Kurs guruh talabasi ning


Ekologik iqtisodiyot va atrof-muhit


Download 39.34 Kb.
bet4/5
Sana09.04.2023
Hajmi39.34 Kb.
#1346273
1   2   3   4   5
Bog'liq
KELAJAKDAGI ATROF-MUHIT

Ekologik iqtisodiyot va atrof-muhit

Ekologiya fani biologiyadan ajralgan holda mustaqil ravishda juda keng miqyosda rivojlanib borayotgan makroekologik fanga aylandi. Uning tarkibida bir necha mustaqil bo‘limlar yoki ilmiy yo‘nalishlar mavjud. Bularning barchasi ekologiyaning boshqa fanlar bilan yaqindan aloqada bo‘lishi, o‘z navbatida, ularni ekologiyaning tadqiqot usullaridan foydalanib, mavjud masalalarni muvaffaqiyatli hal qilayotgani bilan bog‘liq.
Makroekologiyaning tuzilishida quyidagi asosiy bo‘limlarni ajratish mumkin: umumiy ekologiya, bioekologiya, geoekologiya, inson ekologiyasi, ijtimoiy ekologiya, tabiatdan foydalanishning ekologik iqtisodiyoti, amaliy ekologiya va hokazo. Har bir bo‘lim o‘z navbatida kichik bo‘limlardan tashkil topgan, ular yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa fanlar va ekologiyaning boshqa bo‘limlari bilan aloqada bo‘ladi. Umumiy ekologiya yagona fundamental ilm asosida barcha ekologik yo‘nalishlar va uslublarni o‘z ichiga olgan ekologiya hisoblanadi. Uning negizi nazariy ekologiya bo‘lib, ekologik tizimlar mavjud bo‘lishining umumiy qonuniyatlarini aniqlaydi.
Ekologik jarayonlarni tajriba yo‘li bilan o‘rganish ekologiyada ko‘p qo‘llaniladi. Eksperimental ekologiya yutuqlaridan fanning boshqa bo‘limlarida keng miqyosda foydalaniladi. Shuningdek, ba’zi jarayonlar modellashtirish usulida o‘rganiladi, masalan, sun’iy laboratoriya ekologik tizim modeli, matematik model va hokazo. Bu jihatdan matematik modellashtirish keyingi vaqtda amalda keng qo‘llanilmoqda va u nazariy ekologiyaning asosini tashkil qiladi.
Umumiy ekologiyadan turli ekologiyalar, ekologik yo‘nalishlar ayrim fanlarning bo‘limi sifatida rivojlanmoqda. Jumladan, fiziologik ekologiya, palekologiya, evolyutsion ekologiya, morfologik ekologiya, dengiz va chuchuk suv ekologiyasigidroekologiya, odam ekologiyasi, ijtimoiy ekologiya va hokazo. Biologik ekologiya – ekologiyaning asosi. Uning asosiy qismi tizimli ekologiya bo‘lib, turlar (autekologiya), populyatsiya (populyatsion ekologiya yoki demoekologiya), ko‘p turli turkumlar, biotsenozlar (sinekologiya), ekologik tizimlar
(biogeostenologiya, ekotizimlar to‘g‘risida ta’limot) kabi qismlarni birlashtiradi. Evolyutsion ekologiya ekologik omillarning evolyutsiyadagi ahamiyati to‘g‘risidagi ta’limotdir.
Geoekologiya – tirik organizmlarning atrof-muhit bilan bo‘lgan munosabatlarini geografik nuqtayi nazardan o‘rganadi. Bu munosabat tabiiy jihatdan chegaralangan geografik majmualarda sodir bo‘lib, barcha ekologik qonuniyat va qonunlar mazkur hududlarda o‘rganiladi. Palekologiya tabiatdan yo‘qolib ketgan organizmlar, turlar, guruhlarning ekologiyasini o‘rganadi.
Evolyutsion ekologiya tabiatdan populyatsiyaning o‘zgarib, rivojlanib turishini, ekologik mexanizmlarni o‘rganadi. Amaliy ekologiya amaliy biologiya faniga mansub bo‘lib, tabiiy ekosistemalar, ularning turli guruhlari, a’zolarini amaliy holda o‘rganadi.
Odam ekologiyasi fanlar majmuasi bo‘lib, odamning individ (biologik tur sifatida) va shaxs (ijtimoiy subyekt) sifatida uni o‘rab turgan atrof-muhit va ijtimoiy muhit bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatini tadqiq qiladi. Odam ekologiyasininig muhim xususiyati ijtimoiy-biologik yondashuv – biologik va ijtimoiy aspektlarning to‘g‘ri muvozanatda bo‘lishidir. Ijtimoiy ekologiya odam ekologiyasining bir qismi sifatida ijtimoiy tuzilmalar (oila va boshqa ijtimoiy guruhlar)ning ularni o‘rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit orasidagi aloqalarini o‘rganadi. Bu to‘plamga odam populyatsiya ekologiyasi, aholishunoslik ekologiyasi – ekologik demografiya, etnoslar ekologiyasi va etnogenez ekologiyasi – irq va millatlar kiradi.
Ijtimoiy ekologiyaga taraqqiyot (sivilizatsiya) va evolyutsion (tarixiy) ekologiya ham kiradi. Inson ekologiyasi – insonning tashqi muhitga munosabati boshqa tirik organizmlardan tubdan farq qiladi. Inson ekologiyasi yangi fan sifatida 1921-yil amerikalik olimlar Borjes va Park tomonidan kiritilgan.
Dastlabki inson ekologiyasi tibbiy soha bo‘limi sifatida qaralib, keyinchalik uning ijtimoiy, texnik, ma’muriy, iqtisodiy va huquqiy tomonlari ham o‘rganildi.

Xulosa
Ekologik holatning oldini olish maqsadida inson ekologik madaniyat to‘g‘risidagi bilimlarni chuqur egallashi kerak bo‘ladi. Ya’ni ekologiya bo‘yicha madaniyatli inson, avvalo, tabiatning rivojlanish qonuniyatlarini anglab yetishi zarur, o‘z faoliyati ta’sirining yaqin va uzoq kelajakdagi oqibatlarini inobatga olishi
darkor. Shu ma’noda ekologik madaniyat umuminsoniy ma’naviyatning moddiy hamda axloqiy faoliyat mahsuli sifatida aks etgan tarkibiy qismi ekanini anglab yetishi lozim.
Ekologik madaniyat tarqqiyoti, o‘z navbatida, ekologik ta’limtarbiya hamda ma’lumotlarni aholi o‘rtasida ma’rifatning hamma usullaridan foydalanib, ommaga yetkazish bilan chambarchas bog‘liqdir.


Download 39.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling