Kurs guruh talabasi ning


Atrof-muhit muammolari yuzaga kelishida iqtisodiyotning roli


Download 39.34 Kb.
bet3/5
Sana09.04.2023
Hajmi39.34 Kb.
#1346273
1   2   3   4   5
Bog'liq
KELAJAKDAGI ATROF-MUHIT

Atrof-muhit muammolari yuzaga kelishida iqtisodiyotning roli

Odamlarning atrofdagi tabiiy muhitga munosabati hamda jonli va jonsiz tabiat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar mohiyatini tushuntiruvchi bilimlarga bo‘lgan ehtiyojlar juda qadim zamonlarda paydo bo‘lgan. Ekologiya fanining yuzaga kelganiga ham 150 yildan ortiq bo‘ldi, ammo alohida fan sifatida XX asrning ikkinchi yarmidan rivojlanib kelmoqda. Amerikalik olim Ch.Adams (1913) ekologiya to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirib, chop ettirdi. Ekologiyada organizm bir butun tizim sifatida ko‘riladi. U tashqi muhit bilan o‘zaro birgalikda harakatlanadi, bir-biriga yordam qiladi. Bugungi kunga kelib, ekologiya sof biologik fanlar tizimidan ajralib chiqib, mazmuni kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining ta’siri natijasida ekologiya tushunchasi o‘ta kengayib keldi. Insonning tashqi muhitga munosabati boshqa tirik organizmlardan tubdan farq qiladi. Ekologiya fani tabiat bilan tirik organizmlarning uzviy bog‘lanishini ifoda etar ekan, u, shubhasiz, tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asosini tashkil etadi. O‘rta Osiyo mutafakkirlaridan Muhammad al-Xorazmiy (782- 850), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino (980- 1037), Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) asarlarida, xususan, Abu Rayhon Beruniy tadqiqotlarida odam bilan tabiat o‘rtasidagi aloqadorlik, muvozanat va munosabat masalalari, o‘simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlari, ularning tarqalishi, tabiatdagi ahamiyati bayon etilgan.
Buyuk alloma Muhammad Muso al-Xorazmiy (782-850) 847-yilda “Kitob sur’at al-arz” nomli asarini yozdi. Unda dunyo okeanlari, quruqlikdagi materiklar, qutblar, ekvatorlar, cho‘llar, tog‘lar, daryo va dengizlar, ko‘llar, o‘rmonlar hamda undagi o‘simlik va hayvonot dunyosi, shuningdek, boshqa tabiiy resurslar– yerning asosiy boyliklari haqida ma’lumotlar keltirilgan. O‘rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-falsafiy fikrining eng yirik va mashhur vakillaridan Abu Nasr Forobiyning (870-910) ilmiyfalsafiy merosi nihoyatda boy. Uning asarlarida tabiatshunoslik ilmi, ilmiy-amaliy faoliyat va hunarmandchilik masalalari yoritilgan. Forobiyning “Insoniyatning boshlanishi haqidagi kitob”, “Hayvon a’zolari to‘g‘risida kitob” nomli asarlarida, shuningdek, “Odam a’zolarining tuzilishi” kabi asarlarida odam va hayvonlar ayrim a’zolarining tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari, ularning o‘xshashligi va farqlari haqida keltirilgan. Forobiy tabiiy va inson qo‘li bilan yaratiladigan sun’iy narsalarni ajratgan. U tabiiy narsalar tabiat tomonidan yaratilgan, degan xulosaga keladi. Inson omilining katta ekanligini, tabiiy va sun’iy tanlash hamda tabiatga ko‘rsatiladigan boshqa ta’sirlarni atroflicha baholagan.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) koinotdagi hodisalarni taraqqiyot qonunlari va narsa-hodisalarning o‘zaro ta’siri bilan tushuntirishga urinadi. Olim yerdagi ba’zi hodisalarni quyoshning ta’siri bilan izohlaydi. Inson tabiat qoidalariga rioya qilgan holda borliqni ilmiy ravishda to‘g‘ri o‘rgana oladi. Beruniy fikricha, yerdagi o‘simlik va hayvonlarning yashashi uchun zarur imkoniyatlar cheklangandir. Lekin o‘simlik va hayvonlar cheksiz ko‘payishga intiladi va shu maqsadda kurashadi. “Ekin va nasl qoldirish bilan dunyo to‘lib boraveradi”.
Beruniy “Saydana” nomli asarida 1116 tur dori-darmonlarni tavsiflagan. Ularning 750 tasi turli o‘simliklar, 101 tasi hayvonlar, 107 tasi esa minerallardan olinishi bayon etilgan. Abu Ali ibn Sino (980-1037) jahon madaniyatiga yuksak hissa qo‘shgan olimlardan biridir. Uning 450 tadan ortiq asarlari ma’lum. Bizgacha ulardan 240 tasi yetib kelgan. Ibn Sino asarlari orasida “Tib qonunlari” shoh asari tibbiyot ilmi tarqalishining oliy cho‘qqisi hisoblanadi. Kishi organizmiga tashqi muhit ta’sirini bilgan alloma ayrim kasalliklar suv va havo orqali tarqalishi haqida fikr bayon etgan. Ya’ni u kasallikning yuqishi masalasini hal etishga yaqinlashgan
edi.
Abu Ali ibn Sinoning falsafiy va tibbiy ilmiy qarashlari uning jahonga mashhur asari “Kitob ash-shifo”, ya’ni “Davolash kitobi”da bayon etilgan bu asarda materiya, fazo, vaqt, shakl, harakat, borliq kabi falsafiy tushunchalar, shuningdek,
matematika, kimyo, botanika, zoologiya, biologiya, astronomiya, psixologiya kabi fanlar haqida fikrlar bayon etilgan.



  1. Download 39.34 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling