Kurs ishi “ Idrok psixologik jarayon sifatida


Mazuning predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 123 Kb.
bet2/8
Sana23.09.2023
Hajmi123 Kb.
#1685139
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi Nozimov Mirzakamol

Mazuning predmeti, maqsadi va vazifalari - Mazkur kurs ishining kirish qismida qisqacha to‘xtalib o‘tganimizdek, ushbu o‘quv kursining maqsadi Siz yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashdan iboratdir. Bu o‘rinda haqli ravishda: «Bu fan bizga nima beradi? Nega endi aynan hozirga kelib bizni oilaviy hayotga tayyorlash zarur bo lib qoldi? Axir ota-bobolarimiz bunday kurslami o‘qimay ham tinch-totuv, ahil-inoq, baxtli hayot kechirishgan-ku? Aksincha so‘nggi yillarda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasida qanchalik ko‘p gapirib, yozilib, maxsus tadbirlar tashkil qilinsa ham nizoli oilalar, ajralishlar miqdori ortsa ortayaptiki, kamaymayaptiku?»— kabi savollar ro'yxatini cheksiz davom ettiraverish mumkin. Ulaming har birini yuzaga kelishiga toliq asos bor. Xo‘sh, qanday zarurat hozirgi vaqtda yoshlarimizni oilaviy hayotga tayyorlash va ularga «Oila psixologiyasi» fanini o‘qitilishi zarurligini taqozo qiladi? Ma’lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib borgan sari odamlaming o‘zlari ham, ularning bir-birlari bilan boladigan o‘zaro munosabatlari ham, ayniqsa shaxslararo munosabatlar orasida eng samimiy, eng yaqin bolgan oilaviy munosabatlar ham takomillashib, o‘ziga xos tarzda murakkablashib boradi. Sababi: hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari, vositalari taraqqiyoti, qishloq xo‘jaligi, sanoat ishlab chiqarishi, umuman xalq xo‘jaligining barcha jabhalarida yangi texnologiya, texnik jarayonlarning jadal joriy etilishi bevosita shu jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi bolgan inson omiliga, inson shaxsiga ham o‘ziga xos, yangicha talablar qo‘ymoqda. Ishlab chiqarish munosabatlari, jamiyat taraqqiyoti bir tomondan, odamlarning o'zlarida ro‘y berayotgan ijtimoiypsixologik, fiziologik va boshqa o‘zgarishlar odamlarning o‘zaro muloqot munosabatlari doirasining malum 6 darajada chegaralanib qolishiga, ularda o'tmishdoshlarimizda kuzatiladigan tabiiylikning ma’lum darajada buzilishiga va oqibatda inson ruhiyatida mumkin qadar hissiy, emosional zo‘riqishlarning yuzaga kelishiga asos bo‘lmoqda. Bularning ta’siri oilaviy hayot va undagi psixologik iqlimda ham o‘z ifodasini topadi.

Download 123 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling