qilinadi. SHuning uchun kurash harakatida usul qo‘llashga birinchi uringan, tezkor va kuchli kurashchi usulni samarali bajarishga erishadi. Kurash boshlanishidan avval kurashchilar belbog‘larni ko‘krak qismidan erkin shaklda o‘lchanib dastlab qizil belbog‘li kurashchi belbog‘ni ushlaydi, so‘ng raqib belbog‘ni ushlab olishga qulay sharoit yaratib beradi. Kurashchilar belbog‘dan ushlashgandan so‘ng bellarini orqaga qilib, yarim egilgan holda hakam buyrug‘i bilan bellashuvni boshlaydilar. Kurash dastlab boshlanishida kurashchining boshi raqibning elka qismida turadi va oyoqlari bilan yon tomonga, orqaga va oldga siljish harakatlari bajaradi. SHu yo‘sinda harakatning uyg‘unlashuvi va raqibning harakatlarini nazorati susayganda usul qo‘llashga eng samarali sharoit sodir bo‘ladi. Kurashchilarning turish harakatlari va belbog‘dan ushlash shakllarini rivojlantirishda dastlabki sport tayyorgarlik guruhi a’zolari kurashchilarida bu harakatlar malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishga katta e’tibor qaratiladi. Kurashchilarni turish va belbog‘dan ushlash harakatlar texnikasini o‘rgatishda yosh kurashchilarga belbog‘dan o‘zlariga qulay ushlashga o‘rgatish hamda bellashuvning birinchi soniyasidan mustahkam turish holatini tanlashga erishishni o‘rgatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bellashuvning daslabki harakatlarini boshlash malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirishda kurashchilarni navbat bilan belbog‘dan ushlab bir birini o‘ziga tortish hamda belbog‘dan qattiq siqib raqibni ko‘krak oldida baland ko‘tarish harakatlarini bajarish tavsiya etiladi. Bebog‘li kurash usullarida asosiy kurash harakatlaridan siltash, kiftlash, bosish, tizzaga mindirish, to‘sish, bosma, qayirma, yonbosh, chalaqaytarma, qaytarma, qadamlash, aylantirish, ilish, hamda chalg‘itish usullari qo‘llaniladi. “Siltash” usuli. Belbog‘li kurashda kurashchilar usulni boshlada siltash usulidan foydalanadilar. Siltash usuli aslida kurashchini muvozanatdan chiqarish usuli bo‘lib hisoblanadi. Siltash bilan kurashchini oldga, orqaga va ikki yon tamonga yiqish mumkin. Bunda raqibni belbog‘dan siqib, orqa tamonga itarib muvozanatdan chiqarish, belbog‘dan qattiq ushlab old tamonga tortish, belbog‘dan ushlab yon tamonlarga surish bilan kurashchini muvozanatdan chiqariladi. Bu harakatlarni bajarishda belbog‘ni burab qattiq siqib ushlash harakatni oson bajarishga yordam beradi. Kurashchini orqaga itarish bilan uni o‘tirgizib qo‘yish mumkin. Kurashchini oldiga tortish bilan esa tizzilatib qo‘yiladi. YOn tamonlarga surishda esa raqib o‘z oyoqlariga chalishib qolib yiqiladi. “Kiftlash” usuli. Bu usul oyoq va qo‘l hamda elka yordamida bajarish shakllari mavjud. Bu harakatlarda kurashchi raqibni o‘ziga ortadi va oyoq yoki qo‘l va elka yordamida tepaga qaratib turtki - kift beradi. “Bosish” usuli. Bosish usuli asosan qarshi harakat usuli hisoblanib raqib usulni to‘liq bajara olmaganida kurashchi bu usulni amalga oshiradi. Kurashchi muvozanatini yo‘qotgan raqibini belidan qattiq siqib o‘ziga tortish bilan bir vaqtda ko‘kragidan bosh yoki jag‘i yordamida butun gavdasi kuchi bilan itarib, pastga bosadi. “Tizzaga mindirish” usuli. Bu usulni qo‘llash kurashchi raqibni dast ko‘tarib amalga oshiradi. Ko‘tarish usullari shakllari raqib o‘ng oyog‘i oldida bo‘lganda kurashchi o‘ng oyog‘i raqib oyoqlari orasiga qadamlab kiritilib, o‘ng oyoq tizzasi yordamida ko‘tarish va o‘nga burish, tizza yordamida shu tamonga uloqtirish bajariladi. Raqibning chap oyog‘i oldida bo‘lganda , chap oyoq oldiga qo‘yilib kiftlanadi va yon tamonga buriladi, raqib tizza yordamida burilgan tomonga uloqtiriladi. “To‘sish” usuli. Belbog‘li kurashda ko‘p uchraydigan usullardan biri hisoblanadi. Bu sulni qo‘llashda kurashchi raqibning oldga qilgan harakatiga qarshi o‘laroq harakatlanib raqib yon tamoniga o‘tadi va shu tamonga raqibni aylantirib uloqtiradi. Raqibni o‘ng tamoniga kurashchi o‘tganda o‘ng tamonga aylantirib, chap tamoniga o‘tganda chap tamonga aylantirib uloqtirish mumkin. Ro‘paradan kelganda esa kurashchiga eng qulay va takomillashgan uloqtirish tamoniga tashlash mumkin. “Bosma” usuli. Bu usulda kurashchi raqibni siqib dast ko‘tarib, yana shu joyni o‘ziga bosib tashlash shaklida bo‘ladi. Bu usulni qo‘llashda kurashchi raqibini qattiq o‘ziga tortib siqib ushlashi va siltab muvozanatdan chiqarishi hamda raqibni bosib yiqitish bilan usulni yakunlaydi. Usulni bajarishda raqibning o‘ng oyog‘i oldida bo‘lsa kurashchi ham o‘ng oyog‘ini oyoqlar orasiga qadamlab kiritib kiftlanadi, raqib chap oyog‘i oldida bo‘lsa kurashchi chap oyog‘ini oldinga tashlab kiftlanadi. Harakatlar ko‘tarilgan raqibni bosish bilan chyakunlanadi. “Qayirma” usuli. Bu usulni kurashchi raqibni ko‘tarib olgandan so‘ng bajaradi. Raqibni oyoqlari oldiga qo‘yilishiga muvofiq usul qo‘llaniladi. Raqib o‘ng oyog‘i oldida bo‘lsa, kurashchi ham o‘ng oyog‘i bilan kiradi, raqib chap oyog‘i oldida bo‘lsa kurashchi chap oyog‘ini oldiga tashlab kiradi. Harakatlarda tizza yordamida kiftlanadi va oyoqlarga qarama qarshi tamonga raqib qayirib uloqtiriladi. Bu usulda kurashchi raqibni ko‘tarmasdan qayirishi ta’qiqlanadi. “YOnbosh” usuli. Qayirma usuliga deyarli o‘xshash bo‘lsada, harakatlari tez va raqibni aylantirish hisobiga usul chiroyli va jozibali chiqadi. Bu usulni qo‘llashda kurashchi tikkalanishi va raqibni kuch bilan o‘ziga tortishi hamda kiftlab bir oz aylantirishi kerak bo‘ladi. Kuchli kurashchilar egilib olgan raqibni ham katta kuch bilan o‘ziga tortib olib bu usulni muvaffaqiyatli bajara oladilar. “CHalaqaytarma” usuli. Bu usul oyoq, qo‘l va elka yordamida bajariladi. Usulni oyoq yordamisiz bajarish shakli ham mavjud. Bu usulni qo‘llashdan oldin kurashchi raqibni kiftlash bilan ko‘tarib oladi va birinchi oyoq bilan qadamlab raqib oyog‘i orasiga kiritiladi, ikkinchi oyoq bilan esa raqib yon tamoniga o‘tiladi va u dast ko‘tarib qaytarib tashlanadi. Download 152.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling