Koronavirus (covid-19) kasalligi — jsst ko’rsatmalari koronaviruslar
Download 22.14 Kb.
|
KORONAVIRUS
- Bu sahifa navigatsiya:
- COVID-19 NIMA
- VIRUS QANDAY TARQALADI
KORONAVIRUS (COVID-19) KASALLIGI — JSST KO’RSATMALARI Koronaviruslar (CoV) — bu oddiy shamollashdan tortib jiddiy kasalliklarga, masalan, Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS-CoV) va og’ir o’tkir respirator sindrom (SARS-CoV) kabi kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan viruslar oilasidir. Yangi koronavirus (nCoV) — bu virusning ilgari odamlarda aniqlanmagan yangi shtammidir. Koronaviruslar — bu zoonozlar, ya’ni hayvonlardan odamlarga yuqadigan patogenlar sanaladi. Puxta o’tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko’ra, odamlarda SARS-CoV bilan kasallanish manbai viverra, MERS-CoV esa — bir o’rkachli tuyalar ekanligi aniqlangan. Eng so’nggi bo’lib Xitoyda aniqlangan koronavirus COVID-19 deb nomlangan va u juda jiddiy kasallikka olib kelishga qodir. COVID-19 NIMA COVID — 19 — bu yaqinda kashf etilgan koronavirus tomonidan chaqiriladigan infektsion kasallik. 2019-yil dekabr oyida Xitoyning Vuxan shahrida kasallik avj olishidan oldin, yangi virus va kasallik haqida hech narsa ma’lum emas edi. COVID-19 ALOMATLARI COVID-19 ning eng ko’p uchraydigan alomatlariga isitma, charchoq va quruq yo’tal kiradi. Bir qator bemorlarda turli xil og’riqlar, burun bitishi, oqishi, faringit yoki diareya kuzatilishi mumkin. Qoida tariqasida, bu alomatlar asta-sekin rivojlanadi va yengil kechadi. Ba’zi kasallangan shaxslarda hech qanday alomatlar yoki ahvolning yomonlashuvi kuzatilmaydi. COVID-19 kasalligi holatlarining har oltitadan bittasida nafas olish yetishmovchiligi rivojlanishi tufayli jiddiy alomatlar kuzatiladi. Keksalarda, shuningdek, arterial gipertenziya, yurak kasalligi yoki diabet kabi somatik kasalliklarga chalingan odamlarda kasallikning og’ir kechishi ehtimoli yuqori ko’rsatkichga ega. Kasallikning o’lim bilan yakunlanishi taxminan 2% hollarda qayd etiladi. Isitma, yo’tal yoki nafas olish qiyinligi kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi. VIRUS QANDAY TARQALADI SARS-CoV-2`ni boshqa infektsiyalangan odamlardan yuqtirib olish mumkin. Kasallik odamdan odamga yo’talish yoki aksa urish vaqtida og’iz-burundan ajraladigan mayda tomchilar orqali yuqishi mumkin. Ushbu tomchilar atrofidagi buyum va sirtlarga tushadi. Boshqa odamlar bunday buyumlar yoki sirtlarga, so’ngra ko’zlari, burunlari va og’ziga tegishsa infektsiyalanishlari mumkin. Bundan tashqari, infektisya bunday mayda suyuqlik tomchilarini bevosita nafas orqali yutishda ham yuqishi mumkin. Shuning uchun kasallangan shaxslardan kamida 1 metr uzoqroq joyda turish yoxud «ijtimoiy masofalanish» juda muhimdir. JSST COVID-19 yuqish yo’llari bo’yicha izlanishlar olib bormoqda va ma’lumot yangilanganligi sari ular e’lon qilib boriladi. Download 22.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling