Kurs ishi fan: Mavzu
Inson organizmiga ta’sir darajasiga qarab zararli moddalarning sinflanishi
Download 1.67 Mb.
|
Inson organizmiga ta’sir darajasiga qarab zararli moddalarning sinflanishi
Zararli modda – bu inson organizmi bilan ta’sirlashganda ishlab chiqarish jarohatlari, kasbiy kasalliklar yoki ish vaqtida va boshqa yashash davrida, shuningdek kelajak avlod organizmida o‘zgarishga sabab bo‘ladigan moddalar. Sanitar normalar orqali zararli moddalaring ish zonasi havosidagi ruhsat etilgan miqdori (PDK) tasdiqlangan. PDK ularning maksimal ruhsat etilgan miqdori bo‘lib hisoblanadi va ularni oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ohak kukun holatida shilliq qavatlarni qo‘zg‘atadi, natijada, aksirish va yo‘talni keltirib chiqaradi. So‘ndirilmagan ohak teriga tushganda kuyishadi. Himoya vositasi sifatida respirator, himoya ko‘zoynagidan foydalanishadi. PDK 6 mg/mz ni tashkil etadi. Sulfidlar (natriy sulfidi) ichkariga tushganida ovqat hazm qilish yo‘lida vodorov oltingugurt hosil qilish hisobiga organizmni zaharlaydi. Sulfid eritmalari, qo‘l terisiga ta’sir qilganida yorilishlar hosil qiladi, bo‘g‘im qismlarida kichik yaryalar hosil bo‘ladi va suyakni yumshoq qilib qo‘yadi. Natriy sulfidi bo‘laklarining ko‘zga tushishi yoki sachrab ketishi juda xavfli. Uning PDK si 10 mg/m3. Himoya vositalari sifatida rezina qo‘lqoplar, G tipidagi qo‘zoynak, V markali gazdan himoyalash vositasidan foydalaniladi. Zararli moddalar bilan ishlaydigan hamma xodimlar xavfsizlik qoidalariga o‘qitilishi va zararli moddalarning dastlabki ta’sir belgilarini bilishlari zarur. SHuningdek, o‘ziga va bir biriga birinchi yordam ko‘rsata olishlari kerak. Moddalarning konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan atmosferada yolg‘iz ishlash taqiqlanadi. Ishlab-chiqarish changlari bilan kurash mehnat gigienasining eng asosiy vazifalaridan biridir, chunki changlar ko‘pchilik ishchilarga ta’sir qilishi mumkin. CHang asosiy ishlab-chikarish zararli faktori bo‘lib hisoblanadi. CHangni yutish o‘ziga xos kasalliklarga (pnevmokonioz) olib kelishi mumkin. Laringit, bronxit, pnevmoniya va teri kasalliklarining kelib chiqishiga imkon yaratadi. Ma’lum sharoitlarda changlar portlashiga ham olib kelishi mumkin. CHangdan individual himoya vositasi sifatida respiratorlar, ko‘zoynaklar va changga qarshi maxsus kiyimlardan foydalanidadi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling