Koronavirus (covid-19) kasalligi — jsst ko’rsatmalari koronaviruslar
Download 22.14 Kb.
|
KORONAVIRUS
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nima uchun kerak
- OXIRGI 14 KUN ICHIDA COVID-19 TARQALGAN MINTAQALARGA TASHRIF BUYURGANLAR UCHUN SHAXSIY HIMOYA CHORALARI
Nima uchun kerak? Bu vaqtda ajralib chiqadigan kichik suyuqlik tomchilari o’zida kasallik qo’zg’atuvchilarini saqlaydi. Yaqin masofada bo’lganda ularni nafas orqali yutib yuborib, kasallanish qolish mumkin, xususan COVID-2019 bilan ham.
Iloji bo’lsa, ko’z, burun va og’izga (umuman yuzga) qo’llar bilan tegmaslik. Nima uchun kerak? Qo’llar kun davomida turli jism va sathlarga tegadi, bunda unga turli kasallik qo’zg’atuvchilari yopishib oladi. Ifloslangan qo’llari bilan shilliq qavatlarga tegishda virus organizmga kirib borishi va kasallik chaqirishi mumkin. Nafas olish gigienasi qoidalariga qat’iy rioya qilish. Buning uchun yo’talayotganda yoki aksa urganda tirsagingiz yoki ro’molcha bilan og’iz yoki burunni yopish kerak. Ishlatilgan salfetkani darhol tashlab yuborish maqsadga muvofiqdir. Nima uchun kerak? Virus kichik tomchilar orqali yuqadi. Nafas olish gigienasi qoidalariga qat’iy rioya qilib, siz boshqalarni O’RVI, gripp va COVID-19 kabi virusli kasalliklardan himoya qilishingiz mumkin. Agar o’zingizni yomon his qilsangiz, uyda qoling. Agar sizda isitma, yo’tal yoki nafas olish qiyinchiligi kuzatilsa, iloji boricha tezroq tibbiy yordamga murojaat qiling. Mahalliy sog’liqni saqlash idorangizning ko’rsatmalariga rioya qilish tavsiya etiladi. Nima uchun kerak? Sog’liqni saqlashning markaziy va mahalliy organlari yashash joyingizdagi vaziyat to’g’risida eng yangi ma’lumotlarga ega. O’z vaqtida tibbiy yordam so’rab murojaat qilish tibbiy mutaxassislarga sizni tezda tegishli tibbiy muassasaga yo’naltirishga imkon beradi. Bundan tashqari, siz o’zingizni himoya qilasiz va virusli va boshqa infektsiyalarning tarqalishini oldini olishga yordam berasiz. OXIRGI 14 KUN ICHIDA COVID-19 TARQALGAN MINTAQALARGA TASHRIF BUYURGANLAR UCHUN SHAXSIY HIMOYA CHORALARI Yuqoridagi tavsiyalarga amal qiling («Shaxsiy himoya choralari»); Agar o’zingizni yomon his qilsangiz, shifokorni qo’ng’iroq qilib chaqiring va ungacha uyda qoling, hatto kasallik alomatlari yengil bo’lsa ham, masalan, bosh og’rig’i yoki burun oqishi; Agar sizda isitma, yo’tal yoki nafas olish qiyinligi kuzatilsa, tibbiy yordamga murojaatni kechiktirmang, chunki bu alomatlar nafas olish yo’llari infektsiyasi yoki boshqa jiddiy kasallik tufayli yuzaga kelgan bo’lishi mumkin. Darhol tibbiy muassasa bilan bog’lanib, mutaxassisga so’nggi safar yoki sayohatchilar bilan bo’lgan aloqalar to’g’risida xabar bering. Download 22.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling