kurs Iqtisodiyot Esonova Maftuna Ijtimoiy va texnologik innovatsiyalarni o’zaro bog’liqligi
O’zbekistonni innovatsion siyosati
Download 0.56 Mb.
|
21 тема индус топширик
O’zbekistonni innovatsion siyosati
O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotning rivojlanish yo’nalishlari Bizda ko’pchilik aholi qatlami bo’g’inlari va o’rtacha darajaga mansub bo’lgan ilmiy-texnik xodimlar “innovatsion iqtisodiyot” nima ekanligini yaxshi tushunmaydilar, ammo rivojlangan g’arb va sharq davlatlarida buni har bir ilmiy-texnik xodim ta’lim muassasalarida o’qitiladigan iqtisodiyot fanlaridan juda yaxshi biladilar. Bizdagi oliy ta’lim olgan va ilm-texnikadan biroz xabardor bo’lgan ko’pchilik mutahassislar innovatsion iqtisodiyotni barchaning novator (yangilik kirituvchi) bo’lishi deb tushunishadi. Ammo dunyo miqyosidagi ta’lim muassasalarida innovatsion iqtisodiyot o’ziga xos ma’noda va ma’lum bir fan sifatida o’rganiladi. Innovatsion iqtisodiyotning boshqa mahsus dunyoviy fanlardan asosiy farqi shundaki, unda halqaro miqyosdagi ilg’or texnologiyalar bozori va bu bozorda samarador faoliyat ko’rsatish usullari o’rgatiladi. Texnologiyalar va shu bilan birgalikda intellectual mulkka egalik qilish huquqi – xuddi shular barcha ishlab chiqarish korxonalari uchun investitsion jarayonning asosidir. Boshqacha qilib aytganda, tadbirkor, misol sifatida kiyim-kechak ishlab chiqarmoqchi bo’lsa, u o’z faoliyatini birinchi navbatda mavjud zamonaviy texnologiyarni o’rganish va ulardan eng yaxshisini tanlab, sotib olishdan boshlashi lozim. Bizda esa agar tadbirkor kiyim-kechak ishlab chiqarmoqchi bo’lsa, u ishni jahondagi ilg’or texnologiyalarni shu sohadagi ilmiy-texnik xodimlarni jalb qilgan holda qiyosiy o’rganmasdan turib, tayyor uskunalar sotib olishdan boshlaydi. U mavjud texnologiyalarni yaxshi o’rganmagani tufayli, ko’pincha bu uskuna eski, hisobdan chiqarilgan yoki ma’naviy jihatdan eskirgan bo’lib chiqadi. Shu sababli, endi u hech qachon boshqa mamlakatlardagi tadbirkorlar bilan raqobat qila olmaydi va o’z mahsulotlarini chet mamlakatlarga chiqarishga imkon topa olmaydi yoki chiqara olsa ham, texnologiya eski bo’lgani tufayli, katta foyda ola olmaydi va raqobatga dosh bera olmay, ishi kasodga uchrashi mumkin. Bilimlarga asoslangan innovatsion iqtisodiyot esa intellectual mulk bozoriga (texnologiyalarga bo’lgan huquqlar bozoriga) nisbatan ko’rib chiqilsa, butunlay boshqa rivojlanish mantiqiga ega bo’ladi. Endi bu kimdir tomonidan mukammallashtirilgan zamonaviy stanok yoki asbob-uskunalar emas, balki shu sohada professional darajada fan va texnika arboblari tomonidan chuqur firklab yaratilgan texnologik jarayondir. Shundan so’nggina yaratilgan tajribaviy texnologiya investorlarga sotiladi va ular sinov tariqasidagi ishlab chiqarish jarayonini boshlaydilar. Agarda shu holda tajriba sifatida ishlab chiqarilgan mahsulot sufati jahon miqyosidagi talablarga javob bersagina, stanoklar texnologiya bilan birgalikda sotib olinadi. Bizda esa oqibatini chuqur o’ylamasdan va tegishi ilmiy-texnik izlanishlar qilmasdan turib, tavakkaliga stanok va uskunalar sotib olinib, ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish keng tarqalgan. Innovatsion jarayon natijasida tashkil qilinadigan zamonaviy sanoat bizning xozirgi davrdagi zanoatdan tubdan farq qiladi. Juda katta korxonalar va bir xil yumush bilan band bo’lgan industrial shaharlar zamonaviy innovatsion iqtisodiyot uchun kerak emas. Zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan, avtomatik uskunalar, komp’yuterlar va robotlar bilan jihozlangan innovation korxonalar butun boshli shahar aholisi bajaradigan ishni bajarib, undan ko’ra ancha ko’proq raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqara oladi. Bunday zamonaviy texnologiyalar ihcham, tejamkor, deyarli inson ishtirokisiz faoliyat ko’rsatadi va barcha ekologik talablarga javob bera oladi. Misol sifatida, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Germaniya 25-30 yillar oldin bunday texnologiyalarga o’tib olganlar va moslashuvchan intellectual avtomatik tizimlar asosida xozirgacha ham raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni davom ettirayaptilar. Ammo O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotga o’tish juda ko’pchilik katta mol-mulk egalarining katta miqdorda mablag’lar ishlatishi kerakligiga olib keladi va xuddi shuning uchun ham ular bu ishga kirishishni istamaydilar. Ularning korxonalari xozirgi paytda keltirayotgan daromadi ularni juda xam qanoatlantirgani uchun (chunki ular juda kam ish xaqqi to’lash hisobiga yuzlab insonlarni o’zlari uchun ishlatishga ko’nikib qolganlar) innovatsiyalar talab qiladigan qo’shimcha pul sarf qilishni o’zlari uchun ortiqcha tashvish deb hisoblaydilar. Xuddi shuning uchun ham juda ko’p katta korxonalarning egalari istamaganlari tufayli innovatsion iqtisodiyot ularga kerak emas. Agar respublika miqyosida innovatsion yo’lga o’tish boshlansa, innovatsiyalarni istamaydigan korxona egalari bo’lgan katta mulkdorlarning o’z mulklarini darhol sotib yuborishdan yoki ilm-fan bilan hamkorlik qilib, innovatsion o’zgarishlar qilishdan o’zga choralari qolmaydi, chunki aks holda ular bankrot bo’lib, barcha mulklaridan va pullaridan ham ajraydilar. Bunday transformatsiya (tizimli o’zgarishlar) oqibatida yirik mulkdorlar sinfi innovatsion iqtisodiyot amal qilishi tufayli tez sur’atlar bilan rivojlanadigan ilm-fan sohasida paydo bo’ladi (chunki ular turli xil texnologiyalarni ishlab chiqaradilar, sotadilar va unga hizmat ko’rsatishlari tufayli pul topadilar), mamlakatda esa texnologiyalar yaratish va unga hizmat ko’rsatish yo’nalishidagi ilmiy- texnik muammolar bilan shug’ullanadigan tashkilotlar soni taxminan 15- 20 martagacha ko’payishi mumkin. Chunki barcha halqaro va ichki bozorda muvaffaqiyat qozonmoqchi bo’lgan tadbirkor va mulkdorlar ular orqali yoki ulardan zamonaviy texnologiyalarni sotib oladilar hamda ularning hizmatlaridan foydalanadilar. Shuning uchun ham intellectual mulkka va bilimli ilmiy-texnik xodimlarga bo’lgan talab keskin ko’payadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling