Yurak ishemik kasalligi (Yu. I. K)


Download 26.45 Kb.
bet1/5
Sana10.04.2023
Hajmi26.45 Kb.
#1348419
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Yurak referat sultonali


Yurak ishemik kasalligi (Yu.I.K)

Ta’rif: Yu.I.K – toj arteriyalar sistemasidagi patologik jarayonlar natijasida miokardga qon yetkazilishining kamayishi yoki to`xtab qolishiga bog`liq bo`lgan yurak mushagining o`tkir yoki surunkali zararlnishidir.




Etiologiya:

-Toj arteriyalarining aterosklerozi (90%)


- Nerv emotsional zo‘riqish, stress natijasida toj arteriyalarning angiospazmi.
-Toj arteriyalar endoteliysining o‘zgarishi.
-Mikrotsirkulyatsiyaning buzilishi.
-Qon ivish sistemasi aktivligining oshishi.(giperkoagulyatsiya)
-Xavf –xatar omillar:
-Giperxolesterinemiya
-Arterial Gipertenziya
-Chekish
-Kam xarakatlanish
-Yog‘ bosishi.

XAVF FAKTORLARI
2-ga bo‘linadi:
O‘zgartirib bo‘lmaydigan faktorlar:

  • Jins,

  • Yosh,

  • Nasl.

O‘zgartirib bo‘ladigan faktorlar- 
chekish,

  • alkogol qabul qilish,

  • semizlik,

  • kamharakatchanlik,

  • giperxolesterinemiya,

  • arterial gipertenziya,

  • qandli diabet va hk.

3ta faktor asosiy hisoblanadi:

  • Arterial gipertenziya,

  • Giperxolesterinemiya,

  • Chekish

Bular orasida aterosklerozga olib keluvchi- aterogen dislipoproteidemiya.


Agar past zichlikdagi LP 1%ga kamaytirilsa,YUIK dan o‘lim 2%ga kamayadi.
VOZ ekspertlari takliflari asosida (1979) o‘zgartirish kiritilib ishlab chiqarilgan 1984 yil klassifikatsiyasi:
To‘satdan koronar o‘lim.
Stenokardiya.
2.1. Zo‘riqish stenokardiyasi.
- Birinchi marta paydo bo‘lgan zo‘riqish stenokardiyasi.
- Stabil zo‘riqish stenokardiyasi (FS I-IV).
2.2. Spontan stenokardiya.
3. Miokard infarkti.
- Transmural (katta o‘choqli)
- Notransmural (kichik o‘choqli)
4. Infarktdan keyingi kardioskleroz.
5. Yurak ritmi buzilishi .
6. Yurak yetishmovchiligi.
Yu.I.K klassifikatsiyasi (2000 yil O‘zbekiston kardiologlar IV s’ezdi o‘zgarishlari bilan).

1. To‘satdan koronar o‘lim.


2. Stenokardiya.
2.1. stabil zo‘riqish stenokardiyasi (FS bilan).
2.2. nostabil stenokardiya:
-Birinchi marta paydo bo‘lgan zo‘riqish stenokardiyasi.
-progressiyalanuvchi zo‘riqish stenokardiyasi.
-Angiospastik stenokardiya.
-Infarktdan keyingi ertangi stenokardiya.
-Operatsiyadan keyingi ertangi stenokardiya.
3. Og‘riqsiz miokard ishemiyasi.
4. Miokard infarkti:
-Q tishsiz
-Q tishchali.
5. Infaktdan keyingi kardioskleroz.
6. Yurak ritmi va o‘tkazuvchanligining buzilishi.
7.Yurak yetishmovchiligi
To‘satdan koronar o‘lim
Yu.I.Kda kuchli fizik zo‘riqish (yugurganda, chang‘ida tez uchganda, sportning boshqa turlari bilan intensiv shug‘ullanganda) vaqtida to‘satdan koronar o‘lim vujudga kelishi mumkin.
Bu diagnoz o‘lim zo‘riqish vaqtida yoki zo‘riqish 30 minut o‘tgandan so‘ng ba’zan 6 soat mobaynida (ko‘pincha 1 soat) vujudga kelganda qo‘yiladi.
STENOKARDIYA
Yu.I.K ko‘p uchraydigan turi bo‘lib angenoz og‘riklar bilan xarakterlanadi.
Stabil zo‘riqish stenokardiyasi FS I –kuchli jismoniy zo‘riqish paytida stenokardiya xuruji paydo bo‘ladi.
Stabil zo‘riqish stenokardiyasi FS II-fizik zo‘riqishlar cheklangan 500 metrdan ko‘p yurganda, 1 etajdan yuqori ko‘tarilganda xuruji paydo bo‘ladi.
Stabil zo‘riqish stenokardiyasi FS III-500 metr yurganda og‘riq xuruji paydo bo‘ladi.
Stabil zo‘riqish stenokardiyasi FS IV-fizik aktivlik cheklangan 100 metrgacha yurganda, gapirganda tinch xolatda stenokardiya xuruji paydo bo‘ladi.

Download 26.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling