kurs Iqtisodiyot Esonova Maftuna Ijtimoiy va texnologik innovatsiyalarni o’zaro bog’liqligi


Download 0.56 Mb.
bet4/7
Sana08.01.2022
Hajmi0.56 Mb.
#246528
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
21 тема индус топширик

3 Milliy innovatsion tizim

Milliy innovatsion tizim (MIT) bu xususiy va davlat institutlari va tashkilotlarining to’ri bo’lib ularning faoliyati va o’zaro xamkorligi yangi texnologiyalarni yaratish, o’zlashtirish, takomillashtirish va tarkatishga olib keladi. O’zbekistonda mavjud bo’lgan MIT hali ham shakllanish bosqichida (sxemaga qarang).



Innovatsion faoliyat qonunchiligi tizimi uch bosqichdan iborat 1 bosqich: Umumiy fuqarolik qonunchiligi.Unga O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksinining ikki qismi va umumiy fuqarolik qonunchiligiga tegishli O‗zbekiston Respublikasi bir qator qonunlari kiradi.



Milliy  innovatsion  tizimni  shakllantirish  vazifalari  ro’yxati  yuqorida 
ko’rsatib  o’tilganidek,  innovatsion  faoliyat  ishtirokchilar  doirasi  kabi 
muhim ahamiyatga ega bo’lsada, lekin to’liq emas.  
Milliy innovatsion tizimni (MIT) yaratish bosqichlari, tarkibi, maqsadi 
va mazmunini quyidagicha ifodalaymiz:
1.MIT  yaratishdan  maqsad  –  shu  hujjatda  e’lon  qilingan  fan  va 
texnologiyalar sohasida davlat siyosati maqsadlarini amalga oshirish, ya’ni 
tanlab olingan ustuvorliklar asosida mamlakat rivojlanishining innovatsion 
yo’lini ta’minlash hisoblanadi.  
2.MIT  mazmuni.  Belgilangan  maqsaddan  kelib  chiqqan  holda 
yaratilayotgan  tizim  ko’p  darajali  xarakterga  ega  bo’lishi  hamda 
innovatsion jarayon bosqichlari va boshqaruv darajalari bo’yicha bir qator 
elementlarni  qamrab  olishi  va  ularni  yakuniy  natijalarga  yo’naltirishi 
lozim. 
Innovatsion jarayon bosqichlari bo’yicha MIT quyidagilarning optimal 
aloqada bo’lishini ta’minlashi zarur: 
-tabiat,  texnika  va  jamiyat  rivojlanishining  yangi  qonuniyatlarini 
ochish va ulardan dolzarb global va milliy muammolarni hal qilish, 
noosferaning  shakllanishi  va  barqaror  rivojlanishda  tabiiy  muhit 
bilan  o’zaro  aloqada  foydalanishga  yo’naltirilgan  fundamental  va 
izlanuvchan tabiiy-ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar
-mahalliy  tovar,  xizmat  va  texnologiyalar  raqobatbardoshligini 
ta’minlovchi ixtirolar va boshqa original fan-texnika yechimlari
-istiqbolli  fan-texnika  g’oyalari  va  ixtirolarni  yangi  mahsulot  sinov 
namunalari  va  sinalgan  ilg’or  texnologiyalar  ko’rinishiga keltiruvchi  hamda  ularni  innovatsiyalarga  amalga  oshirishda 
mualliflik  nazoratini  amalga  oshiruvchi  amaliy  tadqiqotlar  va 
konstruktorlik loyihalari

4 Innovatsion iqtisodiyotning asosiy unsurlari

XX asrning oxirida va shu asrning boshlarida insoniyat o’z rivojlanishidagi postindustrial iqtisodiyot yaratish davriga kirdi va unda asosiy o’rinni informatsion texnologiyalar, kompyuterlashtirilgan tizimlar, yuqori darajada integrallashgan moslashuvchan intellectual ishlab chiqarish texnologiyalari hamda ularga asoslangan innovatsion texnologiyalar, innovatsion tizimlar va turli xildagi faoliyat turlarini innovatsion tarzda tashkil qilish egallaydi. Postindustrial iqtisodiyotni yaratishning oxirgi natijasi to’laqonli innovatsion iqtisodiyotning tashkil bo’lishidir va xuddi shu mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy strategik rivojlanish yo’nalishi bo’lishi lozim. Yangi turdagi ilmiy-amaliy bilimlar hosil qilish va ular asosida yaratilgan innovatsion texnologiyalarni davlatning ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishi yo’nalishida samarali ravishda ishlatish mamlakatimizning jahon xamjamiyatidagi o’rni va milliy hafsizlikning asosi hisoblanadi. Rivojlangan davlarlarda yalpi ichki mahsulot (YIM) o’sishining 80-95%-i texnika va texnologiyada aks etgan bilimlarga to’g’ri keladi /14/. Shuning uchun ham zamonaviy innovatsion iqtisodiyotning asosiy belfilarini quyidagilardir deyishimiz mumkin:

 Iqtisodiyotning barcha sohalarida zamonaviy information texnologiyalar va kompyuterlashtirilgan tizimlarning mavjudligi;

 Rivojlangan milliy information zahiralar yaratishni ta’minlab

beradigan rivojlangan zamonaviy infratuzilmaning borligi;  Jamiyat hayotining barcha sohalardagi ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini tezkorlik bilan kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish amalga oshirilganligi;

 Funktsional ko’rinishdagi turli xil innovatsiyalarni yaratish (yoki boshqa mamlakatlardan ijobiy ravishda o’zlashtirish) amalga oshirilib, ularning tezkorlik bilan amaliyotga tadbiq qilinganligi;

Jahon miqyosidagi zamonaviy innovatsion talablarga mos ravishda malakali ilmiy-texnik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning o’ta moslashuvchan tizimini yaratish. Innovatsion faoliyatning asosiy maqsadlari mahsulot ishlab chiqarish miqdori va sifatini oshirgan holda, uning tannarxini minimallashtirish va texnoligik, tashkiliy hamda insoniy zahiralarning sifatini oshirib, ularni ilg’or halqaro talablarga moslashtirishdir. Yuqori darajada samarador bo’lgan yangi innovativ texnologiyalarni hayotga tadbiq qilishda quyidagi natijalar eng asosiy ahamiyatga egadir:

 Ishlab chiqarish va boshqaruvda qo’l mehnati ulushini iloji boricha kamaytirish va mehnat sharoitlarini yaxshilash;

 Ishlab chiqarish jarajonining to’xtamasligi va stabilligini ta’minlash, ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan vaqt yo’qotishlarini bartaraf qilish;

 Mahsulot birligiga to’g’ri keladigan material sarfi, energiya sarfi va mehnat sarfini iloji boricha kamaytirish;

 Ishlab chiqarishda ishlatiladigan asbob-uskuna, mexanizm va qurilmalarning samaradorligini oshirish;

 Tijorat (kommertsya) asosida yaratilgan (yoki boshqa

rivojlangan mamlakatlardan olib keilb qo’llanilayotgan) innovatsiyalarni boshqa turdosh korxonalarga tarqatish. Jahon iqtisodiyotining rivojlanish yo’nalishi shuni ko’rsatadiki, bozor iqtisodiyoti sari yo’l olgan barcha mamlakatlardan faqatgina 10% zigina rivojlangan davlatlar maqomiga ko’tarila oladilar. Bular jumlasiga mamlakatdagi iqtisodiy, madaniy va ma’naviy siyosatni eng to’g’ri yo’lga qo’yganlar kiradi. Ulardan esa faqat 7-8 tasinigina yuqoridarajada rivojlangan davlarlar sirasiga kiritish mumkin, chunki ulargina 50 ta makrotexnologiya bo’yicha birinchilikni egallab turib, ular jahon miqyosidagi ilmiy-innovatsion toifadagi mahsulotlarning 92% ni ishlab chiqaradilar. Bunda shu turga mansub mahsulotlarning 37% ni AQSH, 26% ni Yaponiya, 14% ni Germaniya va 6% ni Xitoy ishlab chiqaradi /12/. Ekspertlarning bashoratlariga ko’ra, 2014 yilda ilmiy xarakterga ega bo’lgan mahsulotlarning jahon bozori 3,9 trillion dollarni tashkil qilib, ulardan 1,9 trillioni information texnologiyalarga to’g’ri kelar ekan. Bizning mamlakatimiz ham rivojlangan davlatlar hamjamiyatiga kirish uchun bu bozorda o’ziga mos bo’lgan ulushga ega bo’lishi kerak albatta. Intellektual mulk ob’ektlariga litsenziyalar bo’yicha jahon miqyosidagi savdo hajmi yiliga 12% dan ko’payayapti. Xuddi shu vaqtda butun jahonda mahsulot ishlab chiqarishning o’sish hajmi yiliga 2,5-3% ni tashkil qiladi. Amaliyotdan ma’lum bo’lishicha, inniovatsion sohaning (ilm-fan, texnologiyalar va bilim talab qiladigan sohalar) rivojlanish darajasi barqaror iqtisodiy o’sishning asosini yaratadi va boy hamda qashshoq mamlakatlar orasidagi o’ziga xos chegarani aniqlab beradi. Shuning uchun ham milliy innovatsion tizimlarni tashkil qilish va rivojlantirish jahon iqdisodiyoti o’sishining asosiy faktori hisoblanadi deyishimiz mumkin. Milliy innovatsion tizimlar yuqori texnologik darajadagi mahsulotlarni yaratish va ularni loyihalash, ishlab chiqarish va aholiga yetkazish, moliyalashtirish va boshqarish bilan shug’ullanadigan davlat hamda hususiy tashkilotlar jamlamasi hisoblanadi. Milliy innovatsion tizimlarning faoliyati qonuniy va normativ xujjatlar hamda turli hil ko’rsatma va normativlar orqali tashkillashtiriladi. Ilg’or fan, ta’lim tizimi va texnikadan tashqari, milliy innovatsion tizimlarning muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishi quyidagi ko’rsatgichlar orqali aniqlanadi:

 Yirik korporatsiyalar ko’rinishidagi raqobatbardosh tadbirkorlar sektori mavjudligi (yoki tadirkorlik sub’ektlarining chet el korporatsiyalri tarkibiga kirib olishi);

 Ta’lim, ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirish davlat siyosatining asosiy masalasi bo’lishi hamda innovatsion o’sish va mamlakatda rivojlanish uchun eng yaxshi institutsional shart- sharoitlarning yaratilganligi;

 Halqaro miqyosdagi innovatsion jarayonlarda aktiv faoliyat ko’rsatib, barcha imkoniyatlarni safarbar qilgan holda jahon miqyosidagi global innovatsion sferaga integratsiya qilinganligi (ya’ni uning ajralmas tarkibiy qismi bo’lish). Texnologik jihatdan o’ta rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy o’sishning asosi korporatsiyalar bo’lib, ularda eng asosiy o’rinni ijodiy tashkilotlar (korxonalar) o’ynaydi va ular davlatning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, ijtimoiy va madaniy talablarini qondirish uchun kerakli bo’lgan qimmatli bilimlar va information zahiralar hosil qiladilar. Yangi ishlab chiqarish yo’lga qo’yilishida ilmiy ma’lumotlardan keng miqyosda foydalanish uning asosiy funktsiyasi bo’lib, ishlab chiqarishga ilmiy asos bag’ishlaydi. Yangi information texnologiyalarning rivojlanishi xo’jalik faoliyatini dunyo miqyosidagi korxonalar bilan hamkorlikda olib borish imkonini yaratadi. Xozirgi paytda iqtisodiy globalizatsiya nomi bilan mashxur bo’lgan bu faoliyat turi dunyoning deyarli barcha mamlakatlarini qamrab olgan. O’zbekistonda iqtisodiyot real sektorining innovatsion faolligi juda xam past darajada, texnologik innovatsiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish bilan juda kam miqdordagi ilmiy va ishlab chiqarish korxonalari shug’ullanadilar.

Xozirgi davrda O’zbekiston iqtisodiyotiga bo’layotgan horijiy investitsiyalar hajmining biroz ko’payishi kuzatilgani bilan, bu holatni normal va mamlakat uchun yetarli deb bo’lmaydi. Chunki O’zbekiston iqtisodiyoti bundan bir necha karra ko’proq investitsiyalar hajmiga muxtoj va loyiq. Quyidagi ma’lumotlar jahon texnologik fazosida O’zbekistonning o’rni haqida tanqidiy fikrlash imkonini beradi:

 O’zbekiston har bir ish bilan band odamga to’g’ri keladigan yalpi milliy mahsulot bo’yicha barcha rivojlangan mamlakatlardan ancha pastda turadi;

 O’zbekiston milliy mustaqillikka erishilganiga 21 yil bo’lganiga qaramay, ilmiy natijalardan foydalanish orqali ishlab chiqilgan mahsulotlar eksporti hajmi bo’yicha rivojlanayotgan mamlakatlar darajasida turib, rivojlangan mamlakatlardan pastda turadi;



 Raqobatbardoshlik indeksi bo’yicha mamlakatimiz ko’pchilik rivojlanayotgan mamlakatlardan orqada bo’lib, rivojlangan mamlakatlardan juda xam orqtda qolgan;


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling