Kurs ish mavzusining dolzarbligi


Kurs ishi mavzusining o`rganilganlik darajasi


Download 343.27 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi343.27 Kb.
#1510316
1   2   3
Bog'liq
Miqdorlarga oid elementar matematika

Kurs ishi mavzusining o`rganilganlik darajasi: 1 smli kesmani ketma-ket 10 marta qo’yish bilan 1 dm ni o’lchab kesib oladilar. Tayoqchalardan 1 sm, 1 dm o’lchov birliklarini namuna sifatida yasab ular bilan atrofdagi turli xil narsalarning uzunligini o’lchaydilar. O’lchashda kesmada o’lchash necha marta joylashish malakasi berilgandan keyin sm yoki dm li bo’linmalarni raqamlar bilan belgilashga o’tiladi. Shu asosda sm li, dm li o’lchov birliklari hosil qilinadi. Chizg’ich qanday yasalgani hamda chizg’ich bilan o’lchash malakalari beriladi. Chizg’ich bilan qog’ozda kesmalar chizish va o’lchash, turli xil uzunliklarni o’lchashga doir amaliy mashqlar bajartiriladi. Dm bilan 2-o’nlikni o’tishda tanishtirish amalga oshiriladi. Metr bilan tanishtirish 100 likni o’tishda tanishtiriladi.
Navbatdagi bosqich o’nliklarni hisoblashda dm va sm ni birgalikda ishlatishdir. O’lchatishlar asosida 5 dm va 4 sm kabi uzunliklar hosil qilinadi va aksincha chizdiriladi. Eng kichik uzunliklarni o’lchashda va 1000 liklar mavzusida km tushunchalari beriladi.
Kurs ishi mavzusining maqsadi: Biz o’quvchilarga uzunlik, jismning massasi (og’irlik), hajmi, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar to’g’risida tushuncha berishimiz kerak. Bu tushunchalarni o’rganish arifmetik material bilan qo’shib o’qitiladi.
Kurs ishi vazifalari:

  • boshlang`ich sinflarda asosiy miqdorlarni o’rgatish;

  • o‘quvchilarni vaqt va uning o‘lchov birliklari bilan tanishtirish

  • miqdorlarga oid elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish;

  • massa va sig`im o’lchov birligini o’rganish orqali matematik tasavvurni kengaytirish.

Kurs ishi obyekti: 3-sinf o’quvchilarining matematika dars jarayoni.
Kurs ishi predmeti: Turli miqdorlar haqida tasavvurlarni shakllantirish maqsadida turli amaliy mashqlar va misollar bajariladi, namoyish etiluvchi va alohida ko‘nikmali vositalardan foydalaniladi. Bu ish barcha o‘quvchilar ishtirokida, alohida-alohida har bir o‘quvchi bilan va guruh usulida amalga oshiriladi.

Download 343.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling